So’nggi yangiliklar

00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  2 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  2 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1

Eldor Boymatov: “Navbahor”ga qarshi 6 ochkoga teng o'yin bo'ladi” Yangiliklar

Eldor Boymatov: “Navbahor”ga qarshi 6 ochkoga teng o'yin bo'ladi”

Teglar :  Eldor Boymatov
Kecha chempionatimizning 19-turi ham o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu turda “Bunyodkor” Toshkentda G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini qabul qilib qiyinchilik bilan g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng mehmonlar futbolchisi Eldor Boymatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bunyodkor”ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan xatolarimiz tufayli mag'lub bo'ldik. “Qaldirg'ochlar” himoyada juda ham tartibli o'yin ko'rsatdi. 3 ta grand jamoalarga qarshi har bir uchrashuvdan oldin yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Har bir bahsdan so'ng ertasi kuni engil mashg'ulot o'tkazamiz. Jamoadoshlarimning ayrimlari toshkentlik bo'lgani uchun ular poytaxtda biz esa G'uzorda mashg'ulot o'tkazgandik. CHunki, Toshkentdan G'uzorga kelib mashg'ulot o'tkazib, yana Toshkentga qaytib borguncha jamoadoshlarim charchab qolishardi. SHuning uchun ham ular uylarida qolib o'zlari mashg'ulot o'tkazishdi va o'yindan 1 kun oldin birga qo'shilishib mashg'ulotlarda qatnashdik. Keyingi uchrashuvda “Navbahor”ga qarshi bahs olib boramiz. Menimcha “lochinlar”ga qarshi 6 ochkoga teng o'yin bo'ladi”, - deydi “SHo'rtan” klubi futbolchisi Eldor Boymatov.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика