So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Eldor Sakaev: "Futbol xalq uchun, muxlislar uchun" Yangiliklar

Eldor Sakaev: "Futbol xalq uchun, muxlislar uchun"

Teglar :  Eldor SakaevYangier
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Sakaev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Yigitlardan minnatdorman, ular bugun xarakter ko'rsata olishdi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham katta rahmat aytaman. Ular chindan ham bugun bizga dalda bo'lishdi.

- Jamoa bugun ideal o'yin ko'rsatdi deb ayta olasizmi?


- Ideal o'yin ko'rsatish uchun juda ko'p mehnat qilish kerak. Har qanday jamoa raqibning kuchidan kelib chiqib o'yinga tayyorgarlik ko'radi. Vaziyatlardan unumli foydalandik, demak bugun yigitlardan minnatdorman.

- "Yangier" kubok uchrashuvlarida Superliga klublariga qarshi o'ynaydi. Bu jamoalar qanchalik o'rganib chiqildi?


- Biz har doim mashg'ulotlarda jiddiy ishlaymiz, g'alaba uchun tayyorgarlik ko'ramiz. Superliga va Pro-liganing darajasida farq bor albatta. Futbol bu buyuk o'yin, millionlar o'yini. Futbol xalq uchun, muxlislar uchun. Ular qaysi jamoalar maydonda to'qnash kelishidan qatiy nazar tomoshabop futbol tomosha qilishni istashadi.

- Navbatdagi raqib "Metallurg" haqida nimalarni ayta olasiz?


- Biz "Metallurg" bilan safarda o'ynaymiz. Albatta jiddiy va kuchli raqib. SHundan kelib chiqib tayyorgarlik ko'ramiz. Hech qachon raqibga yutqazamiz deb maydonga tushmaymiz. Har qanday jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Bugungi o'yin endi tarixga aylandi. Oldindagi uchrashuvlarga jiddiy hozirlik ko'rishimiz kerak.

- "Yangier" jamoasi uydagi o'yinlarda ikki yoki uch hujumchi bilan o'ynash variantini ko'rib chiqayaptimi?


- Biz murabbiylar shtabi bilan turli variantlarni muntazam muhokama qilib boramiz. Rejamizda ko'proq hujumkor o'yin uslubini shakllantirish. Yigitlar biz istagan o'yin uslubini namoyish etib borayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g'alaba bilan klubimiz azolari, futbolchilar va muxlislarimizni tabriklayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика