So’nggi yangiliklar

13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  5 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3

Emeri ushbu yozda "Arsenal"dan ketkazib yuborishi mumkin bo'lgan 3 futbolchi Yangiliklar

Emeri ushbu yozda "Arsenal"dan ketkazib yuborishi mumkin bo'lgan 3 futbolchi

Teglar :  Arsenal
Mana, Arsen Vengerning o'rnini Unai Emeri egalladi.

Jahon futboli falsafasidan malumki, yangi murabbiy esa har doim o'z falsafasiga mos tushadigan futbolchilarni izlaydi. SHuningdek, u bir necha futbolchilarni jamoadan ketkazib yuborishi ehtimoli juda yuqori.

Xo'sh, ushbu mavsumda jamoani kimlar tark etishi mumkin?

3. GRANIT JAKA

Yakunlangan mavsumda shveycariyalik futbolchi "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. U jamoa tarkibida 46 uchrashuvda qatnashgan bo'lsa-da, muxlislar unga iliq munosabat bildirishmadi.

Uning jamoadagi poziciyasini tahlil qilish juda qiyin. U tayanch yarim himoyada ko'proq o'yin ko'rsatadi va boshqa joylarda yaxshi o'yin ko'rsata olmaydi.

25 yoshli futbolchi markaziy yarim himoyada o'ynashi uchun anchagina tartib etishmaydi. SHuningdek, ushbu poziciyada to'p surgan vaqtida kuchi ham etmay qoldi. CHarchaganida u sheriklarining ortida "yashirinib" oldi.

Garchi u yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, "Arsenal"ning markaziy yarim himoyasida va tayanch nuqtasida ham muammolar ko'zga tashlandi.

SHu boisdan Jaka Emerining o'yin uslubiga mos tushmasligi mumkin. "Arsenal" ayni damda "Nicca"ning yulduzi Jan-Mishel Serining o'yinlarini kuzatib bormoqda. Agarda u jamoaga olib kelingan taqdirda Jaka zaxiraga o'tiradi yoki "Arsenal"dan ketadi.

2. SHKODRAN MUSTAFI

Mustafi "Arsenal" tarkibida standart poziciyasiga ega bo'lmagani uchun Germaniya termasiga chaqirilmadi.

2016 yilda "Arsenal" uni "Valensiya"dan sotib olganida, dahshatli transfer deb aytilgandi. Biroq Mustafi "Arsenal"ning o'yinlariga mos tushmadi.

Yakunlangan mavsumda "Arsenal" tarkibida 35 uchrashuvda qatnashgan bo'lsa-da, u o'z harakatlarini va jamoasining o'yinini kuchaytirib bera olmadi. Kubok doirasida Mustafining "Manchester Siti"ga qarshi bahsdagi o'yinini esa muxlislar yomon xayol bilan eslashadi.

Unda sovuqqonlik etishmasligi ancha oldin payqalgandi. Mavsum davomida aynan shu jihat etishmasligi sababli o'tkazib yuborilgan ikki golning asosiy aybdoriga aylanib qoldi. Katta o'yinlarda esa uning qanday darajadaligi bilindi.

Ayni damda Mustafi yozda SHimoliy Londonni tark etishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida turibdi. “The Telegraph” xabariga ko'ra, "Arsenal"ning uning o'rniga turkiyalik CHaglar Syunjyuni nishonga olmoqda.

1. DANNI UELBEK

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi o'z ishiga yaxshi yondashishi, ishining samaradorligiga qarab o'yinlarda maydonga tushiriladi.



Biroq bu har doim ham etarli bo'lmayapti. 27 yoshli futbolchi jarohatidan keyin oldingidek darajada emas. U bu mavsum 43 uchrashuvda qatnashgan bo'lsa, unda faqatgina 5ta gol kiritdi.

Danni hujumning ikki qanotida ham o'ynay oladi, umuman olganda u oldi chiziqning universal futbolchilaridan biri bo'lsa ham, "Arsenal"ning o'yinini kuchaytirib bera olmayapti. U tezkor harakat qilsa ham, noto'g'ri qaror chiqarmoqda. Yakunlangan mavsumda jamoaga katta foydasi tegmayotgani uchun "Arsenal"dan ketishi kutilmoqda.

U katta ehtimol bilan "Beshiktosh" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика