So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  1 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  3 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Eldor SHomurodov italyan tilidagi qaysi so'zlarni yodlab oldi? Yangiliklar

Eldor SHomurodov italyan tilidagi qaysi so'zlarni yodlab oldi?

Eldor SHomurodov Genuyadagi to'rt yarim oylik davri mobaynida kamtarona statistika qayd etishga ulgurdi - 701 daqiqa, 2ta gol va shuncha golli uzatma.

U haqida murabbiylar ijobiy fikr bildirishadi. Hususan jamoa sobiq bosh murabbiyi Rolando Maran shunday fikr bildirgan: "Eldor jamoada yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ko'p ishlaydi va mehnat qiladi. Foydali futbolchi lekin yanada takomillashib borishi lozim". Uning o'rnini egallagan Davide Ballardini esa hazillashadi. "U kuchli va katta salohiyatga ega. SHomurodovning italyan tilini tushunmasligi va mening fikrimni bilmasligi yaxshi".

La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida Eldor uchta so'zni bilishini tan oldi. Bu so'zlar buongiorno, buonasera, arrivederci (xayrli tong, xayrli kech va xayr). "Lekin moslashish qiyin bo'ldi deb o'ylamayman. Jamoadagi do'stlarim yordam berishdi. Men dastlabki kunlardanoq ular bilan yaxshi munosabatdaman. Genuyaga kelayotganimda menga qiyin bo'lishini bilardim. O'zimni isbotlash uchun bitta usul bor u ham bo'lsa qattiq ishlash. Bunga doimo amal qilishga intilaman. Biror narsa amalga oshayotgan bo'lishi mumkin, ammo faoliyatim endi boshlandi. O'zbek Messisi? Meni nima uchun bunday atashlarini bilmayman",- deydi Eldor SHomurodov. 


Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика