Eldor SHomurodov: "Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron Fayzievga bag'ishladim"
15 iyu 2023 00:11
Yangiliklar


Eldor SHomurodov: "Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron Fayzievga bag'ishladim"
"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Eldor SHomurodov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- O'yin haqida qisqacha fikrlaringiz?
- Ikki xil taym bo'ldi. Birinchi bo'lim nisbatan qiyin bo'ldi. Tezlik va ozroq agressiya etishmadi. Ikkinchi bo'limda xatolarni to'g'irlab, natijaga erishdik.
- Srechko Katanecning yo'qligi qanchalik bilindi?
- Murabbiy har doim o'rni bilinadi. O'yindan oldin uning yo'qligi bizga aytilgadi. Katanecning yo'qligini bildirmaslikka harakat qildik.
- Bugungi gollaringizni kimga bag'ishladingiz?
- Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron akaga bag'ishladim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar