Ekspert minbari: Yaponiyani mag'lub etgan Vadim Abramov ertangi o'yindan oldin fikr bildirdi
16 jan 2019 17:46
Yangiliklar


Ekspert minbari: Yaponiyani mag'lub etgan Vadim Abramov ertangi o'yindan oldin fikr bildirdi
Osiyo Kubogining 3-tur doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan "Championat.asia" sayti etakchi mutaxassislarimizdan terma jamoamizning o'yini va ishtiroki haqida ekspert fikrini taqdim etadi.
Terma jamoamizning sobiq ustozi va ayni paytda "Bunyodkor" bosh murabbiyi vazifasida ishlayotgan Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi faqat bir marta Yaponiyani mag'lub etgan. O'shanda jamoamizda aynan Abramov bosh murabbiy edi.
"Hozir terma jamoada ko'p narsa o'zgarib ketgan. SHu bois bir narsa deyish qiyin. Biroq Yaponiyani mag'lub etish kerak. Bizga xatto durang ham etarli. Menimcha terma jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Yaponiya ustidan qanday g'alaba qozonish kerakligini yaxshiroq biladi", - deydi Vadim Abramov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati yordamida tayyorlandi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar