So’nggi yangiliklar

03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  4 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  241 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  5 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   4 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  6 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  6 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  15 23:35Виталий Левченко: "Қарши ҳужумда ўтказиб юборилган голлар мағлубиятга сабаб бўлди"  13 23:33Учта голи бекор қилинган Лукаку Евро-2024да ўз ҳисобига гол ёза олмади  3 22:50Евро-2024. Франция чорак финалда!  26 22:42"Кальяри" Шомуродов билан хайрлашди  11 22:38Суперлигада биринчи давра якунига етди  10 22:25"Бавария" ПСЖ футболчиси билан келишиб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" - "Пахтакор" 0:2, Пенальти бормиди?  13

Eksklyuziv. Siz kutgan intervyu: "O'FF rahbariyati tomonidan menga nisbatan ishonch yo'qolsa, bu erda bir daqiqa ham o'tirmayman" Yangiliklar

Eksklyuziv. Siz kutgan intervyu: "O'FF rahbariyati tomonidan menga nisbatan ishonch yo'qolsa, bu erda bir daqiqa ham o'tirmayman"

"Championat.asia" sayti xodimi SHahboz Beg'amov PFL rahbari Farhod Magometovdan nihoyat bazi savollarga javob olishga muvaffaq bo'ldi.

Bilasiz, PFL rahbari Farhod Magometov matbuotda juda kam chiqish qiladi.

Yani Farxod Abdualievich bilan intervyu uyushtirish ancha qiyin ish.

Bundan avval ham Farhod Magometov bilan intervyu qilish maqsadida bir qancha murojaatlar qilgandik. Ammo har safar ham rad javobini olardik. Yaqinda Magometov bilan intervyu uyushtirish maqsadida yana O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaevga murojaat qilganimizda, nihoyat ushbu masalani echimini topishga muvaffaq bo'ldik. Faqat suhbat jonli tarzda emas, elektron shaklda bo'ldi. Yani biz o'zimizni qiziqtirgan savollarni PFL rahbari Farhod Magometovga yubordik va bazi savollarga javob keldi.

Yo'qdan ko'ra, deganlaridek, boriga baraka.

Intervyuni tashkil etishda yordam bergan O'FF matbuot xizmatiga alohida rahmat aytaman.


- Farhod  Abdualievich, birinchi savolim tabiiyki intervyu bo'yicha. Siz negadir matbuotga chiqish qilishga, intervyu berishga rozi bo'lmaysiz. Nega jurnalistlarning  murojaatlariga labbay deb javob berishingiz qiyin?

- Aslo unday emas. Intervyu berishdan qochmayman. Tashkilot rahbari sifatida juda ko'p jurnalistlar bilan muloqot qilganman. Bemalol kelishlari va men bilan istalgan mavzuda suhbat qurishlari mumkin. Hamkasblardan so'rashingiz mumkin. Matbuotni ham kuzatib boraman. Balki so'nggi vaqtlarda biroz matbuotdan uzoqlashgandirman. Ochig'i, so'nggi vaqtlarda matbuotda PFL haqida juda ko'p asossiz tanqidlar va negativ munosabatni ko'rmoqdaman. Bu esa, rahbar sifatida menga maqul emas. Tanqid qilishdan oldin, uning asosli ekaniga to'liq ishonch hosil qilib, reglament va tartib-qoidalar haqida xabardor bo'lishsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Umuman, biror mavzuni yozishdan oldin bizga murojaat qilishlari va uning haqiqatga yaqin yoki yiroqligini tekshirishlari mumkin. Afsuski, so'nggi paytlarda, negativ ko'paydi. Bir yoqlama fikrlarni ko'p ko'ryapman. Tanqidga qarshi emasman. Faqat u asosli va konstruktiv bo'lsagina.

- Juda ko'p tanqidlardan keyin biror marta istefoga chiqish haqida o'ylab ko'rganmisiz?

- Tanqid bor joyda o'sish bo'ladi. Tanqid bo'lmasa, bir joyda to'xtab qolish mumkin. Men aytganimdek, tanqidlarga aslo qarshi emasman. Agarda, u asosli va olg'a intilishga turkti bo'lsa. Ammo, o'z fikrimda qolaman: So'nggi vaqtlarda PFL tomon aytilayotgan tanqidiy fikrlarning ko'pi asossiz va bir yoqlama. Istefo? Tashkilotga azo klublar va Federaciya rahbariyati tomonidan menga nisbatan ishonch yo'qolsa, agar ular menga kelib menga nisbatan ishonch yo'qligini bildirishsa, tashkilot xodimlari tomonidan ham shunday ishonch yo'qligini aytishsa, bu erda bir daqiqa ham o'tirmayman. Meni bu erda ushlab turgan asosiy sabab –menga tashkilot azolari, xodimlar, klublar va federaciya rahbariyati tomonidan bo'layotgan ishonch.

- PFL faoliyatini juda ko'pchilik tanqid qiladi. Aytingchi, balki tashkilot ichida biz bilmagan boshqa muammo yoki to'siqlar bormi?

- Tashkilot sifatida so'nggi 8 yillik faoliyatga etibor bersak, o'sishlar bor. Biz endi tashkil etilgan yilda, OFK komissiyasi tashrif buyurgan va tashkilot faoliyatagi juda ko'p kamchiliklarni ko'rsatgan edi. Yildan-yilga, kamchiliklarni bartaraf etib bordik, tashkilot faoliyatida o'sishlarga erishdik. Football Pro Manager loyihasini ishga tushirdik. Ushbu loyiha klublar bilan hamkorlik qilayotgani va ularga eng kerakli statistik malumotlarni berib borayotganini bilsangiz kerak. On-layn translyaciyalar qilishni boshladik.FIFAning musobaqalarni tashkil qilish bo'yicha yangi tizimi borasida seminar o'tkazdik. Mutaxassislar kelib bizning mutaxassislar bilan tajriba almashmoqdalar. Ularning tajribalarini biz amalda tadbiq etishga harakat qilamiz. Turli xil seminarlar, kurslash tashkil qilayapmiz. Kelasi mavsumdan FIFAConnect tizimini ishga tushirishni reja qilganmiz. Yana bir nechta loyihalar bo'yicha shartnomalar imzolaganmiz. Marketing sohasida ham o'sishga erishdik.Umuman, PFL o'sishga harakat qilmoqda va bu borada tashkilotning har biz azosi tinim bilmayapti. SHunday ekan, PFL tashkilot sifatida o'smayapti, islohot kerak deyishga shoshilmang. Muammolardan biri esa – Birinchi liga. Balki mazkur musobaqa ishtirokchilari sonini qisqartirib, sifatga etibor berarmiz. Bu borada mutaxassislar bilan maslaxatlashib, albatta liga nufuzini va sifatini oshirishga harakat qilamiz. Oliy Liga klublariga talablar kuchaydi. Yildan yilga talablar ortib borayapti. Ular ham o'z navbatida imkon qadar talablarni bajarishga, professional klub maqomiga mos ravishda olg'a intilishyapti. Klublardagi sharoit uchun ham PFL tanqid qilinadi. Ammo, klublarni ko'p tanqid qilishmaydi. Biz reglament bo'yicha talab qilamiz. Taklif beramiz. Talablar bajarilmasa, ularni jazolaymiz. Yana nima qilish kerak? Biz Evropaning ilg'or davlatlari kabi infratuzilmaga ega emasmiz. Ammo, shunday bo'lsa ham, klublarimizning, barcha yoshdagi terma jamoalarimizning natijalari yomon emas. PFL joyida to'xtab turgani yo'q.

- Nega chempionat taqvimi tuzilayotganda jamoalarimizni xalqaro maydondagi holati inobatga olinmaydi. Masalan, o'tgan yili “Lokomotiv”ning kubokdagi o'yinlari OCHL paytida to'g'ri keldi. PFLni baxtiga “Loko” o'shanda chorak finalda yurishini to'xtatgandi. Yoki joriy mavsumda “Bunyodkor” hamda “Nasaf”ning o'zaro o'yini OCHL uchrashuvi kuni belgilangandi. SHu boisdan ham ushbu o'yin qoldirildi. Nahotki PFL o'z klublarini xalqaro maydondagi yurishi uzoqqa cho'zilishiga ko'zi etmasa?

- Barchasi inobatga olinadi. Noto'g'ri savol. PFL o'z klublariga albatta ishonadi. Xatto finalga etib borishlari mumkinligacha ishonamiz. Taqvim ham shunga qarab tuziladi. Bizda mavsum qachon tugaydi? OCHL finali bilan deyarli bir xil paytda. Agar, klublarimizning chempionat yoki kubokdagi o'yinlari sanasi, OCHL pley-off o'yinlari sanasi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa, xuddi shu oydagi zaxira kuniga ko'chiriladi. Bizda har oy, zaxira kunlari bor. Aynan zaxira kunlariga uchrashuv belgilay olmaymiz. CHunki, bu zaxira kunlariga boshqa uchrashuvlarni ham qo'yish mumkin. Bunday amaliyot barcha joyda bor. Biz taqvimni fevral oyidayoq tasdiqlaymiz. Hozirda turnirlar ko'p va taqvim juda tig'iz. Biz xatto, terma jamoa uchrashuvlari uchun ham juda ko'p bora o'yinlarni boshqa muddatga qoldirishga harakat qilamiz. Terma jamoa manfaati birinchi o'rinda. Terma jamoa va ularga o'yinchilarni etkazayotgan klublarning uchrashuvlarni boshqa muddatga qoldirishlarini so'rab qilayotgan murojaatlarini ham inobatga olayapmiz. Taqvimdagi o'zgarishlar, o'yinlarning boshqa muddatlarga ko'chirilishi holatlarining asosiy sabablari shu. SHunchaki, o'zimiz, istalgan vaqtga istalgan o'yinni surmaymiz. Bundan hech qanday manfaat yo'q. O'yinlar nega suriladi, nega vaqtida o'tkazilmaydi, deya tanqid qilishdan oldin, nega surilayotganini sababini bilishsa, bunday savollarga o'rin qolmasdi. Siz avval aniqlik kiriting. PFL o'yinlari muddati surilishi terma jamoa va klublarimizning xalqaro maydonlaridagi o'yinlari sabab yuzaga kelsa, PFL qanday yo'l tutgani lozim? Terma jamoa yoki ularga o'yinchi etkazib berayotgan klublarning iltimosiga rad javobini beraylikmi? PFL uchrashuvlari belgilangan sanalarda bo'lib o'tishi uchun barcha birdek manfaatdor bo'lishi va bu borada PFL bilan hamkorlik qilishi kerak. Ammo, takidlaganimdek, biz ko'p hollarda terma jamoa manfaati uchun shunday yo'l tutishga qaror qilamiz. Mana, Rossiya chempionatini misol qilaylik. CHunki, ularda ham shunday muammo. Terma jamoa JCHga tayyorgarlik rejasi tasdiqlanmagan. Klublarning xalqaro maydonlardagi uchrashuvlari bor. Aynan shu omillar hisobga olingan holda, taqvim tuzilgan. SHunday ekan, taqvim borasida tanqidlarning barchasi o'rinli emas. Taqvim tuzish siz o'ylagandek oson ish emas. Uni o'zgartirish ham. SHuningdek, o'yin vaqtlarining ham o'zgarishi, bazi o'yinlarning boshlanish vaqtlari ish paytlariga to'g'ri kelishi, ertaroq boshlanishi holatlari ham uchraydi. Ammo, bu ham ko'pincha bizga bog'liq emas. Masalan, turli xil fors major holatlari, ob-havo sharoiti, uchrashuv o'tkazilishi kerak bo'lgan shaharda turli tadbirlarning o'tkazilishi kabi holatlar bo'lib turadi. Masalan, Bekobodda davlat miqyosidagi tadbir o'tkazilishi tufayli, Bekoboddagi o'yin Toshkent shahriga ko'chirildi. Bunga ham PFL sababchimi? Har yili u yoki bu shaharda davlat miqyosidagi tadbirlar o'tkaziladi. Ana shunday holatlarda ham Oliy Liga taqvimiga o'zgartirish kiritamiz. Matbuot tomonidan ko'pincha tanqid qilinadigan bazi masalalarga oydinlik kiritdik. Eng ko'p tanqid qilinadigan holatlarning sababini aytdim. Buni sizlar bilishingiz kerak


- Har yili mavsum oldidan bo'ladigan yig'ilishda vada qilingan ishlar amalga oshmaydi. Klublar stadionlarida hali ham media-tribunalar kerakli sharoitlar bilan to'ldirilmagan. PFL klublar bilan ishlashda yanada jiddiyroq yondoshsa bo'lmaydimi?

- Klublarga media-tribunalarni zamonaviy talablarga mos tarzda to'g'irlash, ularni jihozlash borasida kerakli talablar qo'yilgan. Etibor bering, biz ularga talab qo'yganmiz, shunchaki maslaxat yoki ko'rsatma bermaganmiz. Talablar bajarilmasa, ularga nisbatar chora ko'ramiz va ushbu mavsuvmda bir nechta klublarga xatto chora ham ko'rdik. Klublar uchun media-tribunada kerakli jihozlar etmasa, talabga javob bermasa biz borib ularga sotib olib bermaymiz. Media tribunalarni biz qilib bermaymiz. Ularning o'z rahbarlari va homiylari bor. Agar ularda bunga qiziqish bo'lmasa, biz ularga yanada qattiqroq chora ko'rishimiz mumkin. Sizlar bu borada faqat PFLni emas, o'sha klub rahbarlarini ham tanqid qiling, reglament talablarini bajarmayotgani, matbuot xodimlariga nega sharoit yaratib bermayotganini tanqid qiling. Nega ularni tanqid qilmaysiz? Umuman olganda, ushbu tanqid o'rinli. Bazi bir klublarda media tribunalar ko'ngildagidek emas, buni bilaman. Buni har mavsum yakuniga bag'ishlangan yig'ilishlarda klub rahbariyatiga aytib kelaman. Ammo, takidlayman, bundan ko'proq klublar manfaatdor bo'lishi kerak. Bunga balki, klublarga professional kadrlarning etishmasligi sababdir. Klublarda ishlayotgan xodimlar avvalo professional bo'lishlari kerak. Bu ham, kamchiliklardan biri. Buni bartaraf etish va klublardagi xodimlarning malakasini oshirish uchun turli kurslar va seminarlar tashkil etilmoqda. O'ylaymanki, bu kamchiliklar albatta bartaraf etiladi.

- O'tgan yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvini soat 14:00da belgilanishi qaysi mantiqqa to'g'ri keladi? Ish kuni, ish vaqtida futbol o'yini faqat bizda, yana ham final uchrashuvi...

- Bunga ham bir nechta obektiv sabablar bor. Masalan, uchrashuv o'tkazilayotgan stadiondagi sharoit va texnik taminot. Keyin, uchrashuvdan so'ng klublar uylariga qaytishlarida muammoga duch kelmasliklarini ham inobatga oldik. Boisi, kechasi katta qatnovli yo'llarda avtobuslar harakati taqiqlangan. Uchrashuv noyabr oyida o'tkazilgan edi. Ob-havo sharoiti ham noqulayroq, stadiondagi sharoit ham unchalik kechki vaqtga to'g'ri kelmas edi. Esingizda bo'lsa, o'sha uchrashuv sanasini ham terma jamoaga jalb etilgan futbolchilarning o'z vaqtida klub safiga etib kela olmasliklari tufayli surishga qaror qilgan edik. Xullas, kunduzgi vaqtda o'yin o'tkazilishining hech qanday yomon tarafi yo'q. Jahonda uchrab turadi. Stadionga final kuni 8 mingdan oshiq muxlis tushgan. Stadion deyarli to'lgan edi. SHunday ekan, ushbu qarorning mantiqsizlik deyishga hech qanday asos yo'q. Jahon amaliyotida bo'lib turadigan holat. Italiya A seriyasida o'tgan mavsumda Milan va Inter uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 13:00da boshlangan edi. Mantiqsizlikmi? Albatta uning ham sababi bor. Translyaciya huquqini sotib olgan tashkilotning talabi. Bizda ham o'yinlarning boshlanish vaqti mahalliy IIB bilan kelishgan holda belgilanadi. Final uchrashuvining vaqti borasida qaror qabul qilishdan oldin, aynan mana shu omillar hisobga olingan. Biz uchun asosiysi muxlislar uchun qulaylik. Muxlislar final kuni stadionni deyarli to'ldirishgan, shunday ekan mantiq haqidagi savol noo'rin.

- PFL rahbari sifatida Oliy liga o'yinlarida PFL vakili sifatida ishlashingiz qanchalik to'g'ri?

- Oliy Liga o'yinlarida PFL vakili sifatida ishlashimni noto'g'ri joyi yo'q. Men uchrashuvlarga tashrif buyuraman va vaziyatni o'z ko'zim bilan ko'raman. Joyimda o'tirmayman. Stadionlardagi ahvol va sharoitni PFL vakillari berayotgan raportlardan emas, o'zim ham ko'rishni istayman. Rahbar faqat kabinetda o'tirishi kerakmi? Albatta yo'q. Men kamchiliklarni stadiondan turib kuzatishni istayman.

- CHempionatimizda haqiqiy professional klublar kam. Ko'plab jamoalarimiz mavsum o'rtasiga kelib qarzdorlik, moliyaviy jihatdan muammolar girdobida qolishadi. CHempionatimizni kuchaytirish va birinchi ligani ham jonlantirish maqsadida Oliy liga formatini o'zgartirish haqida bosh qotirib ko'rish payti keldi, chamamda. 16ta jamoa Oliy liga uchun ko'plik qilmoqda. 14ta jamoa ham hozirda bizga sifatni berolmaydi. Jamoalar sonini qisqartirgan holda chempionatga intriga va birinchi ligaga ham sifatni qaytarish taklifiga qanday qaraysiz?

- Oliy Liga formati haqida gap ketganda, bu faqat menga bog'liq masala emas. Bu borada mutaxassislar bilan maslaxatlashgan, Liga faoliyatini monitoring qilgan holda qaror qilish mumkin. Hozirgi format bizni qanoatlantiradi. Jamoalar sonini oshirish yoki qisqartirish klublar uchun qanday qulaylik yoki noqulayliklarni keltirib chiqaradi? Klublarning ham bu boradagi fikri qiziq. Qaror shunchaki qabul qilinmaydi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi

Reyting: -159   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика