Eldor Isaboev: “O'yin amaliyoti uchun “Loko”dan ketishdan ham qaytmayman”
16 fev 2014 21:45
Yangiliklar

Eldor Isaboev: “O'yin amaliyoti uchun “Loko”dan ketishdan ham qaytmayman”
Mish-mishlarga ham gohida etibor berib qo'yish foydadan xoli emas emish.
So'ngi paytlarda mamlaktimizning iqtidorli posbonlari safida o'zining nomini yozdira olgan Eldor Isaboev, yangi mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safida davom ettirish uchun “temiryo'lchilar” bilan shartnoma imzolaganligi ko'pchilikka malum bo'lsa kerak. Uzunquloq gaplarga qaraganda, Eldorbek ayni damda o'zi uchun yangi jamoa qidirish payiga tushgan. Buning sababini darvozabonning o'zidan eshitishni istagan holda Isaboev bilan bog'landik.
− Eldorbek, atrofingizda turli xil mish-mishlar yuribdi. Buni qanday izohlaysiz?
− Haqiqatdan ham shunday gaplar borligini o'zim ham tushunib turibman va gohida qulog'imga ham chalinib qolmoqda. Ayni xozir bu gaplarni inkor etmayman. Jamoaga kelishimga katta maqsadlar sabab bo'lgandi. OCHLda o'ynashni birinchi maqsad sifatida o'z oldimga qo'ygan holda “temiryo'lchilar” safiga kelib qo'shilgandim. Jamoamizdagi sobiq rahbariyat bilan qilgan kelishuvimiz, yangi rahbariyat bilan ham amalga oshishiga ko'zim etmayapti. Vadim Abramov bilan gaplashganimizda, asosiy tarkibni vada qila olmasligini aytdi. Bu menga boshqacha tasir qildi. “Loko”ning asosiy darvozaboni bo'lishga umid qilgandim. Ammo ayni damda Toshkentliklar bilan amaliy shartnomam borligini unutmaslik lozim.
− Jamoa qarorgohini tark etib ulgurganligingiz haqida eshitdik?!
− Ayni paytda OAV xodimlariga qoyil qolmaslikni iloji yo'q. Hali qarorgohni tark etmasimdan oldin, kelgusi kungi rejalaringni bilib, o'zingizga aytishadi (kulib). Jamoa qarorgohini endigina tark etmoqchi bo'lib turgandim. Ammo endigi savolingiz aniq, “qaerga?”. Buni sir saqlashimga qarshilik qilmasligingizni so'rayman. Oldimda bir qator variantlar bor. “Loko” bilan shartnoma imzolamasimdan avval ham shunday edi. Lekin ularni nomlarini oshkora qilmayman. “Andijon” bundan mustasno. Jamoa rahbariyati biz bilan bog'lanishgan va rasmiy taklif bilan chiqishgan. Ammo, bu degani, endi u erda o'ynayman degani emas. Qaysi jamoaga o'tishim borasida mashg'ul kishilari bor. Ular bilan maslahatlashgan xolda, vaziyatni o'rganib chiqishimiz lozim.
− Maydondagi o'rin uchun toshkentliklar safini tark etib, boshqa jamoa safidan bemalol o'rin ola bilshingizga ko'zingiz etyaptimi?
− Agar xozirgi sport formamni hisobga olib aytadigan bo'lsak, istalgan jamoaning asosiy posboni bilan tengma-teng raqobatlasha olaman. CHunki, ayni damdagi holatim shuni taqozo etib turibdi. Men uchun xozirgi vaziyatda birinchi maqsad, qaysi jamoa safida to'p tepish emas. Balki, birinchi raqamli bo'lish turibdi. “Loko”da ham bunday qilishim mumkin edi ammo...
− Ochiqroq gaplashishni istardik.
− Ochig'ini aytganda, endi avvalgi yoshligim ortda qolib, butun boshli bir oilaning boshlig'i bo'lganligim va maydonni qumsayotganligim uchun ham variantlar borasida bir o'ylab ko'rishni istadim. Bor sabab mana shu. Agar bironta yangilik bo'lgudek bo'lsa, birinchilar qatorida eshitishingizga vada beraman.
Suhbatda Ibrohimjon Solixonov hamda Ro'zali Qurbonovlar bo'ldi.

Fikrlar