Elbek To'lqinov: “CHempionlik oxirgi turlarga qadar davom etadi deb o'ylayman”
22 jan 2022 16:40
Yangiliklar
Elbek To'lqinov: “CHempionlik oxirgi turlarga qadar davom etadi deb o'ylayman”
Ortda qolgan turda “Xuaxin-Jizzax” 100 foizlik natija qayd etgan holda peshqadam bo'lib oldi. SHu borada jamoa etakchi futbolchisi Elbek To'lqinov fikrlariga quloq tutdik.
“Ortda qolgan 6-turdan juda yaxshi taassurotlar qoldi. CHunki biz o'tkazgan uchta o'yinimizda ham muvaffaqiyatga erishdik va yuz foizlik natija qayd etdik. Bunga osonlikcha erishganimizcha yo'q. Har bir raqibimiz juda yaxshi o'ynadi va qarshiilik qildi.
Misol uchun men “Maksam-CHirchiq”da o'ynagan vaqtimda ham kuchliroq jamoalarga boshqacha kayfiyatda o'yinga tayyorlanardik. Bu esa natijasini berardi. 6-turda AGMK va “Lokomotiv” jamoalarining ochko yo'qotishini kutmagandim. Lekin bu o'yin va unda har narsa bo'lishi mumkin.
CHempionlik uchun kurash so'nggi turlarga qadar davom etadi deb o'ylayman. Jamoaning maqsadi g'oliblikni qo'lga kiritish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun ochko yo'qotmasligimiz juda muhim”, - deya so'zini yakunladi To'lqinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar