So’nggi yangiliklar

19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  2 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1

"El-Klasiko" oldidan jurnalistlar qanday fikrda? Yangiliklar

"El-Klasiko" oldidan jurnalistlar qanday fikrda?

Bugun Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi orziqib kutilgan uchrashuv bo'lib o'tadi.

Azaliy raqiblarning bugungi uchrashuvida dunyo futbol ahli ikkiga ajraladi. Bugungi futbol spektakli millionlar o'yiniga qiziqmaydigan insonlarni ham ekran qarshisiga "mixlaydi". Sizu biz intiqlik ila kutgan dramatik bahs oldidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan sport jurnalistlari o'z fikrlarini bildirishdi.


Davron Fayziev (sharhlovchi)

“El-Klasiko turniga ham o'tkaziladigan vaqtiga ham jamoalarning qaysi pog'onada ketayotganiga ham va qanday tarkib maydonga tushishiga ham qaramaydi. El-Klasiko har qanaqa vaziyatda ham qiziqarli o'tadi. SHuning uchun ham bu klassikoning o'ziga xos tomoni qidirish yoki bo'lmasam qandaydir boshqa malumotlar bilan uni boyitish shart emas. SHundoq ham klassiko qiziqarli o'tadi. Meni fikrimcha intrigani oshiradigan bir necha faktor bor. Masalan “Real” ushbu o'yinga klublar o'rtasida jahon chempioni sifatida keladi. “Barselona” Ispaniya etakchisi sifatida keladi. Ikkalasining ham bir-biriga nisbatan plyus taraflari bor. SHunaqa paytlar ham bo'lganki, bu safar aniq “Barselona” g'alaba qozonadi yoki bo'lmasam “Real” bu safar aniq zafar quchadi degan mavsumlar ham bo'lgan. Lekin bu galgi mavsum unday emas. Bu mavsumda ikki jamoani ham muxlislar bir xilda ko'rishmoqda. Men ham xuddi shunday ko'ryapman. Bu mavsumda favoritni aniqlash juda ham qiyin.

Garet Beylni El-Klasikoda maydonga tushish imkoniyati paydo bo'ldi deb o'ylayman. CHunki Beyl anchadan beri maydonga tushmayapti. “Real” Beylsiz o'ynashga o'rganib bo'ldi. Garet Beylning yo'qligi “Real” uchun hozirgi kunda muammo emas. Lekin El-Klasikoda Beyl orqali o'yinni kuchaytirish Zidanda paydo bo'ldi. Bu “qaymoqranglilar” uchun foydali, deb o'ylayman. Hozirgi sport formasida Garet Beyl asosiy tarkibga tortmasligi mumkin. Zidan o'tgan mavsum rotatciya orqali muvaffaqiyatga erishgan. Lekin bu mavsum mana shu etishmayapti. Zaxiradan maydonga tushayotganlar o'yinni kuchaytira olmayapti. SHu munosabat bilan Beylning maydonga qaytishi, sport formasida bo'lmasa ham zaxirada o'tirishi Zidanga sal bo'lsa ham o'zgarishlar orqali o'yinga tasirini beradi.

Meni fikrimcha bugungi uchrashuvda yirik hisob qayd etilmaydi. CHunki bu birinchi davra. “Barselona” hamma narsani esdan chiqarib hujumga berilib ketmasa kerak. CHunki “kataloniyaliklar” turnir jadvalida shundoq ham etakchilib qilib turibdi. Mehmonda xotirjam o'yin ko'rsatadi. To'p nazoratini berishi ham mumkin. Bu uchrashuvda “Barsa” har safargidek 70 foiz to'pga egalik qilmasa kerak. Bu borada “Real” tengma-teng kurash olib boradi. “Real”ga keladigan bo'lsak, “Qirollik klubi” sal tavakkallik qilishi mumkin. CHunki “Real” oradagi farqni qisqartirishi kerak. O'z uyida o'ynaydi. SHuning uchun ham bu uchrashuvda ko'p gol kutmayapman. Tahminimcha bu o'yinda durang natija qayd etilsa kerak. Bu ikki jamoani ustun tomonlarini ko'rmayapman. Ikkala jamoa ham bir maromda ketayapti. “Real” mavsumni yaxshi boshlamagan bo'lishi mumkin. Lekin muhim o'yinlarda o'ziga kerakli bo'lgan natijalarni qo'lga kiritmoqda. “Barselona” esa barqarorlik ko'rsatmoqda. Futbolda barqarorlik futbolda eng muhim jihatlardan biri. Ushbu o'yinda 1:1 natijasi qayd eitilishi mumkin, deb o'ylayman. Bu meni tahminim. Men tahminlarim ko'pam o'zini oqlamaydi. CHunki tahmin qilishdan oldin tahlil qilaman. Agarda tahlil orqali tahmin qilish futbolda to'g'ri bo'lib chiqqanda bu sportni qizig'i bo'lmasdi. Tahminlar har doim ham o'zini oqlamaydi. Futbol shunisi bilan qiziq.



Farrux Rasulov (sharhlovchi)

Bugungi uchrashuv boshqa El-Klasikolardan farqi yo'q. Bu meni shahsiy fikrim. “Barselona”da biroz o'zgarish bo'lgan. Bu Neymarning PSJga ko'chib o'tishi. Ikkala jamoada ham tarkibda muammolar bor. SHuning uchun ham bu narsa o'yinga tasir o'tkazadi, deb o'ylamayman. CHempionatda “Barselona”ning turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgani “Real”ga yoqmaydi. SHuning uchun ham bugungi uchrashuvda “qaymoqranglilar” qandaydir bosim bilan hujumkor o'yin ko'rsatib o'tkazishi mumkin. Meni nazarimda bu o'yin “Barsa”dan ko'ra ko'proq “Real”ga kerak. CHunki ochkolar farqini barcha ko'rib turibdi.

“Barselona” klubi “Santyago Bernabeu”da o'ynashni biladigan jamoa. Tarixga qaraydigan bo'lsak, Messi so'ngi daqiqada gol urgan o'yinda “Barsa”ning g'alabasi bilan tugagan. O'shanda ko'pchilik “Real” g'alaba qozonsa kerak degan tahminlar yo'q emas edi. Lekin o'sha uchrashuvda “Barselona” g'alaba qozongandi. Tarkib borasida “kataloniyaliklar”da biroz pasayish bor. Ikkala jamoa tarkib borasida teng kuchli deb ayta olmayman. “Real” klublar o'rtasida jahon chempioni bo'lib qaytdi. Ichki muhit alo darajada. Futbolchilarning kayfiyati zo'r. “Real”ning bugungi raqibidan ustunlik tomonlari mana shu.

Garet Beylning maydonga tushish yoki tushmasligi “Real”ning o'yiniga tasir o'tkazadi, deb o'ylamayman. CHunki “Real” Beylsiz ham bir nechta uchrashuvlarni o'tkazdi. “Qirollik klubi”ni Garet Beyl yoki Ronalduga bog'lanib qolgan joyi yo'q. SHuni esdan chiqarmaslik kerak. Bunday yo'qotishlar o'yinga hech qanday tasir o'tkazmaydi. Lekin “Barselona” tomondan olib qaraydigan bo'lsak, Neymarning yo'qligi bugungi o'yinda yaqqol ko'zga tashlanadi. Aniq bilaman ushbu bahsni Neymarning o'zi ham kuzatib boradi va maydonda yo'qligini o'zi ham xis qilsa kerak.

Yuqorida aytib o'tganimdek “Real”da muhit alo darajada. Tarkibga ham bir, ikki nafar futbolchilar qaytishdi. Yo'qotishlar va har xil bosimlardan Zidan endi o'ziga kelmoqda. Yana bir ustun jihati bu erda Ronalduning borligi. O'tgan bir xaftaning ichida “Real”da qandaydir o'zgarishlar bo'lib ketdi. “Real”ning bir kamchiligi bor. Bor etiborini hujumga qaratgan paytda himoyani esdan chiqarib qo'yadi. Bugungi bahs qaysidur manoda chempionlikni xal qilib beradi. Agarda Madrid klubi bugungi o'yinda g'alaba qozona olmasa “Barselona”ni to'xtatib qolish ancha qiyin bo'lib qoladi.

Valverde juda ham qiyin holatda turibdi. Pako Alkaser va yana bir nechta o'yinchilar “Barselona” darajasidagi futbolchilar deb ayta olmayman. Mavsum boshida qilingan transferlar o'z so'zini aytmoqda. Lekin jamoada Suares, Messi va Inesta kabi futbolchilarning borligi “Barselona”ning eng katta yutug'i hisoblanadi. Jamoa futbolchisi Xordi Alba ham yaxshi tomonga ancha o'zgargan. Meni fikrimcha bugun qanotlardan yani Xordi Alba harakat qiladigan qanotdan ko'proq hujumlar uyushtiriladi. “Kataloniyaliklar” ko'proq standart vaziyatlarga etiborini qaratsa kerak, deb o'ylayman. “Real”ning himoyadagi muammolarini “Barselona” murabbiylar shtabi yaxshi bilishadi. Zidan bu mavsum ko'p qoqildi. Valverde Nima sababdan “Real” qoqilganligini yaxshi biladi.




Diyor Imomxo'jaev (sharhlovchi)

Oldindan bir nima aytadigan qobiliyatim yo'q. Ortda qolgan “El-Klasiko”larni bir-biri bilan istalgancha solishtirish mumkin. Biroq kelgusidagilarining hammasi bitta maqomda — o'ta hayajonli. Etiborga molik jihat, mazkur o'yinning yil so'ngida o'tayotgani. SHu bilan “Real” ham, “Barselona” ham yangi yil tanaffusiga chiqadi. Va albatta, klub futbolchilari yangi yilni tushkun kayfiyatda qarshi olishni istamaydi. Yana bir qiziq jihat shundaki, Messi ham, Ronaldu ham 2017 yil davomida 53 tadan gol urdi. Bugun ularning raqobati fonida dahshatli o'yin guvohi bo'lamiz.

“Barselona” mavsumni fantastik ruhda boshladi. Ular kuchli beshlikning mag'lub bo'lmay kelayotgan ikki jamoasidan biri, futbolchilar yaxshi formada. Qolaversa, yil avvaliga ikki Superkubok o'yinida kataloniyaliklar mag'lub bo'lgan. O'tgan davr davomida Ernesto Valverde o'sha mag'lubiyatlarni unutmaganiga ishonaman. SHu vajdan olib qaraganda, “Barsa”ning imkoniyati yuqoriroq.

“Real” esa raqibidan ortda, mag'lubiyatlar kuzatildi va albatta, o'z maydonida to'p suradi. Raqibi bilan oradagi farqni yaqinlashtirish uchun bundan ham yaxshi imkoniyat yo'q. Bu 3 ochkolik o'yin emas. SHu vajdan qaralsa, “Real”ning imkoniyati yuqoriroq. CHunki ancha o'zib ketgan “Barselona” futbolchilari yo'qotish ularga juda katta zarar keltirmasligini deyarli bilib turishibdi. “Real”da esa bunday faraz yo'q, mag'lubiyat ularni 500 foiz qanoatlantirmaydi.

Beylning maydonda bo'lishi yaxshi, albatta. Biroq hozirgi holatda aks tasir ko'rsatishiga ishonmayman. Birinchidan, Beylni o'yinga 100 foiz tayyor deb o'ylamayman. Ikkinchidan, o'tgan davr davomida “Real” futbolchilari Beylsiz o'ynashga deyarli ko'nikib ulgurishdi. To'g'ri, qaytishi jamoani kuchaytiradi. SHu bilan birga, yo'qligi “Real”n kuchsiz qilmaydi.

Oldinda Isko, Benzema, Ronaldu bor. O'rtada esa Kroos, Modrich, Kazemiro. Lukas Vaskes hamda Marko Asensio bilan o'yinni kuchaytirsa bo'ladi.

Bilmadim qanday hisob qayd etiladi. Bunday bellashuvlarda yirik natijalarning kuzatilishi normal holat va bu g'olib klubning mag'lubdan juda kuchli ekanini bildirmaydi. Futbolchilarning maydondagi ruhiy holati va o'yinning borishi shunga sabab bo'lishi mumkin.

Kimning qo'li baland kelishi borasida aytish u yoqda tursin, o'ylashni ham istamayman. Men bunday o'yinlarni kutilmagan sovg'alarga to'la holda va albatta bir xil raqobat fonida ko'rishni istayman.


Alisher Uzoqov (sharhlovchi)

To'g'risini aytsam bugungi uchrashuvga meni qiziqishim unchalik baland emas. Bugungi uchrashuvdan shunchaki qiziqarli, bahs-munozaralarga boy va jangovar o'yin kutayapman. Hozir “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi ziddyat biroz pasayib qolgan. Bundan 5, 6 yil avval, bu ikki klub maydonda haqiqiy jang olib borardi. Xattoki maydonda bir-birini ayamasdi. Ushbu jamoalarni ayni paytda qaysi pog'onada turganining hech qanday ahamiyati yo'q. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin umuman boshqacha. Ushbu ikki klub o'rtasidagi uchrashuv alohida La liga. Bitta La liga bor 38ta tur bo'ladi, yana bir La liga bor 2ta o'yin va 2 tur bo'ladi. Yani bu “Real” va “Barselona” o'rtasidagi uchrashuv. Ronaldu bu yil u darajada kuchli o'yin ko'rsatayotgani yo'q. Messi va Ronaldu bugungi uchrashuvga o'z tasirini o'tkazadi. Messi haqiqiy istedod egasi. Ronaldu shu darajasiga o'z mehnatlari bilan erishgan. Bugun Ronaldu nisbatan ko'proq mehnat qiladi, deb o'ylayman. Ronalduda ham istedod bor, lekin Messiga o'xshagan talant egasi emas. Meni fikrimcha bugun “Real” g'alaba qozonsa kerak.


Orif Tolipov (sharhlovchi)

Menimcha, “Real” va “Barselona”ning har bir uchrashuvi alohida, mustaqil hodisa. Yani, bu ikki jamoa uchrashganda avvalgi o'yinlar statistikasi, hozirga turnir jadvali yoki boshqa faktorlar o'z kuchini yo'qotadi. Qaysi jamoa oldindagi 90 daqiqaga ko'proq tayyor bo'lsa, o'sha g'olib bo'ladi. Beyl kuchli futbolchi, ammo "Real" u tarkibda bo'lmasa ham, murakkab o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'ymayapti. Oldimizda turgan El-Klasiko gollarga boy bo'ladi degan tahminim bor. SHunday ekan, har qanday raqamlar va tarixni chetga surib qo'ygan holda ajoyib o'yin kuzatamiz deb qolaman.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика