Emeri istefoga chiqarilsa, 10,5 milllion evro tovon puli oladi
21 dek 2016 02:11
Yangiliklar
Emeri istefoga chiqarilsa, 10,5 milllion evro tovon puli oladi
PSJ rahbariyati agar jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan xayrlashadigan bo'lsa, u holda ispaniyalik murabbiyga 10,5 million evro to'lab berishi lozim bo'ladi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Mutaxassisning shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi. Emeri oyiga 420 ming evro maosh oladi. Joriy yil yoz oyida “Pari Sen-Jermen” jamoaning sobiq murabbiyi Loran Blan va uning murabbiylar shtabiga 22 million evro to'lab bergandi.
Fikrlar