Emeri: “O'zimiz xohlagan o'yinni namoysh eta olmadik”
25 okt 2019 09:02
Yangiliklar


Emeri: “O'zimiz xohlagan o'yinni namoysh eta olmadik”
Unai Emeri “Vitoriya”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish eta olmadik. Biroq kayfiyatimiz yaxshi bo'ldi. Bu judayam yaxshi g'alaba. Yosh futbolchilarimizga esa bunday katta bosimli o'yinlardagi g'alabalar katta tajriba beradi. Vazifamiz — guruhda birinchi bo'lishdi. Har bir o'yin — bu turli o'yinchilarni sinab ko'rish orqali tajriba olish va yanada yaxshiroq bo'lish imkoniyati”, — deydi “Arsenal” ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar