So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Intervyu. Eldorbek Suyunov: "Darvozabonlik menimcha qondan o'tgan" Yangiliklar

Intervyu. Eldorbek Suyunov: "Darvozabonlik menimcha qondan o'tgan"

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi posboni Eldorbek Suyunov yaqinda "Orzu" loyihasi mehmoni bo'lgan edi.

Suyunov ushbu suhbat davomida yoshlikdagi orzulari, qanday qilib darvozabonga aylangani, legioner bo'lish istagi, futboldan nega ketmoqchi bo'lgani, yosh futbolchilarga maslahati, Ro'ziqul Berdievga o'xshashni istashi haqidagi fikrlarini  aytib o'tdi.

FUTBOLGA KIRIB KELISH

Futbolga kirib kelishimga birinchi sabab - oilam. Dadam futbolga juda qiziqardilar. Yoshligimdan Qarshidagi barcha o'yinlarga olib borardilar. Lekin meni futbolchi bo'lishimni u qadar xohlamaganlar. 9-sinfdaligimda qo'shnimiz bo'lardi, Komil aka degan. U kishining o'g'li "Paxtakor" akademiyasiga borardi, uning tanishi esa "CHig'atoy"da 1991 yillar jamoasida futbol o'ynardi. Ushbu jamoada darvozabon muammo bo'lgani tufayli dadam orqali menga aloqaga chiqishgan. SHu tariqa "CHig'atoy"ga kelganman. O'shanda 1991 yilda tug'ilgan futbolchilarning bosh murabbiyi Marat Kabaev edi. Darvozabonlar bilan Marat Galimov ishlardilar. Aynan mana davrda professional futbol faoliyatim boshlangan. "CHig'atoy"dagi baza yopilib o'rniga bino qurish boshlanganida yashashga joy bo'lmagan. SHu bois uch nafar futbolchini "Mashal" akademiyasiga chaqirishgan. Bu erda ikki yil mashg'ulot qilganman, shundan keyingina klubning birinchi ligadagi jamoasiga o'tdim. Birinchi ligada ham, "Mashal" akademiyasiga ham do'stim Sanjar Quvvatov bilan birga mashg'ulot o'tkazganman. Jamoada o'sha paytda yosh darvozabonlar juda ko'p edi. Uch yildan so'ng shartnomam tugagan va "Mashal"da imkoniyat yo'qligini tushunib etganman. Muborakdan ketishga qaror qilganman. SHu onda "Nasaf" murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 2011 yil boshida yangi jamoa tuzayapmiz, bizga yosh darvozabon kerak deb meni chaqirganlar. "Nasaf"da o'sha paytda Murodjon Zuhurov, Dimitro Kozachenko, Mixail Naumov kabi darvozabonlar bor edi. "Ajdarlar"ning o'rinbosarlar jamoasida ikki yil o'ynadim. Ro'ziqul Berdiev ikkinchi bor "Nasaf"ga bosh murabbiy bo'lgach meni asosiy tarkibga kiritishni boshlagandi. Futbolga kirib kelishimga "Mashal" sababchi bo'lgan, katta futbolda o'ynab ketishimga sababchi "Nasaf" va Ro'ziqul Berdiev bo'ladi. Bugungi darajaga chiqishimda Berdievning xissasi katta bo'lgan.



YOSHLIKDAGI ORZUSI

"Mashal" akademiyada shug'ullanib yurganimda klubning kompyuter xonasi bo'lardi. Kompyuterlardan birida "Mashal"ning Turkiyadagi yig'ini yozilgan videorolik bo'lardi. O'shani tomosha qilib qachondir Turkiyaga borarmikinmiz deb orzu qilardim. Birinchi ligada o'ynab yurganimda esa "Mashal" asosiy jamoasida o'ynashni orzu qilardim, afsuski bu armon bo'lib qolgan. "Nasaf"ga o'tganimda esa O'zbekiston chempioni bo'lish, O'zbekiston kubogini va Superkubogini yutishni orzu qilganman. OFK kubogini yutishni istganman. Ulardan OFK kubogini qo'lga kiritdik, mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdik. Ammo O'zbekiston chempioni bo'la olmadim. Terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqish eng oliy orzularimdan biri hisoblanadi. Bu hammaning orzusi bo'lsa kerak. Hozirda "Paxtakor"da o'ynayapman va mamlakat chempioni bo'lishni hamon orzu qilayapman. Yana bitta orzum bor - chet el klubida o'ynash. Legioner bo'lish uchun o'z milliy terma jamoasi safida o'ynashi kerak bo'ladi. SHu bois buning uchun avvalo milliy terma tarkibida asosiy posbon bo'lishim kerak.

FUTBOLNI TASHLASH ISTAGI BO'LGANMI?

"Mashal"da o'ynab yurganimda boshida 20 ming so'm oylik olardim. Keyin 50, 70 va 100 ming so'm olardim. Adashmasam 50 ming so'm oylik olib yurgan paytimda ukam yoz faslida uyimiz yonidagi kafeda ishlab kuniga 50 ming so'm pul topgandi. To'g'risi juda xafa bo'lib ketganman. Juda alam qilgan. O'shanda futboldan ketib, boshqa ish qilish xayolimdan o'tgan, lekin butkul ketish istagi bo'lmagan.



TERMA JAMOAGA ILK CHAQIRUV

2013 yil "Nasaf"da asosiy tarkib futbolchisiga aylangach terma jamoaga chaqirishdi. Buni umuman kutmagan edim. Birinchi o'yinlar Iordaniyaga qarshi pley-off bahslari edi. O'shanda zaxirada o'tirgandim, afsuski biz mundialga chiqa olmadik. 2015 yilgi Osiyo Kubogiga saralashida O'zbekiston terma jamoasi safida debyut qilganman. Ilk uchrashuvdayoq milliy jamoada o'ynash qanday baxt ekanligini his qilganman. Madhiya aytilayotganda ko'z oldimga ota-onam keladi. Hozir yutsak xursand bo'lishlarini tasavvur qilaman, yutqazib qo'ysak aksincha bo'ladi. Terma jamoada o'ynash ham qiyin, ham juda katta baxt deb o'ylayman.

"PAXTAKOR"GA O'TISH

"Nasaf"da o'ynab yurganimda ko'pla takliflar bo'lgan, biroq klub ham, men ham bu takliflarni ko'rib chiqmaganmiz. Ammo "Paxtakor"ning taklifi o'ylantirib qo'ygandi. Sababi jamoa rahbariyatida, murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar bo'lgandi. Evropacha muhit kelgani bois "Paxtakor"ga ijobiy javob berganman. Klub bilan birga O'zbekiston chempioni bo'lish, kubok sohibi bo'lish, Osiyo chempionlar ligasida yaxshi natija qayd etishni xohlayman.



YOSHLIKDAGI KUMIRLARI

Yoshligimda "Nasaf"da o'ynagan Alisher To'ychiev degan darvozabonning o'yinlariga qiziqardim. Keyinchalik Ignatiy Nesterovga baribir havas qilganman. Menimcha so'nggi yillardagi barcha o'zbekistonlik darvozabonlar unga havas qilishgan. Bugungi kunda xorijda "Atletiko" posboni Yan Oblakning harakatlari maqul kelmoqda.

NIMA UCHUN AYNAN DARVOZABON BO'LGAN?

Menimcha qondan o'tgan. Kichkinaligimda mahallamizda qanday futbol bo'lsa dadam darvozabon bo'lardilar. Aslida dastlab himoyachi bo'lganman. SHunchaki sog'lom bo'lish uchun futbol o'ynardim va istalgan ampluada o'ynayverardim. "CHig'atoy"ga ko'chib o'tganimda ilk bor darvozani qo'riqlashni boshlaganman. SHu tariqa darvozabon bo'lganman.

YOSH POSBONLARGA MASLAHAT

Yosh futbolchilarga, yosh darvozabonlarga ko'proq o'z ustida ishlab, mahoratlarini oshirishni maslahat beraman. Boshqachasiga yaxshi futbolchi bo'lib etishib bo'lmaydi. Pulni ketidan quvmasdan, mashg'ulotda astoydil ishlash kerak. Maktabda ham yaxshi o'qish kerak.

OSIYO KUBOGI-2019GA NIMA UCHUN BORA OLMAGANI HAQIDA

2018 yil mavsum oxirida qo'limning barmog'i sindi va milliy terma jamoaning dekabr oyidagi yig'iniga bora olmadim. Milliy terma jamoa murabbiylari barmog'ingni tuzatavergin to'liq tuzalsang Osiyo Kubogiga borasan deyishdi. Gipsni echdim, ikki haftalardan keyin ham baribir og'riq bor edi. Osiyo Kubogiga borishni juda ham xohlagandim, biroq Yangi yil bayrami arafasida yakuniy ro'yxat elon qilingach juda ham xafa bo'ldim. Murabbiyimiz Denis Ivankov qo'ng'iroq qilib yupatdilar. Hamma yupatdi. Yangi yil bayramidan keyin qo'lim butkul tuzaldi, "Paxtakor" safidagi birinchi mashg'ulotdayoq oyog'imdan jarohat oldim va operaciya stoliga yotdim. Ketma-ket ikki marta jarohat olganim juda ham alam qildi.



MINNATDORCHILIK

Hozirgi darajaga etishishimga dadamning katta xissasi bor. Dadam yoshligimda barcha sharoitlarni yaratib berganlari uchun faqat futbol haqida o'ylardim. Qarshida Stanislav Grigorevich Ilenko, "CHig'atoy"da Marat Kabaev, Marat Galimov, "Mashal"da Vladimir Fomichev, Seid Seidov, Vadim SHodimatov, Aleksandr Xomyakov kabi murabbiylar bilan ishladim. "Nasaf"dagi murabbiylarim Ro'ziqul Berdiev va Denis Ivankovga alohida rahmat aytaman. Bundan tashqari yosh bo'lishimga qaramay terma jamoaga chaqirgan va menga ishongan Mirjalol Qosimovga katta rahmat aytaman.

TAS-IX emas



Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика