Eldor SHomurodovning A Seriyadagi ikkinchi goli haqida “Tvitter nima deydi?”
07 jan 2021 10:32
Yangiliklar


Eldor SHomurodovning A Seriyadagi ikkinchi goli haqida “Tvitter nima deydi?”
Hamyurtimiz esa bizni uyaltirmayapti. Dastlab, birinchi golini urdi, keyinchalik bir assist va kecha yana gol. Ijtimoiy tarmoqlarda SHomurodovning biror natijasi ko'p muhokama qilinadi. A Seriyaning 16-turidan o'rin olgan “Sassuolo” – “Jenoa” (2:1) bahsida gol urgan Eldor SHomurodov haqida Tvitterda yangragan fikrlarning aksariyatini yig'ib chiqdik.
SHomurodovning gol urgani haqida yozishda “kim birinchi?” o'yini boshlanganga o'xshaydi:
Eldor gol urdi. Man birinchi yozdim))
— Abbos Serobov (@janobsatirik) January 6, 2021
O'zi gol urgandek quvongan muxlis:
Eldor gol urganda, xuddi o'zim urganday quvondim. Afsus, durrangni saqlab qolisholmadi (
— ★SHOXRUX★ (@SHOHiRUH) January 6, 2021
Kuni yaxshi bo'lganiga futbol sabab bo'lgan inson:
shukur bugun yaxshi kun buldi SHomurodov gol urdi, Messidan dubl, Barsa yutdi
— Shuhrat Vahitov (@shuhratvahitov) January 6, 2021
Paulo Dibala va Aleksis Sanches ham SHomurodovdan ko'p gol ura olishmagani haqida:
SHomurodov gollar bo'yicha Dibala va Sanches bilan tenglashib olibdi. Molodec, gazini bos!!
— Neftchi Fargona (@zokhidbek) January 6, 2021
“Barselona” va Messining muxlislari bu sarkazmni to'g'ri qabul qilishsa kerak:
A Seriyada gollar:
— Troll Afandi (@troll_afandi) January 6, 2021
SHomurodov: 2ta
Messi: 0 ta
Kecha shunaqa edi:
Shomurodov ad oggi pomeriggio, 6 gennaio 2021, molto più forte di Lewandoski e Benzema.
— carmine (@carmi_ne) January 6, 2021
Yuqoridagi tvitni tushunmaganlar uchun uning tarjimasi:
SHomurodov bugungi kunda, 2021 yil 6 yanvar xolatiga Levandovskiy va Benzemadan kuchliroq. https://t.co/2bft3UnvER
— D Nurmatov (@Nurmatov_D) January 6, 2021
Og'abek Samisov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar