"El Klasiko" oldidan "Real" etakchisi safdan chiqdi
23 okt 2024 11:56
Yangiliklar


"El Klasiko" oldidan "Real" etakchisi safdan chiqdi
Madridda musobaqaning o'tgan yilgi finalchilari o'zaro bahs olib borishdi. Unda "Real" birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda 5:2 natijasi bilan g'alaba qozondi. Ana shu bellashuvning 85-daqiqasida madridliklar etakchilaridan biri Rodrigo jarohat olib Tchuameniga almashtirildi.
Real Madrid Antonio Ruediger - 60', Vinicius Junior - 62', Lucas Vazquez - 83', Vinicius Junior - 86', Vinicius Junior - 90' |
Champions League . 3-tur 23/10/2024, 01:00 2
:
5
Tugadi
|
Borussia Dortmund Donyell Malen - 30', Jamie Gittens - 34' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 74642 tomoshabin
Bosh hakam: Istvan Kovacs
"As" nashrining xabar berishicha, braziliyalik bugun tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi, lekin payshanba kuniga qadar MRT qilinmaydi. Rodrigo o'ng oyoq sonining orqa qismini shikastlab olgan. Bunday holda, u LaLiga doirasida shanba kuni bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin.
Futbolchining jarohatini bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham tasdiqladi: "Mushaklar bilan bog'liq jarohat. U uchinchi golimizdan oldin birdaniga tez yugurdi... Afsuski, shunday".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar