So’nggi yangiliklar

14:06Осиё чемпиони бўлган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Тошкентда йиғин ўтказади  1 13:34Руни: "Умид қиламанки, "Арсенал" ЕЧЛда ғалаба қозонади. Бунинг учун ишонч ва сабр керак"  1 13:05Погба ЖЧ-2026да ўйнамоқчи  0 12:39"Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:18Роналду ва Месси бир вақтда Чемпионлар Лигасидан чиқиб кетди  9 11:50Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубогига жўнаб кетди  0 11:29Саудия Арабистони клуби Винисиус ва Анчелотти учун 800 млн евро ажратиб қўйди  1 10:50Симоне Инзаги: «Нима учун Мхитаряннинг голи инобатга олинмаганини ҳали ҳам тушунмаяпман»  25 10:22«Реал Мадрид» «Ливерпуль» футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  10 09:54Аббосбек Файзуллаев ўзаро ўйинда Ўзбекистон Россияни мағлуб этадими деган саволга жавоб берди  20 09:26Рафинья Мессининг рекордини янгилади  6 08:58Криштиану Роналду «Ал Насср»нинг Элит ОЧЛнинг финалига чиқа олмаганига муносабат билдирди  17 08:30Испания терма жамоаси собиқ мураббийи Қатарни бошқариши мумкин  1 08:04Флик кечаги дуранг ҳақида фикр билдирди  38 07:42КОНКАКАФ чемпионлар лигаси. Месси ва «Интер Майами» юришини ярим финалда тўхтатди  19

Ektor Kuper Turkiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi, Temurxo'ja g'alabani ko'zlamoqda. Matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Ektor Kuper Turkiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi, Temurxo'ja g'alabani ko'zlamoqda. Matbuot anjumani (to'liq)

Ertaga, 2 iyun kuni O'zbekiston milli yterma jamoasi Turkiyaga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugun ana shu bahs oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper va hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqovlar ishtirok etishdi. Quyida vakillarimiz ishtirokidagi matbuot anjumanining to'liq variantini o'qishingiz mumkin.

O'tkir Jalolxonov (Kun.uz): - Yangi chaqirilgan o'yinchilar haqida nima deya olasiz? Ulardan ko'nglingiz to'qmi?

E.Kuper: - Birinchi navbatda biroz kech qolganim uchun uzr so'ramoqchiman. Hozircha yangi o'yinchilarda adaptaciya jarayoni ketmoqda va ular menda yaxshi taassurot qoldirishmoqda. CHunki, biz klubdagiga qaraganda biroz boshqacharoq narsalarni talab qilishimiz mumkin. O'ylaymanki, biz tanlagan yangi o'yinchilar terma jamoaga yaxshi kirishib keta olishadi va kelajakda katta yordam bera olishadi. Lekin, shu narsani qo'shimcha qilishim kerak-ki, yangilardan kimdir tarkibga kira olmasa bundan tushkunlikka tushmasliklari zarur. CHunki, keyinchalik ularda imkoniyat bo'ladi.


Tolibjon Qosimov (championat.asia): - Himoya chizig'ida nisbatan kamroq o'yinchilarni sinamoqdasiz. Buning sababi nima?

E.Kuper: - Turli o'yinchilarni sinab ko'rish yaxshi, ammo bizda 2 oydan so'ng saralash bahslari boshlanadi. Birinchi navbatda o'yinchining holatiga etibor qaratishimiz kerak, hozir hammaga imkon berib vaqt o'tkazish ham noto'g'ri bo'ladi. Bizda hozir ikki nafar yangi nom bor himoyada, bular o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov va chap qanot vakili Akrom Komilov. To'g'ri, yangi markaziy himoyachi chaqirmadik, lekin baribir milliy chempionat o'yinlarini kuzatib bizga yangi futbolchilar kerak yoki yo'qligini tahlil qilib boramiz. Bu sof raqobat. Kim yaxshi bo'lsa biz uni chaqiramiz. Bu chiziqda yangi o'yinchilarning yo'qligi bizda himoyada hech qanday muammolar yo'qligini anglatmaydi. Masalan, yangi kelgan o'yinchi bugun yaxshi o'ynayapti, ertaga esa o'zini ko'rsata olmayapti. Yoki murabbiy sifatida men bugun ishlayapman, ertaga bo'lmasligim ham mumkin. Bu shunday holat. Murabbiy natijaga qarab ishini davom ettirgani kabi futbolchi ham darajasiga qarab terma jamoaga chaqiriladi. Agar u o'z darajasini pasaytirsa o'rniga boshqa o'yinchi chaqiriladi.

Turk jurnalisti: - Turkiya terma jamoasi va ushbu o'yin haqida qanday fikrdasiz?

E.Kuper: - Oxirgi o'yinlardan kelib chiqib shuni aytishim mumkin-ki, Turkiya menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoa ayni paytda juda yaxshi formada. Bilamizki, o'yinda faqatgina natija emas, to'p bilan ko'proq muomala bo'lish, ko'proq hujum uyushtirilishini muxlislar kutishadi. Futbolda hech kim bizga ertaga maydonga tushib g'alaba qozonishimizga kafolat bera olmaydi. Lekin, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz tabiiy. Bizni juda qiyin o'yin kutmoqda. Umuman oson bahs bo'lmaydi, ammo bunisi yanada qiyin o'tadi. O'yindan oldin doimo faqat g'alabaga ishongan holda chiqamiz. Lekin, men ertaga ijobiy natijaga kafolat bera olmayman. Hozir Turkiyani yutamiz desam maxalliy jurnalistlar nima biz Jahon chempioniga qarshi o'ynaymizmi degan hayolga borishi mumkin. G'alaba uchun koncentraciyani yo'qotmasligimiz va tartib bilan o'ynashimiz zarur. Bu bellashuvda g'alaba bizniki bo'lishi uchun bizda hammasi o'xshashi va rejalarimiz to'liq amalga oshishi kerak. Bizda bunga imkon bor.


T.Qosimov (championat.asia): - Terma jamoamizda malum vaqt hujumchilar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan edi. Bugungi kunda esa bu holat o'zgarmoqda. Yani, SHomurodov, Sergeev, o'zingiz ham yaxshi formaga kirib oldingiz. Buyoqda hali Marat Bikmaev va "Nasaf"da stabil tarzda gol ura boshlagan Humoyun Murtazoev bor. Hujumchilar o'rtasidagi raqobatning o'sgani samaradorlikning oshishiga qay darajada tasir ko'rsatadi?

Temurxo'ja Abduxoliqov: - Assalom alaykum! Barcha Ramazon oyi muborak bo'lsin! Turkiyaga ham ajoyib kutib olish, mehmondo'stlik va yaxshi sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni juda ham qiziqarli o'yin kutmoqda. O'zimiz uchun ham Turkiyaga qarshi o'ynash qiziq. O'zimizni qanday holatda ekanligimizni bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Hujumdagi sog'lom raqobat biz uchun ham, terma jamoa uchun ham faqat foyda keltiradi. Bu jihat o'sish va oldinga siljishga ko'maklashadi. SHuning uchun futbolda raqobat eng kerakli narsa deb o'ylayman.


T.Qosimov (championat.asia): - Hujumdagi raqobatning o'sayotgani borasida qanday fikrdasiz?

E.Kuper: - Bizda doimo yaxshi hujumchilar bo'lgan, bizda hujumchi yo'q demagan bo'lardim, xatto oldin ham. Kimdir jarohat olgani yoki yaxshi formada bo'lmagani sabab chaqirilmay qolishi mumkin. Lekin, hech kimga joy kafolatlanmagan. Bizda 3 oy oldin ham, hozir ham yaxshi hujumchilar bor. Bu narsa hammaning o'z qarashiga bog'liq. Kimgadir chapaqay hujumchi yoqadi, yana kimdir o'ng oyoqda o'ynaydigan forvardni xush ko'radi. Faqat men emas, butun dunyodagi murabbiylar futbolchilarni hozirgi holatidan kelib chiqib chaqirishadi. Biz o'zimiz taklif qilgan barcha o'yinchilarga ishonch bildirishimiz kerak. Lekin, men hozirgi hujumchilarimiz 3 oy oldingilardan yaxshiroq demagan bo'lardim. O'sha paytda yaxshi formada bo'lmagan hujumchilar bugun tayyor bo'lishi mumkin. Biz doim pozitiv bo'lishimiz va bor hujumchilar bilan yaxshi natijaga umid qilishimiz kerak.

O'.Jalolxonov (Kun.uz): - Turkiyaning diqqat-etibori Franciyaga qarshi o'yinga qaratilgan. Futbolchilarimiz mezbonlarga biz ham bu erga bekorga kelmaganimizni ko'rsatib qo'yish uchun qanday "nastroy" qilishmoqda?

T.Abduxoliqov: - Balki, ularni o'zini boshqacha vazifalari va muhim o'yini bordir. Lekin, nima bo'lganda ham ertaga bizni qiziq o'yin kutmoqda. Biz milliy terma jamoamiz va butun O'zbekiston nomidan kelganmiz. SHuning uchun ertaga qanday taktika va o'yin uslubiga ega ekanligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Har bir o'zini hurmat qilgan sportchi g'alabaga intiladi. G'alabani mo'ljallayapmiz. Qolgani Allohdan. Nasib qilgani bo'ladi.


Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Alanya, Turkiya

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика