So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

"El CHolo" "Leypcig"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi? Yangiliklar

"El CHolo" "Leypcig"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone ECHL chorak finali doirasidagi "Leypcig"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizning CHempionlar Ligasida o'ynaganimizga ancha bo'ldi. "Enfild"dagi g'alaba ajoyib tarzda qo'lga kiritildi, ammo hozir barchasi bo'sh qog'ozdan boshlanmoqda. Bizning amaldagi chempion bo'lmish "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborganimiz "Leypcig"ga qarshi o'yinga umuman tasir qilmaydi.

Men faqat ertangi o'yin haqida o'ylayapman. Qanday qilib ustunlikka ega bo'lish va raqibga maksimal darajada noqulaylik tug'dirish haqida. CHorak finaldan uyog'iga qaramayapman. Faqatgina takrorlashim mumkin - bizda ertaga kechqurun g'alaba qozonishdan boshqa variant yo'q. SHuni miyamizga quygan holda tayyorgarlik ko'ramiz.

Deyarli har qanday savol bo'yicha har kimning o'z fikri bor. Bizni ertaga o'zining nomiga ega yosh murabbiy qo'l ostidagi kuchli jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. "RB Leypcig" haqiqatdan ham juda kuchli, ularning Bundesligada uchinchi o'rinni qo'lga kiritishgani ham bekorga emas. Ular bizdan ko'ra kamroq o'yin o'tkazishdi, ammo statistika ikkala jamoada deyarli bir xil. Ertaga g'alaba qozonish biz uchun muhim deb ayta olmayman. Aksincha, bu yagona mavjud variant", - deydi Simeone.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика