So’nggi yangiliklar

14:00Breaking! Корея Республикаси ҳам 2031 йилги Осиё Кубогига мезбонлик қилмоқчи  1 13:36"Месси "Барселона"га қайтишига ишонаман"  1 13:09"Арсенал" ва "Барселона" "Эспаньол" дарвозабони билан шартнома имзоламоқчи  0 12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  4 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  7 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0 11:20"Бавария" спорт клуби аъзолари сони бўйича рекорд ўрнатди  0 10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  12 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  11 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3

Elit OCHL. "Paxtakor" musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi Yangiliklar

Elit OCHL. "Paxtakor" musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi

Bugun "Paxtakor" jamoasi OFKning yangi Elit CHempionlar Ligasida ilk o'yinini o'tkazdi.

Uchrashuv 19:00 da "Jar" stadionida start oladi. 

Elit OCHL. 1-tur
17 sentyabr, seshanba
Toshkent. "Jar" stadioni
"Paxtakor" (O'zbekiston) – "Al Vasl" (BAA) 0:1 (TUGADI)
Bosh hakam: Araki Yusuke (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Jun Mixara, Kota Vatanabe (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Ryo Tanimoto (Yaponiya)
VAR hakami: Kimura Xiroyuki (Yaponiya)
AVAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
Nazoratchi: CHia Eng Vah Jon (Singapur)
Komissar: SHin Jaemin (Koreya Respublikasi)

Gol: Sufiyan Buftini 65, 0:1

"Paxtakor" - 12.Vladimir Nazarov, 3.SHaxzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Xojiakbar Alijonov, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (22.Umar Adhamzoda,72), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev ( 9.Ibrohim Ibragimov, 72), 33.Doniyor Abdumannopov ( 31.Muhammadali Usmonov,85), 44.Mahmudjon Mahamadjonov


Zaxira: 2.Bexruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev,11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 15.Diyorbek Ortiqboev,  35.Pavlyuchenko Pavel, 40.Kimi Merk, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug'bek Hoshimov. 

"Al Vasl" - 1.Xolid Saif Alsenani, 4.Sufiyan Buftini, 6.Siaka Sidibe, 7.Ali Solih Amro, 9.Adama Diallo, 12.Abdulrahmon Solih Hamis, 15.Jung Seungyun, 17.Kayo Korrea (8.Xaris Seferovich,70), 19.Takashi Uchino, 25.Aleksis Fontanilla, 31. Nikolas Ximenes


Zaxira: 3.Yusif Ali Almeiri, 5.Ali Hassan Salmin,  11.Majid Ibrohim Salim, 18.Malek Janeer, 21.Nguessan Kuadio, 23.Taxnoon Hamdan, 32.Muhammad Ali Qayudi, 33.Srdan Miyailovich, 44.Salim Juma Alazeezi, 55.Abdulla Salim Maqdam.

Ogohlantirish: Dragan CHeran ("Paxtakor") 10, Kayo Kanedo ("Al Vasl"), Ibrohim Ibragimov ("Paxtakor") 81, Muhammadali Usmonov ("Paxtakor") 90+7


MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90+7. SARIQ KARTOCHKA. "Paxtakor", Muhammadali Usmonov 

90. "Paxtakor" hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda bosimni oshirmoqda. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Paxtakor", Doniyor Abdumannopov o'rniga Muhammadali Usmonov tushdi. 

81.SARIQ KARTOCHKA. "Paxtakor", Ibrohim Ibragimov 

80. O'ZGARISH. "Al Vasl", Takashi Uchino o'rniga Salem Avad, Ali Solih o'rniga Ali Salmen tushdi. 

75. ZARBAA. "Paxtakor"dan o'yindagi eng xavfli hujum. Yuqoridan uzatib berilgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi. Darvozabon ham mahoratini ko'rsatdi, boz ustiga o'yindan tashqari holat bor ekan.

72. O'ZGARISH. "Paxtakor", Doston Hamdamov o'rniga Umar Adhamzoda, Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Ibrohim Ibragimov tushdi. 

70. O'ZGARISH. "Al Vasl", Kayo Kanedo o'rniga Xaris Seferovich tushdi. 

65. GOL. "Al Vasl" uchrashuvda hisobni ochdi. Burchakdan uzatilgan to'pga Sufiyan Buftini birinchi bo'lib kelib zarba berdi. 

63. Nazarov yaqin masofadan yo'llangan zarbani qaytardi

57. SARIQ KARTOCHKA. "Al Vasl", Kayo Kanedo

53. "Paxtakor" jarima zarbasini ishladi. Azmiddinov amalga oshirgan jarima zarbasi noaniq chiqdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Mehmonlarda standart vaziyat samarasiz yakunlandi. 

34. "Paxtakor" burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. "Al Vasl" futbolchilari xavfni bartaraf etdi. 

30. Nazarov raqib futbolchisining zarbasini ushlab oldi. Hozircha aynan u jamoasining qahramoni bo'lib turibdi. 

27. "Al Vasl" qarshi hujum tashkil qildi. "Paxtakor" himoyachilari raqib futbolchisining zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'la oldi. 

25. "Paxtakor" bugun tartibli o'yin ko'rsatmoqda va raqibiga imkoniyat bermayapti.

 

17. ZARBA. "Al Vasl" hujumni zarba bilan yakunladi. Nazarov bu vaziyatda jamoasini qutqardi. 

14. Alijonov raqibning hujumini qaytarishda faollik ko'rsatdi. 

10. SARIQ KARTOCHKA. Hakam VARda vaziyatni ko'rganidan so'ng CHeranga sariq kartochka ko'rsatdi. 

9. VAR. Qizil kartochka ko'rib chiqilmoqda. CHeran raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin. Hakam VAR monitorida vaziyatni o'zi ko'rmoqda. 

7. ZARBA. "Paxtakor"dan hujum. Mahmud Mahamadjonov Xolmatovdan to'pni qabul qilib olib zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

5. ZARBA. Yana Dialloga gol urish uchun imkoniyat berib qo'yildi. Zarba noaniq ko'rinish oldi. 

2. ZARBA. "Al Vasl"ning birinchi hujumi keskin tus oldi. Adama Dialloning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi, Nazarov ustundan qaytgan to'pni ushlab oldi. Omad "Paxtakor"ga kulib boqdi. 

- O'yinga start berildi. 

-  Uchrashuv 19-00da boshlanadi. 

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика