Emeri Mbappeni "Real"da ko'rmoqchi

Alisher
9 may 2020, 10:44
PSJ sobiq murabbiyi Unai Emeri parijliklar forvardi Kilian Mbappeni "Real" tarkibida ko'rishni xohlashini aytdi.

- Mbappe "Real"da o'zini ko'rsatish uchun sifatlarga ega. Omadimiz, dunyoning eng kuchli ikki jamoasi bo'lmish "Real" va "Barselona" Ispaniyada o'ynaydi.

Ushbu ikki jamoa dunyoning eng kuchli o'yinchilarini tarkiblariga jalb qilishlarini xohlardim, - deydi Emeri.

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 6ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: francefootball.fr