So’nggi yangiliklar

12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  0 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   10 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  2 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  1 08:28Туркия Суперкубоги. «Бешиктош» ва «Галатасарой» ортасидаги учрашувда дахшатли натижа қайд этилди  1 08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  10 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  29 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  1

"O'zbekiston terma jamoasining asl qiyofasini malum vaqt o'tgach ko'ramiz" - Ektor Kuper Yangiliklar

"O'zbekiston terma jamoasining asl qiyofasini malum vaqt o'tgach ko'ramiz" - Ektor Kuper

O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bazi savollarga javob berdi.

Matbuot anjumanida unga terma jamoa sardori Odil Ahmedov hamrohlik qildi. 

(to'liq tahrirlandi)

- "Barchaga salom. 22 avgustdan buyon yig'in o'tkazayapmiz. Avval ham aytib o'tganimdek, birinchi navbatda futbolchilar bilan tanishuv jarayonini olib bordim. Ularni nafaqat futbolchi sifatida, balki shaxsan qanday inson ekanligi bilan ham qiziqdim. Ayni paytda yig'indagi barcha futbolchilar bilan shaxsan tanishib oldim. Murabbiylar shtabi bilan terma jamoaning avvalgi o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib chiqqandik. Yig'inda esa futbolchilarning hozirgi va avvalgi holatlarini solishtirib chiqdik. O'tgan 10-12 kun davomida mashg'ulotlarda futbolchilarni optimal holatga keltirishga harakat qildik. Terma jamoaning taktikasi va o'yin uslubiga bazi bir o'zgartirishlar kiritishga majbur bo'ldik. Ayrim kichik o'zgartirishlar amalga oshirildi. Ammo bu jarayon hali davom etadi. O'zbekiston terma jamoasi asta-sekinlik bilan o'yin uslubi va taktikasi o'zgarib boradi. Terma jamoa ixtiyoriga jalb qilingan barcha futbolchilar hali ixtiyorimizga etib kelishgani yo'q. Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov kecha mashg'ulotga qo'shilishdi. Denisov yakka tartibda shug'ullandi. Janubiy Koreya 1 divizionida o'ynayotgan ikki futbolchi (Sanjar Tursunov va SHohruh Gadoev - tahririyat) esa 7 sentyabr kuni terma jamoa lageriga kelib qo'shiladi.  Yig'inga qo'shilgan va qo'shiladigan legionerlar hali bizning uslubimizga tushunib, kirishib ketishgani yo'q. Buning uchun albatta vaqt kerak. Hozirgi qo'l ostimizdagi terma jamoa haqida aniq bir narsa deyish uchun ertangi va 11 sentyabr kuni bo'ladigan Eronga qarshi o'yinlarni ko'rib olamiz. Aynan mazkur uchrashuvlardan keyin terma jamoamizning hozirgi holati haqida xulosaga kelamiz. Yig'inga jalb etilgan futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsam, terma jamoa tarkibi doimo o'zgarib turadi. Yani, bu tarkibda hali o'zgarishlar davom etadi. Men futbolchilarning milliy chempionatdagi o'yinlari, jismoniy holatlarini inobatga olgan holda tahlil qilib boraman. SHuningdek, legionerlar borasida ham shunday. Terma jamoadan taklif olmagan o'yinchilar kelajakda safimizga qo'shilishlari mumkin yoki aksincha. Biz terma jamoaga nomzod futbolchilarni izlash va o'rganish jarayonini faol davom ettiramiz", - deydi Kuper.

"Avvalambor barchaga Assalomu alaykum. Yurtdoshlarimizni o'tgan bayram bilan tabriklayman. Ektor Kuper boshchiligida kechadan boshlab mashg'ulotga kirishdim. O'ylaymanki, kelajakda Ektor Kuper bilan oldimizga qo'yilgan maqsad va vazifalarni uddalaymiz. Buning uchun bor harakatni amalga oshiramiz. Ektor Kuperga futbolchilar, muxlislar va umuman futbolga aloqador barcha yordam bersa, maqsadimizga erishish osonlashadi, - deydi Odil Ahmedov.



- Janob Kuper, avval ishlagan jamoalaringizda asosan himoyaga etibor qaratgan holda o'yin qurishingizni ko'rganmiz. O'zbek charm to'p ustalari asosan to'p bilan o'ynashni xush ko'radigan va texnik taraflama yaxshiroq harakat qiladigan futbolchilar. O'tgan JCH saralash bosqichida ham terma jamoamiz to'psiz, qarshi hujum taktikasida o'ynagani yakunda pand bergan. Futbolchilar ham to'psiz o'ynashganidan etiroz bildirishgan. Siz terma jamoamizni qaysi taktika, qanday falsafa asosida o'ynatasiz? (SHahboz Beg'amov)
-  Men har bir murabbiyning o'yin uslubi va taktikasini hurmat qilaman. Men malum murabbiy faqat himoyaviy yoki hujumkor o'ynaydi, deb o'ylamayman. Ko'pincha bu narsa maydondagi holatdan kelib chiqib tanlanadi. Futbolchilar bilan tanishuv jarayonida shunga amin bo'ldimki, rostan ham o'zbek futbolchilari texnik taraflama va to'p bilan muomula qilishda yaxshi darajaga ega. Lekin shuni aytishim kerakki, ertangi o'yinda yoki Eron bilan bo'ladigan bahsda terma jamoadan mo'jiza kutmanglar. O'tgan qisqa davr mobaynida terma jamoada bazi o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Katta, global o'zgarishlar bo'lmaydi. Biz himoyadan o'ynaymizmi yoki hujum qilamizmi, bu vaziyatdan kelib chiqqan holda bo'ladi. Men faqat hujumkor yoki himoyadan o'ynaymiz, deb ayta olmayman. Masalan bir oydan keyingina terma jamoamizning asl qiyofasini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Masalan ertaga Suriyani chiroyli o'yin ko'rsatib mag'lub etsak, ko'p gollar urib yuborsak, Kuper kelib terma jamoa kuchayib ketdi, degan fikr yuzaga kelishi mumkin. Yo'q, yo'q, xulosaga shoshilmaslik kerak. Suriya va Eronga qarshi o'yinlar terma jamoa uslubi yoki qiyofasi bo'yicha yakuniy xulosa bermaydi.  

- Oldingi yillarda terma jamoamiz o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynagan tarkib rasmiy o'yinlarda deyarli o'zgarib ketardi. O'zingiz ham aytayapsiz,legionerlar kelishi kech qolyapti deb. Osiyo Kubogi esa FIFA kuniga to'g'ri kelmaydi. BAAga optimal tarkibga borishimiz kerak. SHularni inobatga olgan holda qanday rejalar qilyapsiz? (Baxtiyor SHirinov)
- Men doimo futbolchi tanlashda ularning jismoniy holati va o'sha paytdagi formasidan kelib chiqaman. Albatta, ularning chempionatdagi ko'rsatayotgan o'yini va o'sha jamoadagi holati muhim ahamiyatga ega. Gapizda jon bor. Lekin o'rtoqlik uchrashuvlari nima uchun kerak? Avvalo yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun muhim. O'rtoqlik o'yinlarida natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. Osiyo kubogi yoki JCH saralash uchrashuvlarida natija muhim o'rin tutadi. SHu boisdan ham rasmiy bahslarda asosan jamoaning etakchilariga ishonch bildiriladi. Natija kerakmi, demak muhim uchrashuvlarda asosan asosiy tarkibdagi 4-5 nafar futbolchilar maydonga tushadi. SHu boisdan ham bazan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmagan futbolchilar rasmiy o'yinlarda harakat qilishadi. Bu butun jahon amaliyotida mavjud tajriba. SHuningdek oddiy misol, Odil Ahmedov terma jamoadagi eng kuchli futbolchilari biri sanaladi. Lekin vaqt kelib aynan Ahmedovning holati pasayib qolishi mumkin. O'sha paytda undanda yaxshiroq holatda bo'lgan boshqa futbolchi maydonga chiqishi mumkin. Gap tajriba yoki yoshda emas, o'sha payt tayyor bo'lgan futbolchi maydonga tushadi. Lekin oxirgi ish tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, o'z chempionatida jamoasi safida asosiy tarkibga tushmagan o'yinchilarni ham terma jamoaga chaqirgan paytlarim bo'lgan. SHu boisdan ham hozir tarkibni butunlay yangilab tashlayman yoki aksincha, shu futbolchilar bilan o'ynaymiz, deb ayta olmayman. Hammasi holatdan kelib chiqib malum bo'ladi. SHuningdek, qaysidir jamoadan ko'proq, kimdandir kamroq futbolchi jalb etish atayin bo'lmaydi. Masalan "Lokomotiv" va "Paxtakor"dan ko'proq futbolchi jalb etilgan. CHunki ularning hozirgi holati meni qoniqtirmoqda. Xulosa o'rnida aytishingiz mumkinki, men futbolchi tanlashda avvalo uning jismoniy holati va o'sha paytdagi sport formasiga etibor qilaman.  

- Siz futbolimizda yangi odamsiz. Agar iloji bo'lsa ochiq ayta olasizmi, O'FA rahbariyati yoki xodimlar sizning yuqori talablaringizga mos ishlayaptimi? Muammo va kamchiliklar yuzaga kelmadimi? (Dmitriy Popov)

- Hozircha hech qanday kamchiliklar yo'q, yoki qiyinchiliklar bor deb ayta olmayman. To'g'ri, har doim kamchiliklarni to'g'rilasa, sharoitlarni yaxshilasa bo'ladi. Men bahona qiladigan murabbiy emasman, shunchaki o'z ishimni qilaman. Men doimo bor imkoniyatdan kelib chiqqan holatda ishlayman. Hozirgi holatdan qoniqqan holda yanada yaxshi bo'lishiga umid qilaman. SHaroitlarni, ishlash tizimini doimo yaxshilab borish lozim. Bu borada hech qanday limit yo'q. Masalan malum darajaga chiqqandan so'ng to'xtab, bo'ldi, shu etarli deb bo'lmaydi. Har doim yanada yaxshi bo'lishga va oldinga siljish uchun harakatlanmoq lozim. Futbolchilardan birinchi navbatda terma jamoani sevishni talab qilaman, o'z vatani jamoasida o'ynayaptimi, demak oxirigacha kurashishi lozim. Bir narsa menga iliq taassurot qoldirdi, yani futbolchilarning menga bo'lgan munosabati. Hozircha ular menga kamtardek ko'rinmoqda. Ammo yakuniy xulosa qilishga shoshilmayman, chunki yangi murabbiy qo'l ostida balki ular o'zlarini yanada yaxshi ko'rsatish uchun shunday harakat qilayotgan bo'lishlari mumkin. Futbolchilarning kamtarligi yaxshi, ammo ular borasida yakuniy xulosaga kelishga shoshilmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Yaqinda Indoneziyada Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'yinlarini ko'rdingizmi? Ushbu jamoadan qaysidir futbolchilarni o'zingiz uchun belgilab oldingizmi? (Zuhriddin Qilichev)
-  Yaqinda Despasito degan qo'shiq kuylashdi. Bu sekin-sekin degani. Biz ham shu yo'nalishda sekin-sekin harakatlanamiz.  Ushbu terma jamoa barchaning tilida, ular kelgusida terma jamoaga chaqirilishi mumkin. Hozir faqat milliy terma jamoa haqida gapirishni istardim. Indoneziyadagi musobaqada ishtirok etgan jamoada MTJni kuchaytira oladigan futbolchilar bor. Kelajakda balki ushbu jamoadan ham futbolchilar MTJga jalb etilishi mumkin.

- Siz va jurnalistlar bir maqsad yo'lida birlashishimiz kerak. Ammo dilni xira qiladigan holatlar ham uchrab turibdi. Masalan 22 avgustdan boshlangan mashg'ulotlarning aksariyati yopiq holda o'tdi. Yani, dastlabki 15 daqiqa ochiq va keyin jurnalistlar mashg'ulotdan chiqarib yuborildi. Agarda sizning qaroringiz bo'lsa, unda to'g'ri tushunamiz va hurmat qilamiz. CHunki har bir murabbiyning o'z uslubi va qarashi bo'ladi.SHunchaki bu sizning qaroringizmi yoki O'FAnimi? (Xayrulla Xoliqov)
- To'g'risi, shu kunga qadar qanday mashg'ulot jarayoni jurnalistlar uchun qanday bo'lganini bilmayman. Butun dunyoda odatda dastlabki 15 daqiqa OAV uchun ochiq bo'ladi va undan keyin jurnalistlar chiqib ketishadi. Lekin sizning odatlaringiz qanday bo'lishini bilmayman. Barcha joyda o'z ananalari yoki ishlash uslubi bo'ladi. Ammo bu masalani o'tirib yana muhokama qilamiz. Sizlardagi odat va talabni ham inobatga olgan holda bir qarorga kelamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +105   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика