So’nggi yangiliklar

17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  10 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  7

Eldor Sakaev: "Mag'lubiyatga murabbiy javob beradi" Yangiliklar

Eldor Sakaev: "Mag'lubiyatga murabbiy javob beradi"

Teglar :  Eldor SakaevYangier
O'zbekiston Coca-Cola kubogi 4-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakaev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- Yutqazgandan keyin o'yinga tayyorlangan reja ish bermagan hisoblanadi. Birinchi golni raqibga bo'sh xududlar uchun imkon yaratib berganimiz uchun o'tkazib yubordik. Ikkinchi gol esa himoyadagi tartibsiz evaziga yuzaga keldi. Kamchiliklarimiz bor ekan, mashg'ulotlarda yanada ko'proq ishlaymiz. Bugungi o'yinga faqat g'alaba uchun kelgandik. Aytib o'tganimdek, raqibga bo'sh xududlarni yaratib berganimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Individual xatolar ko'p bo'ldi. Jamoa yutqazdimi, natijaga murabbiy javob beradi.

- Uchrashuvning dastlabki qismida jarohat olib maydonni tark etgan legioner futbolchi yaqindagina safga qaytgan ekan. U jarohatidan to'liq forig' bo'lmaguncha o'rniga boshqa futbolchini tushirgan maqul emasmidi?


- U futbolchi 22 kun davomida davolanib safga qaytgan. Jarohatidan tuzalib umumiy guruh mashg'ulotlarida ishlayotgan edi. Biz uni o'yinga tayyor bo'lgani uchun maydonga tushirdik. Futbol oson o'yin emas, bu sport turida kutilmagan xolatlar ham bo'lishi mumkin.

- Jamoangizdagi legionerlarning harakatlaridan qanchalik qoniqayapsiz? Tarkib jihatdan kelib chiqib jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?


- Tarkibimizda legioner futbolchilar bor. Bahona emasku lekin yangi jamoani shakllantirishga malum muddat vaqt zarur bo'ladi. Hozir aytdik, bir legionerimiz 22 kun davomida davolandi. Bu chempionat o'yinlari boshlangan vaqtda katta muddat hisoblanadi. Legioner futbolchilar mentalitetga o'zlarini erkin his qilishlari uchun ham moslashishlari kerak. Yana bir legionerimiz oilaviy masalalar tufayli mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Insonda turli darajada muammolar bo'lib turadi. Ishlashda davom etamiz.

- Uchrashuv davomida bosh hakam tomonidan ogohlantirildingiz. Demak, hakamlar qaroridan norozimisiz?


- O'sha vaziyatda men haq edim. Buni keyinchalik ham hakamlar bilan suhbatda aytdim. Lekin men tomonimdan bildirilgan fikrlar hakamlar manziliga emasdi. Futbol bu shaxmat emas. Bu sport turida jarohatlar ham uchrab turadi. Buni tushunish va his qilish kerak.

Umuman aytganda Superliga jamoasi bilan bugun yomon o'ynaganimiz yo'q, yigitlar maydonda yomon harakat qilishmadi. Kubok uchrashuvlari bizga tajriba to'plashga imkon yaratdi. Endi bor etiborni chempionat o'yinlariga qaratamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика