Mbappe - JCH tarixida ushbu natijaga erishgan yagona futbolchi

20 iyul 2026, 15:35
Kilian Mbappe jahon chempionatlari rekordini o'rnatdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 turnirini 10 ta gol bilan yakunlab, musobaqa to'purariga aylandi. U 2022 yilgi mundialda ham 8 ta gol bilan eng ko'p to'p kiritgan futbolchi bo'lgan edi.

Shu tariqa, Mbappe ikkita dunyo birinchiligida "Oltin butsa" sovrinini qo'lga kiritgan futbol tarixidagi ilk o'yinchi bo'ldi.

Bundan tashqari Mbappe JCHlardagi umumiy gollar sonini 22 taga etkazib oldi va barcha davrlarning eng yaxshi to'purariga aylandi

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com