Emeri O'zil bilan xayrlashishga tayyor
01 iyu 2019 13:28
Yangiliklar


Emeri O'zil bilan xayrlashishga tayyor
Unai Emeri boshchiligidagi "Arsenal" murabbiylar shtabi jamoa yarim himoyachisi Mesut Ozil bilan xayrlashishga tayyorlar.
"Kanonirlar" rahbariyati allaqachon germaniyalik futbolchi o'rniga nomzodlar qidirish harakatiga tushib qolgan. Eslatib o'tamiz, xavbek hozirda haftasiga 350 ming funt miqdorida maosh olyapti. Oldinroq O'zil jamoadan ketgisi yo'qligi xaqidagi xabarlar chiqqandi.
"To'pchilar" yozda bir qancha futbolchilar bilan xayrlashishga hozirlik ko'rishmoqda.
O'zil bu mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar