So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Ektor Kuper: "Masharipovda Osiyo Kubogiga borish uchun imkoniyat bor" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Masharipovda Osiyo Kubogiga borish uchun imkoniyat bor"

O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi.

"Doimo g'alaba qozonish yoqimli. SHu bois xursandman. Birinchi navbatda natija uchun emas o'yinimiz ancha yaxshilanganidan xursandman. Eron bilan o'yinni eslasak o'sha bahsdagi xatolarga yo'l qo'ymadik. Himoyaviy jihatdan tartib bilan harakat qildik. Yarim himoyadan hujumga o'tishda ham yaxshi o'ynadik. Hujumda esa hali qiladigan ishlarimiz bor. Futbolchilarga ko'proq gol urish uchun biroz sovuqqonlik etishmadi. Umuman olganda bugungi o'yinda natijadan ham, o'yinchilarning harakatlaridan xursandman", - deydi Ektor Kuper.

- Ikrom Aliboev bugun chap qanotda o'ynadi. U faoliyatida hech qachon qanotda o'ynamagan. Bu futbolchiga maydondan joy topib berish uchun qanotda qo'yildimi?

- To'g'ri aytdingiz. U doimo maydon markazida o'ynagan. Bu futbolchi juda chaqqon va tezkor. SHu bois uni qanotda sinab ko'rishga qaror qildim.

- Jaloliddin Masharipov 6 oyga diskvalifikaciya qilindi. U terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tusha olmaydi. Bu futbolchining Osiyo Kubogiga borish imkoniyatini qanchalik pasaytirib yubordi?

- To'g'ri u terma jamoa safida 6 oy o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Lekin uning klubdagi faoliyatini kuzatib boraman. Uni noyabr oyidagi yig'inga chaqirishim ham mumkin. O'rtoqlik o'yinida maydonga tushmasa ham mashg'ulotlarda qatnashishi mumkin. Masharipov yaxshi saviyadagi futbolchi, shu bois uning Osiyo Kubogiga borish imkoniyati boshqalarniki bilan bir xil.



- Ivan Nagaev zaxiradan maydonga tushdi va jarohati bois almashtirildi. U o'yinga tayyor emasmidi yoki yig'indagi jismoniy mashg'ulotlarni ko'tara olmadimi?

- Nagaevning jarohatini futbolchilarga berilayotgan yuklamalar bilan bog'lamagan bo'lardim. Futbolchilar terma jamoada jismoniy mashg'ulotlarni ko'p ham bajarishmaydi. Ular asosan klubdan tayyor bo'lib kelishadi. Nagaev bilan o'yindan keyin gaplashdik, uning holati yaxshi.

- Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida siz hujumkor o'yin kutmanglar degandingiz. Bugun esa 90 daqiqa davomida hujumkor o'yin namoyish etildi. Bu raqibni chalg'itish uchun aytilganmidi yoki vaziyat shuni taqozo etdimi?

- Aytish mumkinki jamoaning o'yinini hujumkor yoki himoyaviy deb bo'lmayman. Bugun ko'proq to'pni qaytarib olgan joyimiz hujum chizig'ida bo'ldi, shu bois ko'proq hujum qildik. Men o'yinchilarga bugun himoyaviy yoki hujumkor o'yin ko'rsatamiz deb aytmayman. Doim tartibli o'yin tuzishga urinaman. Murabbiy bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarish orqali o'yinimiz shakllanadi.


Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика