So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Ektor Kuper: "O'zbekiston terma jamoasi sardori bo'lish uchun hammada imkoniyat bor" Yangiliklar

Ektor Kuper: "O'zbekiston terma jamoasi sardori bo'lish uchun hammada imkoniyat bor"

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Ektor Kuper ishtirok etdi.

Unga Otabek SHukurov hamrohlik qildi. 

- Ertaga biz ikkinchi o'yinda maydonga tushamiz. Bazi narsalari takrorlashga qaror qilaman. Sinovni davom ettiramiz, ertaga yangi futbolchilarni ko'rasizlar. O'tgan o'yinda maydonga tushmagan futbolchilarga imkon beriladi. Eronning Jahon chempionatidagi o'yinlarini ko'rdik. Juda ham kuchli jamoa. Karlush Keyrush bir necha yildan buyon ushbu jamoada samarali ishlab kelmoqda. Men ertaga jamoani kutayapman. Futbolchilar yaxlit bir jamoa bo'lishlarini istayman. Bu o'rtoqlik o'yinlari orqali ikkita yirik musobaqa bo'lgan Osiyo Kubogi va Jahon chempionatiga tayyor holda etib borishimiz kerak", - deydi Ektor Kuper.
 
- Eron kuchli jamoa, ularni hurmat qilamiz. Lekin o'z muxlislarimiz oldida o'ynaymiz. Suriya bilan bahsda o'yinimiz u qadar chiqmadi. Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz, - deydi Otabek SHukurov.



- Ertaga Eron bilan o'yinda hujumkor o'yin ko'ramizmi? 

- Birinchi o'yinda himoyada qanday o'ynashimizni sinab ko'rgandik. Bu ertaga hujumkor o'yin ko'rsatamiz degani emas. Hamma murabbiyning o'z qarashi bor. Bazilar himoyani sevadi, kimdir hujumni. SHaxsan men birinchi navbatda himoya kuchli bo'lishi kerak. Bu bilan hamma o'yinda himoyada o'ynaymiz degani emas. O'zbekiston FIFA reytingida 95-o'rinda, Eron esa 35-o'rinni egallab turibdi. Buni ham hisobga oling.

Legionerlarimiz jamoaga qo'shilganiga ko'p bo'lmadi va ularni ham o'rganib chiqishim kerak. Eronga qarshi bahsda Suriya bilan uchrashuvga nisbatan o'sish bo'ladi deb umid qilaman.

- Savol Otabek SHukurovga. Suriya bilan o'yinda penaltini talashib qoldingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Penaltini kim tepishidan qatiy nazar, maqsadimiz jamoaga foyda keltirish edi. O'zbekiston terma jamoasi bir oila va futbolchilar bir-birini hurmat qilishadi (Otabek SHukurov).

- Men penalti masalasiga oydinlik kiritmoqchiman (Ektor Kuper). Penaltini kim ijro etishini men hal qilaman. Marat Bikmaevmi yoki Otabek SHukurov, ular mening ko'rsatmamga amal qilishlari shart. 11 metrlik jarima belgilansa Bikmaevga uni ijro etishni aytgan edim. Biroq boshqalar buni bilishmasdi. Bu vaziyat tushunmovchilik emas.


- Misr terma jamoasida ishlagan paytingiz, jamoada Muhammad Saloh etakchi edi. O'zbekistondachi, shunday etakchi bormi?

- Jamoada bir xil ismli futbolchilar bor. Boshida biroz qiynaldim, hozir ularni poziciyalariga ko'ra ajrata olaman. O'zbekistonga kelishimdan oldin ularni familiyasi bo'yicha yodlagan edim. Masalan, Ismoilov, Krimec. Lekin... bu erda futbolchilarni ismi bilan chaqirishar ekan.

Jamoa sardori haqida to'xtaladigan bo'lsak, sardor bo'lish uchun hammada imkoniyat bor. Biror futbolchiga bog'ichni topshirsam, unda bunday niyat bo'lmasachi? SHu sabab bu jarayon tabiiy bo'lishi kerak.

Muxlislardan sabr qilishni so'ragan bo'lardim. Vaqt o'tishi bilan hammasi o'rniga tushadi. Ishqibozlar jamoa jahon chempionatida qatnashishini istaydi. "Despasito" qo'shig'ida aytilgani kabi - hammasi asta-sekinlik bilan amalga oshadi.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика