Eldorbek Suyunov 14 yillik rekordni yangiladi
26 dek 2014 12:20
Yangiliklar

Eldorbek Suyunov 14 yillik rekordni yangiladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroq terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni penaltidan Jamshid Iskanderov kiritdi. Uzfootball.uz saytida yozilishicha, bu o'yinda etiborga molik yana bir voqea sodir bo'ldi. Yosh, umidli darvozabonimiz Eldorbek Suyunov terma jamoamiz safida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish bo'yicha 14 yildan buyon o'zgarmay turgan, Pavel Bugaloga tegishli bo'lgan 447 daqiqalik rekordni yangiladi.Endilikda bu rekord 520 daqiqaga teng bo'ldi!
SHuningdek, ikkinchi bo'lim boshidan boshlab milliy terma jamoamizni aynan Eldor Suyunov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Milliy terma jamoamizga jalb etilgan himoyachimiz SHuhrat Muhammadiev o'yin so'ngida Akmal SHorahmedov o'rnida harakat qilgan bo'lsa, Farruh Sayfiev 61-daqiqada Vitaliy Denisovni almashtirdi.

Fikrlar