Ektor Kuper 6 avgust kuni tongda yurtimizga etib keladi. Tushdan so'ng matbuot anjumani o'tkaziladi
04 avg 2018 14:53
Yangiliklar
Ektor Kuper 6 avgust kuni tongda yurtimizga etib keladi. Tushdan so'ng matbuot anjumani o'tkaziladi
Avvalroq, O'zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarib borishini xabar qilgan edik.
Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi 6 avgust kuni tonggi soat 06:10da yurtimizga etib keladi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.
SHu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo'mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o'z rejalari bilan o'rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi.
Matbuot anjumanida barcha turdagi ommviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.
Fikrlar