Eldor Suyunov: "Nasaf"ni faqat xorij klubiga almashtirishim mumkin"
12 sen 2013 12:10
Yangiliklar
Eldor Suyunov: "Nasaf"ni faqat xorij klubiga almashtirishim mumkin"
“Nasaf”ning iqtidorli posboni Eldor Suyunov bu yilgi mavsumda o'zining ochilmagan qirralarini yaqqol namoyon etmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bo'y basti uzun bo'lgan posbon “Nasaf”da namoyish etayotgan ishonchli o'yinlaridan keyin milliy terma jamoa yig'inlariga ham taklif etildi.
Biz “Nasaf”ning 22 yoshli posboni Suyunov bilan suhbatlashdik.
“NASAF”DA O'YNASH ORZUM EDI
- Eldorbek, sizni bu yil garchi “Nasaf”ning asosiy posboni sifatida ko'rayotgan bo'lsakda, ochig'i, siz haqingizda muxlislar to'liq malumotga ega emas.
- 1991 yili Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug'ilganman. Yoshligimda ko'plab tengqurlarim qatori mening ham millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lgan. SHu bois sportning bu turi bilan shug'ullanishni boshlaganman.
- Dastlabki ko'nikmalarni kimdan va qerdan olgansiz?
- Futbol bilan 12 yoshimdan buyon jiddiy shug'ullanishga kirishganman. O'sha paytda Qarshidagi futbol maktablarining birida, Stanislav Ilenko qo'li ostida mashg'ulot o'tkazardim.
- Ayrim posbonlar dastlab himoya yoki yarim himoya chiziqlarida o'ynab, keyinchalik darvozabonlikni tanlashga qaror qilishgan. Sizda bu borada vaziyat qanday bo'lgan?
- Men ham futbol bilan shug'ullanishni boshlagan ilk kezlarimda, hamma amplualarda o'ynab ko'rganman. Tahminan, 5-6 oy muddat shunday bo'lgan. Ammo keyinchalik darvozabonlik men uchun eng maquli ekanligiga iqror bo'lganman. Murabbiylar ham bo'y bastim novcha bo'lganligi uchun darvozada turishni tavsiya qilishgan. Keyinchalik bu poziciyada o'ynash o'zimga ham yoqib qolgan va shundan buyon darvozabon sifatida o'ynab kelmoqdaman.
- Bolalik davringiz asosan Qarshidagi futbol maktabida o'tganmi?
- Qarshida bir necha yil futbol sirlarini o'rgangach, o'zimni Toshkentdagi, “CHig'atoy” futbol maktabida sinab ko'rish varianti bo'lgan. SHu bois 2006 yilning boshida CHig'atoyga borganman. U erda men tahsil olgan guruhga Marat Kabaev ustozlik qilgan. O'sha paytda men bilan birga shug'ullangan va hozirda oliy liga klublarida o'ynayotganlardan, Alibobo Rahmatullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Ayubxon No'monov hamda Aleksandr Lupashko kabi o'yinchilarni aytishim mumkin. Bilasizmi, ushbu maskanda ko'p yillar davomida shug'ullanish nasib etmagan. Sababi o'sha yili bugungi kunda “Bunyodkor” futbol klubi rahbari sifatida ishlayotgan Baxtiyor Boboev meni Muborakdagi “Mashal” akademiyasiga taklif etgandi. SHunda 2006 yilning oxirida “Mashal” akademiyasiga ko'chib o'tganman.
- O'sha paytlarda ushbu akademiyaning nufuzi mamlakatimizda juda yuqori edi.
- Albatta, Muborakdagi akademiyada ishlar shu darajada to'g'ri yo'lga qo'yilgandiki, hamma yoshlar u erda tahsil olishga oshiqardi. Muborakdagi akademiyada 1990 va 1991 yildagi bolalar ishirokidagi guruhini umumlashtirib bitta mashg'ulot o'tkazilgan. SHuning uchun u erda o'zimdan bir yosh katta bo'lganlar bilan tahsil olganman. Siroj Hamroev, Sanjar Quvvatov, Maruf Murodov, SHerzod Azamov... Bizni dastlab Vladimir Fomichyov shug'ullantirgan. Keyinchalik bu mutaxassis oliy liga jamoalariga o'tganidan keyin, bugungi kunda “Mashal” ustozi sifatida ishlayotgan Aleksandr Xomyakov murabbiylik qilgan. Turkmanistonlik Seid Seidov qo'li ostida esa akademiyani tamomlaganmiz.
- Futbol maktab internati va akademiyani tamomlagan barcha yosh futbolchilar ham o'zlariga professional jamoa topa olmaydi. Sizda bu borada jarayon qanday kechgan?
- O'sha paytda Muborakdagi akademiyani tamomlagan iqtidorli bollarni birinchi ligada ishtirok etuvchi “Mashal akademiya” jamoasiga jalb etishgan. Mening professional futboldagi ilk jamoam shu klub bo'lgan. 2007 yildan boshlab ushbu jamoa safida birinchi ligada o'ynay boshlaganman. O'sha paytlarda jamoaga Bahodir Davlatov va keyinchalik Aleksandr Xomyakov ustozlik qilgan. “Mashal akademiya”dagi faoliyatim 2010 yilning so'nggida o'z poyoniga etgandi. SHundan so'ng “Nasaf”ga o'tganman.
- Nima uchun aynan “Nasaf”ga o'tgansiz, “Mashal”dagi murabbiylar nahotki iqtidoringizni payqamagan bo'lishsa?
- O'sha paytga kelib “Mashal” bilan tuzgan shartnomam o'z nihoyasiga etgandi. Yashirmayman, “Mashal”ning asosiy jamoasiga o'tish uchun ham taklif bo'lgan, lekin 2010 yilda Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasidan ham qiziqarli taklif bo'lgan. SHunda hech o'ylanib o'tirmasdan, “Nasaf” variantini tanlaganman. CHunki “Nasaf” bolalikdagi orzum edi.
- O'sha paytda “Nasaf”ga ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko ustozlik qilgan. Tarkib kuchaytirilib, raqobat ham shunga monand yuqori bo'lgan.
- Huddi shunday. Lekin jamoada kuchli raqobat bo'lishiga qaramay, “Nasaf”dan tushgan taklifni tez fursat ichida qabul qilganman. Murod Zuxurov, Mixail Naumov hamda Dmitriy Kozachenko singari hamkasblarim bilan mashg'ulot o'tkazardim. Albatta bu menga juda katta maktab bo'lgandi.
“RO'ZIQUL BERDIEVDAN MINNATDORMAN”
- “Nasaf”dagi debyut o'yiningiz qaysi jamoaga qarshi kechgan bahsda sodir bo'lgan?
- Jamoadagi ilk uchrashuvim milliy chempionatimiz o'yinlarida emas, balki OFK Kubogi doirasidagi bahsda kuzatilgan. O'shanda Yamanning “Al Tilol” klubini qabul qilgandik. Boshlang'ich tarkibda murabbiylar Murod Zuhurovni tushirgandi. O'sha o'yinning ikkinchi bo'limida Demyanenko menga o'zimni ko'rsatish uchun uchrashuv tugashiga chamasi 25 daqiqa qolganida imkoniyat bergan.
- Oliy ligadagi dastlabki uchrashuvingizni ham yodingizdan chiqarmasangiz kerak?
- Bu borada ilk o'yinim ushbu mavsumda “Buxoro” bilan uchrashuvga to'g'ri keldi. O'sha kuni asosiy posbon G'ayrat Hasanov to'satdan betob bo'lib qoldi. SHunda murabbiy, darvozani qo'riqlashni mening gardanimga yuklashini, bunga qanchalik tayyor ekanlgimni so'radi. Men esa tabiiyki bunday imkoniyatdan unumli foydalanib qolish maqsadida taklifga “labbay” deb javob berdim. SHu o'rinda fursatdan foydalanib Ro'ziqul aka Berdievga buning uchun minnatdorchilik bildiraman. SHu darajaga etishib chiqishimda ushbu mutaxassisning xizmati katta deb bilaman.
- Darhaqiqat, bu yil “Nasaf” barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Bunda tabiiyki bosh murabbiyning ham mehnati yotibdi. Aytingchi, Berdievning ushbu muvaffaqiyatlarining siri nimada?
- Xabaringiz bo'lsa kerak, Ro'ziqul aka bu yil shu kungacha uch marta oliy ligada “eng yaxshi oy murabbiyi” bo'ldi. Avgust oyining ham eng yaxshi murabbiyi bo'ladi deb umid qilaman. Bu ham u kishining “Nasaf”da qanday ishlayotganidan dalolatdir. Berdiev yoshlarga ishonch bildirishdan qo'rqmaydi va buning oqibatida jamoada bir qator yoshlar bo'y ko'rsatib kelmoqda. Bundan tashqari Ro'ziqul aka jamoada ish boshlashidan oldin, barcha futbolchi bilan o'zaro suhbat qilib, yigitlarni huddi bir oilaga aylantira oldi. Ishonasizmi, hozir hamma bir-biri bilan juda ham ahil inoq. Futbolchining yoshi kattami yoki kichikmi, bunisi ahamiyatsiz, barchaga birdek munosabat qilinmoqda. Futbolchilar bir maqsad yo'lida harakat qilmoqda.
- Berdiev futbolchilik davrida maydon markazida aqlli o'yin namoyish etganini juda yaxshi eslaymiz. Murabbiy sifatida qanday?
- Ancha og'ir bosiq. Mashg'ulotlarda turli taktikalarni sinab ko'radi. Raqibga qarab maqulini tanlaydi. Asosiysi to'g'ri ko'rsatma berib, yigitlarni ko'ngliga yo'l topa oladi. Hozir jamoadagi barcha futbolchi u kishidan minnatdor.
- Bazida Ro'ziqul Berdiev Demyanenko shakllantirib ketgan tayyor tarkibni o'ynatib, “Nasaf”ni kuchlilar safida olib yuribdi qabilidagi gaplarni eshitib qolamiz. Bunga qanday munosabatdasiz?
- Yo'q, bunday deyish noto'g'ri bo'ladi. Ro'ziqul aka ikkinchi davrada yoki yaqinda bosh murabbiy bo'lgani yo'q. Yil boshidan buyon ishlab kelmoqda. Agar tarkibimizga etibor qaratadigan bo'lsangiz, Anatoliy Vasilevich davridagi kuchli legionerlar safimizni tark etishgan. Ro'ziqul Berdiev ularning o'rnini mahalliy yoshlar bilan to'ldirdi va bu yil jamoamiz tarkibida bir nechta yoshlar kashf etilmoqda.
- SHu o'rinda “Nasaf” darvozabonlari murabbiyi Denis Ivankovni ham chetlab o'ta olmaymiz. Bu murabbiy bilan ishlash yoqyaptimi?
- Albatta, Ivankovni O'zbekistondagi darvozabon murabbiylari ichida eng yaxshisi deb bilaman. Juda zo'r murabbiy. Mashg'ulotlarni Evropa uslubidan kelib chiqib o'tkazadi. Zerikib qolmaysiz. Mahoratimni oshishiga ushbu murabbiyimning ham xizmati yotibdi.
“NASAF”NI FAQAT XORIJ KLUBLARIGA ALMASHTIRISHIM MUMKIN”
- Siz uchun qay biri muhim, jamoangizning 0:0 hisobida durang o'ynaganimi yoki 6:5 hisobida g'alabasi?
- Jamoam manfaatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, g'alaba qozonishni istayman.
- “Nasaf” mudofaa chizig'ida kimlar o'ynasa o'zingizni erkinroq xis etasiz?
- Jamoamizda oxirgi paytlarda deyarli bir xil himoya chizig'i o'ynab kelmoqda. Bular, Botir Qoraev, Maqsud Karimov, Hamza Karimov, SHuhrat Muhammadiev. Aynan ushbu futbolchilar bo'lsa men uchun biroz engillik bo'ladi.
- Bu yilgi chempionatda o'tkazib yuborgan gollaringizni hisoblab boryapsizmi?
- Ha, statistikaga qiziqaman. Joriy mavsumdagi chempionat o'yinlarida ishtirok etgan uchrashuvlarimda hozirgacha, o'z darvozamdan 11ta gol o'tkazib yuborganman. Buni yaxshi ko'rsatkich deya olmayman. Lekin bu yil imkon qadar kuchli uchtalikka kirishga harakat qilaman.
- Ushbu o'tkazib yuborgan gollarning nechtasi o'z xatoingiz tufayli amalga oshdi?
- “Dinamo” bilan birinchi davrada kechgan o'yinda o'z aybim bilan gol o'tkzib yuborganimni aytishim mumkin. O'shanda raqib futbolchisi jarima zarbasini amalga oshirayotganida, o'yinni o'qishga haraqat qilib, o'z postimni tashlab biroz oldingi chiqib olgandim. Mehmonlar esa bundan unumli foydlanib, havodan zarba berib darozani ishg'ol etgandi. Qolgan gollarda butun jamoaning aybi bor deb o'ylayman.
- Yoshligingizda qaysi golkiperlarning o'yiniga xavas qilgansiz?
- Evropadan Petr CHex. O'zimizdan Ignatiy Nesterov, Murod Zuhurov va Pavel Bugalo.
- “Nasaf”ning o'tmishdagi darvozabonlaridan kimlarning harakatlari sizga manzur bo'lgan?
- Bu jamoada juda ko'plab darvozabonlar o'ynashgan. Men bilganlardan, Alisher To'ychiev, Pyotr Gizimchuk, Dmitriy Kozachenko, Murod Zuxurov va bugungi kunda ham “Nasaf”da o'ynayotgan Mixail Naumovni ko'rsatgan bo'lardim. Bu posbonlar mahalliy muxislarda ham juda yaxshi taassurot qoldirgan.
- Ularning qay biridan o'rnak olishga intilgansiz?
- Murod Zuhurovdan. Bu darvozabonni nafaqat futbolchi sifatida balki, hayotdagi inson sifatida ham o'rnak olishga arziydiganlardan deb bilaman. “Nasaf”da o'ynab yurgan kezlarida, vaqtimni asosan Zuhurov bilan o'tkazishga urinardim. Ko'p narsa o'rganganman.
- Bu yil “Nasaf”ning deyarli barcha uchrashuvlarida boshlang'ich tarkibdan siz joy egallab kelmoqdasiz. Buning barobarida milliy terma jamoaga ham chaqirildingiz. SHunday ekan klubingizda asosiy tarkibda maydonga tushishingizga to'liq ishonch xosil qilyapsizmi?
- Yo'q, asosiy tarkibda joy hech bir futbolchiga kafolatlanmagan. O'yindan oldin, bugun maydonga tusharmikinman, degan savol miyamda yuzaga keladi. Boshlang'ich tarkibda o'ynash uchun mashg'ulotlarda har doim bor kuchim bilan ishlayman.
- Bolaligingizda bir kun kelib “Nasaf”ning asosiy posboni bo'lishingizga ishonganmidiz?
- “Nasaf”da o'ynash eng katta orzum edi. O'zimni bu jamoadan boshqa hech bir klub safida tasavvur qilolmaganman. Hozirgi jamoam tarkibida to'lib turgan stadionda o'ynashni hamisha orzu qilganman.
- Poytaxt klublaridan qiziqarli takliflar bo'lsa qanday yo'l tutasiz?
- Baribir “Nasaf”da qolgan bo'lardim. CHunki bu jamoaga o'tayotganda o'z oldimga keyinchalik faqat xorij klubigagina o'taman deb maqsad qo'ygandim. Buni murabbiylarga ham aytganman.
- Nima deb o'ylaysiz, xorij klublarida o'ynash darajasiga etdingizmi?
- Yo'q, bunga yana biroz vaqt kerak. Oldin “Nasaf”da o'zimni to'liq ko'rsatay, axir jamoam bilan ko'plab sovrinlarni yutishni niyat qilganman.
“PENALTI QAYTARISH BORASIDA A'LOHIDA ISHLAMAYMAN”
- Odatda bazi darvozabonlar mashg'ulot chog'ida, 11 metrlik to'plarini qaytarish ustida alohida shug'ullanar ekan. Sizchi?
- Penaltilarni qaytarish uchun mashg'ulotlarda alohida ishlamayman. Lekin Kubok doirasidagi yarim final javob uchrashuvida, “Paxtakor” bilan o'yin oldin bu borada mashg'ulot o'tkazgandik.
- “Nasaf”ning g'alaba qozongan o'yinidan keyin vaqtingizni kim bilan o'tkazishga harakat qilasiz?
- Vaziyatga qarab. O'z maydonimizdagi muvaffaqiyatimizdan keyin ko'pincha jamoadagi darvozabonlar va murabbiyimiz Denis Ivankov bilan shahardagi restoranlarning biror birida bo'lib, birga xordiq chiqaramiz va albatta o'yinning qanday kechgani borasida tahlil qilamiz.
- Rejimga amal qilasmizmi?
- Albatta. Busiz maqsadga erishib bo'lmaydi.
- O'yinga qay tarzda tayyorlanasiz?
- Xonamda dam olaman. Musiqa tinglab, raqib futbolchilarining harakatlarini tasavvurimga sig'dirib, ularning harakatlarini oldindan bilib borishga intilaman.
- Mag'lubiyatni unutish uchun qancha muddat ketadi?
- Mag'lubiyat doimo alamli bo'ladi. Agarda keyingi o'yinga oz muddat qolsa, omadsizlikni tezroq unutib, bo'lajak bahsga o'zimni tayyorlashga harakat qilaman.
“UYLANISH HAQIDA HALI O'YLAMADIM”
- Maktabda qanday bahoga o'qigansiz?
- Olgan baholarimni, juda zo'r ham, juda past ham deb bo'lmaydi, o'rtacha.
- Ko'proq qaysi fanlarga qiziqishingiz yuqori bo'lgan?
- Geografiya va Tarix fanlariga juda qiziqardim.
- Agarda bugungi kunda futbolchi bo'lmaganingizda, o'zingizni qaysi sohada sinab ko'rardingiz?
- Institutga o'qishga kirishga harakat qilardim. O'xshamasa, menimcha tadbirkorlik bilan shug'ullanardim.
- Yaqin orada uylanish rejangizda bormi?
- Yo'q, bu haqda hali o'ylab ko'rmadim. Menimcha bunga hali yana bir yil bor.
- Sevgan qizingiz bormi?
- (Jilmayib) Bunisi sir bo'la qolsin.
- Qaysi taomlarni xush ko'rasiz?
- Milliy taomimiz bo'lmish, Oshni. Undan tashqari Mantini ham sevib tanovul qilaman.
- Qaysi rusumdagi mashinaga qiziqasiz?
- Menga ko'proq “Mersedez benz” yoqadi.
- Kitob ham o'qib turasizmi?
- Ha bu menga yoqadi. Lekin oxirgi marta kitob o'qiganimga tahminan 2-3 oy bo'ldi. Ko'proq detektiv romanlarni o'qishga qiziqaman.
- TVda faqat futbol ko'rasizmi yoki...?
- Birinchi navbatda tabiiyki futbol ko'raman. SHuningdek komediya janridagi ko'rsatuvlarni ham ko'rib boraman.
- “Nasaf”dagi o'yinlaringizdan keyin, oilangizda harakatlaringiz keng qamrovda muhokama qilanadimi?
- Avvalo futbol bilan shug'ullanishimga dadam sababchi bo'lganligini aytib o'tishni istardim. Umuman aytganda, oilamizda sportchilar yo'q. Lekin shunga qaramay, millionlar o'yiniga qiziqish bor. Oilada uch o'g'ilmiz. Eng katta farzand menman. Katta ukam, institutda o'qiydi va u allaqachon hayotdagi o'z yo'nalishini topib olgan. Kichik ukam esa futbolga qizqiqqani uchun futbol maktabiga borib shug'ullanib yurdi. Ammo sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelganligi tufayli, mashg'ulotlarni to'xtatib turibdi. Balki keyinroq yana sportga qaytar. Albatta Qarshidagi o'yinlardan keyin dadam o'yinda yo'l qo'ygan xatolarimni aytib tanqid qilib turadi. Maqtovlarga uchib, xavolanib ketmasligimni ham uqtirib turadi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar