Eldor Suyunov: “Oxirigacha davolanmasam jarohatim jiddiy bo'lishi mumkin”
07 fev 2017 10:58
Yangiliklar
Eldor Suyunov: “Oxirigacha davolanmasam jarohatim jiddiy bo'lishi mumkin”
OCHL “pley-off” o'tish bosqichida “Al Xidd” jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin Qarshining “Nasaf” jamoasi asosiy tarkib darvozaboni Eldor Suyunov turkiyadagi yig'inda jarohat olgandi.
Futbolchi “Al Fateh”ga qarshi safardagi ikkinchi “pley-off” o'yinida ham maydonga tushmasligi malum bo'ldi va Toshkentda qoldi.
“Jamoa bilan Saudiya Arabistoniga bormadim, jarohatim borligi tufayli Toshkentda qoldim. OCHL musobaqasida jamoadoshlarimga yordam bera olmayotganimdan afsusdaman. Qachon safga qaytishim aniq emas. Oyog'imda biroz og'riq bor, nasib qilsa ichki chempionat bahslariga qadar safga qaytsam kerak. Hozircha jarohatim u darajada jiddiy emas deyishdi. Yilni shu tarzda boshlaganimdan biroz xafa bo'ldim. Lekin bu taqdir, peshonaga yozilganidan qochib qutulib bo'lmas ekan. Agarda oxirigacha davolanmasam jarohatim jiddiy bo'lishi mumkin. “Al Fateh”ga qarshi uchrashuvda jamoadoshlarimga omad tilayman”, - deydi “Nasaf” klubi posboni Eldor Suyunov.

Fikrlar