Elkeson Xitoy terma jamoasida o'ynaydi, endi u legioner emas
25 may 2019 21:36
Yangiliklar


Elkeson Xitoy terma jamoasida o'ynaydi, endi u legioner emas
"SHanxay SIPG" klubining braziliyalik hujumchisi Elkeson Xitoy terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Ushbu futbolchi 5 yildan buyon Xitoyda yashamoqda va Xitoy fuqarosiga aylanishi huquqiga ega. Marchello Lippi iyun oyidagi FIFA kunlari uchun terma jamoaga Elkesonni chaqirdi.
Xitoy safida maydonga tushganidan so'ng Elkeson "SHanxay SIPG" safida legioner hisoblanmaydi. Xitoy Superligasida o'yin qaydnomasidan faqat 3 nafar legioner joy olishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar