So’nggi yangiliklar

10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  0 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  1 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  4 08:34Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди  4 08:15Расман: "Хоразм" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:48Вадим Абрамов: "ЦСКАни ҳар куни ҳам ютавермаймиз"  6 05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  34 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  16 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  35 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  24

Eldor SHomurodov Parij Olimpiadasiga boradimi? Yangiliklar

Eldor SHomurodov Parij Olimpiadasiga boradimi?

Hozirgi kunda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol Eldor SHomurodov va boshqa tajribali futbolchilarning Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi haqida bo'lmoqda.

Xabaringiz bor, futbol bo'yicha Olimpiada bahslari 24 iyuldan 10 avgustga qadar Franciyada bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir terma jamoada 23 yoshgacha bo'lgan 18 nafar futbolchi bo'lishi kerak. Terma jamoalar o'z xohishiga binoan 18 kishilik ro'yxatga 3 nafargacha yoshi katta futbolchini qo'shib olishlari mumkin.

Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, ayni paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasining rasmiy madhiyasi – Konsta ijrosidagi "O'zbekistonlik" qo'shig'iga klip suratga olinmoqda. Jarayonda Timur Karadze shogirdlari hamda O'zbekiston MTJ sardori Eldor SHomurodov ham ishtirok etmoqda. Demak, katta ehtimol bilan Eldor SHomurodov terma bilan birgalikda Parij Olimpiadasiga yo'l oladi.

Avvalroq SHomurodov Olimpiada haqidagi savolga javob berarkan, u uchun vatan shanini himoya qilish sharaf ekanligini takidlagan edi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика