Mbappe Oliseni "Real"ga chaqirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 17:10
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olisening transferini faol tarzda qo'llab-quvvatlamoqda.

Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Mbappe Madriddagi hayot, u yerdagi eksklyuziv restoranlar va iliq ob-havo haqida to'lqinlanib so'zlab bergan.

Shuningdek, manbaga ko'ra, Mbappe “Real” prezidenti Florentino Peresga transfer bo'yicha Olisedan ijobiy signallar olganini ma'lum qilgan.

Takidlanishicha, “Real” hozircha ehtimoliy transfer bo'yicha Olise yoki uning agentlari bilan muloqot qilmagan. Peres hali iyun oyidayoq “Bavariya” prezidenti Gerbert Hayner bilan bir-birlarining futbolchilarini tegishli klubni oldindan xabardor qilmasdan turib o'z tomoniga og'dirib olmaslikka kelishib olgan edi.

Olise o'tgan mavsum “Bavariya” tarkibida 52 o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild