So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

"Elit futbolchi bo'ladi". Mashhur skaut - Husanovning "Manchester Siti"dagi istiqboli haqida Yangiliklar

"Elit futbolchi bo'ladi". Mashhur skaut - Husanovning "Manchester Siti"dagi istiqboli haqida

​2023 yil Argentinada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida faoliyat yuritgan taniqli skaut Jenk Chetin musobaqada O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida o'zini namoyon etgan "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi fikrlarini bayon etdi.

"U turnirda o'tkazgan to'rtta o'yinda havodagi to'p uchun kurashlarda raqiblaridan sezilarli darajada ustun keldi. Jismoniy kuchdan tashqari, u tezlanish qobiliyatiga ega, tezlik va chaqqonlik uyg'unligi esa raqib hujumchilariga qarshi muhim afzallik hisoblanadi.

Xususan, uning Isroilga qarshi 1/8 finaldagi ishtiroki, o'yinni o'qiy olish va poziciya egallash qobiliyati, shuningdek, Anan Halaili va Tay Abed kabi ham jismoniy, ham texnik jihatdan kuchli futbolchilardan to'pni olib qo'yishi Husanovni 2023 yilgi U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi individual ijrochilaridan biriga aylantirdi.

Vaqt o'tishi bilan u til to'sig'ini engib o'tadi va Pep Gvardiola qo'l ostida elit darajadagi futbolchiga aylanib, ko'p yillar davomida "Siti" uchun muhim o'yinchiga aylanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari sobiq sovet respublikalari orasida aholisi o'sib borayotgan yagona mintaqadir.

Ular qitaning Uzoq Sharqiga nisbatan sport va futbolga ko'proq mablag' sarflaydi hamda futbol uchun muqobil bozorga aylangan. Husanov va Daston Satpaev kabi futbolchilar tufayli bu qiziqish yaqin yillarda geometrik progressiya bo'yicha o'sib boradi", – dedi Chetin.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика