So’nggi yangiliklar

22:15Энцо Мареска: "Манчестер Сити" соврин учун курашга қайтади"  0 21:41Расман: "Навбаҳор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  1 21:28"Goal" АПЛда йилнинг энг яхши трансферлари рейтингини тузди  0 20:50Бруну МЮ раҳбарияти билан келиша олмаяпти  1 20:24"Барселона" ҳужумчиси сафдан чиқди  0 19:59"Навбаҳор" Азимжон Аҳмедов билан янги шартнома имзолади!  6 19:36"Ювентус" Дисасини ижарага олмоқчи  1 19:15"Пахтакор" Муҳаммадқодир Ҳамралиев билан янги шартнома имзолади!  1 18:50Боливияда жамоа керакли натижани сақлаб қолиш учун, ўйин тугамай, майдондан чиқиб кетди  2 18:12"Сурхон" етти нафар футболчи билан янги шартнома имзолади  0 17:43Ферран Торрес "Барса"нинг омадсизликлари ҳақида: "Барчасини вақт кўрсатади"  9 17:17Ильгиз Танташев яшил майдонга қайтди  1 17:06Ўзбекистон U-16 термаси Тошкент вилояти футбол академияси жамоасига қарши ўйин ўтказди   3 16:47Шаҳзодбек Ғофурбеков — "Локомотив" футболчиси!  0 16:09Маунт мартгача майдонга қайтмайди. МЮ хавбеки "Сити" билан ўйинда жароҳат олганди  1

Eldor Suyunov: “Noxush ananaga chek qo'ymoqchimiz” Yangiliklar

Eldor Suyunov: “Noxush ananaga chek qo'ymoqchimiz”

Teglar :  Eldor SuyunovNasaf
Bir necha yildan buyon Qarshining “Nasaf” jamoasi darvozasini qo'riqlab kelayotgan Eldor Suyunov milliy terma jamoa safiga muntazam ravishda chaqirilmoqda.
Ayni  damda Eldor O'zbekistonda kuchli uch darvozabonlarning biri hisoblanadi. Biz Eldor Suyunov bilan oldinda turgan musobaqalar va terma jamoa ishtirokidagi JCH-2018 saralash bahslari haqida suhbatlashdik.

-  “Nasaf”da raxbariyat futbolchilar oldiga har doim yuksak natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'yadi, - deya gap boshladi Eldorbek Suyunov. Birinchi davrada ham, ikkinchi davrada ham jamoamizda yo'qotishlar bo'ldi. Tajribali futbolchilarimiz boshqa klubga o'tib ketishdi. Har bir futbolchining jamoada o'ziga yarasha o'rni bo'ladi. Misol uchun, Artur Gevorkyanni olsak, ushbu futbolchi “Nasaf”ga juda katta hizmati tekkan. Albatta, qaysi chiziqda o'ynashidan qatiy nazar, bunday futbolchilar jamoani tark etishi - katta yo'qotish bo'ladi. Ularning o'rniga murabbiylarimiz tarkibga boshqa futbolchilarni jalb qilishdi va yangi taklif etilganlar jamoani tark etganlarning o'rnini bildirishmayapti, deb o'ylayman.

-  Terma jamoamiz Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish yo'lida dadil odimlamoqda. Uchinchi bosqichdagi raqiblar va o'yinlar haqida nima deya olasiz?
-  Bu bosqichda barcha raqiblar kuchli hisoblanadi. Suriya terma jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, ushbu terma jamoani o'z uyimizda qiyinchilik bilan mag'lub etdik. Suriya terma jamoasi guruhda Xitoyni mag'lubiyatga uchratdi, Qatar terma jamoasi bilan durang o'ynadi. Ushbu bosqichda qulay yoki noqulay raqib, degan gap yo'q. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Jahon chempionatida ishtirok etish futbolchilarning azaliy orzusi. Agarda o'zimizga kerakli bo'lgan ochkolarni jamg'ara olsak, ikkinchi davradagi saralash bahslarida raqiblarga ochko ulashmasak, mundial chiptasini naqd qilamiz. Uchta g'alaba ham jamoaviy o'yin evaziga qo'lga kiritildi. Eron bilan o'z uyimizda bo'lib o'tgan uchrashuvda kutilgan o'yinni namoyish eta olmaganimiz uchun mag'lubiyatga uchradik. Mag'lubiyatda bir futbolchini aybdor deya olmayman. Biz xato qildik, raqiblar bundan samarali foydalanib, darvozamizga gol urib, bizni muhim ochkolardan mahrum etdi. Xar bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. O'ninchi noyabrda Iordaniya bilan o'z uyimizda o'rtoqlik o'yinini o'tkazsak, o'n beshinchi noyabr kuni Janubiya Koreya mehmoni bo'lamiz. Janubiya Koreya terma jamoasi ham juda kuchli hisoblanadi. SHuning uchun ham bu bahs murosasiz kechadi deb o'ylayman.

-  Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, “Osiyo yo'lbarslari”ga 9 marotaba to'qnash kelganmiz Faqat bir marotabasida g'alaba qozonganmiz...
-  Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyoda kuchli hisoblanadi. Internet saytlaridagi xabarlarga ishonadigan bo'lsak, Janubiy Koreya O'zbekiston termasidan mag'lub bo'lsa bosh murabbiyi istefoga chiqarilarkan. Ushbu xabar jamoa futbolchilari uchun ham juda katta bosim bo'ladi. Ammo Bizga ularning muammolari qiziq emas. Biz uchun muhimi - safardan g'alaba bilan qaytish. Mana shu uchrashuv ikkala jamoa uchun ham katta ahamiyatga ega. To'g'ri aytdingiz, “Osiyo yo'lbarslari” bilan bo'lgan uchrashuvlarning bittasida zafar quchganmiz. Bunga ham ancha yil bo'ldi. Avvalgi o'yinlar tarixda qoldi. Bunday noxush ananaga chek qo'yishimiz kerak.

-  Siz mahoratli darvozabonsiz. OCHLda ham muntazam ravishda ishtirok kelyapsiz. CHempionatimiz avvalida sizga Eron jamoasidan taklif tushgandi, lekin o'z jamoangiz bilan shartnomangiz borligi va jarohat olganingiz sababli ushbu transfer amalga oshmadi. Sizga yana taklif bo'lsa jamoadan ketasizmi?
-  Kelajakdagi maqsadim – Evropa jamoalarida yoki Osiyoning kuchli klubi safida to'p tepish.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика