So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   1 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Ehtimoliy "qizillar": "Liverpul" yarim himoyasini kuchaytirish uchun nomzodlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Ehtimoliy "qizillar": "Liverpul" yarim himoyasini kuchaytirish uchun nomzodlar (mutolaa uchun)

Mersisaydliklar uchun ehtimoliy variantlarni ko'rib chiqamiz.

"Liverpul" joriy mavsum beqaror ishtirok etmoqda. "Qizillar" bir yil oldin so'nggi turga qadar "Manchester Siti" bilan chempionlik uchun kurashgandi, hozir esa qanday qilib CHempionlar ligasisiz qolmaslik haqida qayg'urishmoqda. Mersisaydliklarning asosiy muammolaridan biri kadrlar masalasi hisoblanadi. "Liverpul" PSVdan vinger Kodi Gakponi xarid qildi, ammo bu barcha qiyinchiliklarni engib o'tish uchun kamlik qiladi. Ko'plab ekspertlar "qizillar" yarim himoyani kuchaytirishlari kerak deb hisoblamoqda.

Mersisaydliklarda haqiqatdan ham o'rta chiziqda barchasi o'z joyida emas. Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Jeyms Milner mavsum so'nggida klubdan ketishi mumkin. Jordan Xenderson doim ham kerakli darajada harakat qila olmayapti. Artur Meloning ijarasi ham hali hech narsa bermadi. SHuningdek yosh Kertis Jons ham bor, ammo "Liverpul" shartnomasini uzaytirgan bo'lsa ham, unga unchalik ham ishonch bildirmayapti. Bularning barchasi "qizillar"ga transfer bozorida kuchayish kerakligi haqida dalolat berib turibdi. Biz esa mos nomzodlarni tanlashga harakat qilib ko'ramiz.


Jud Bellingem ("Borussiya", Dortmund)

Albatta, Bellingem o'rta chiziqni kuchaytirish kerak bo'lgan klubning hayoliga keladi. Bu eng yaxshi, ammo eng qimmat variant. "Borusisya" o'yinchi uchun 100 million evrodan kam so'ramaydi. Kim biladi, mersisaydliklarda klub sotilishi mumkinligini hisobga olsa, bunday pul bo'ladimi yoki yo'q. Ha, "Liverpul" 19 yoshli xavbek uchun Madridning "Real"i bilan kurashishiga to'g'ri keladi. "Qaymoqranglilar"da doim kerakli ijrochilar uchun pul topiladi. Bellingem "qizillar" uchun yaxshi variant. Bu yosh, ammo ayni damda futbol meyorlari bo'yicha etuk futbolchi va har qanday jamoani tezda kuchaytirishga qodir.



Yuri Tilemans ("Lester")

Tilemans o'tgan yozda "Lester"dan ketishi mumkin edi, ammo "Arsenal" u bilan shartnoma imzolashiga jiddiy qiziqish bildirgan bo'lsa ham, bunga unchalik ham hayrixohlik bildirmadi. "Kanonirlar"ning belgiyalikni uzoq kutishlari dargumon, chunki ularning yarim himoyachiga shu erda va hozir kuchayish kerak. SHuningdek o'yinchi erkin agent bo'lishga qaror qilsa, u uchun "Barselona" ham kurashishi mumkin. 25 yoshli xavbek mersisaydliklar uchun yaxshi variant bo'lardi. Tilemansda APLdagi kattagina tajriba bor, shuningdek yaxshi samaradorlik (ketma-ket ikki mavsum gol+pas bo'yicha 10 ochkodan) va optimal yosh. Ammo, barchasi o'yinchiga bog'liq bo'ladi. Ha, unda tanlash uchun variantlar bor.



Ussem Auar ("Lion")

Auar anchadan beri "Lion"dan ketmoqchi, ammo bu o'xshamayapti. Agar u erkin agentga aylansa, qishda yoki yozda ketish amalga oshishi mumkin. Francuz oldinroq APLda o'ynashi mumkin edi, ammo "Arsenal" 24 yoshli xavbekning klubi bilan kelishuvga erisha olmadi. "Liverpul" bu yigitchani ko'rib chiqishi kerak. Futbolchi muntazam ravishda hujumga qo'shilgan holda, o'z poziciyasida yomon harakat qilmayapti. Auar ham Tilemans kabi so'nggi ikki mavsumda 10 ochkodan (gol+pas) to'pladi. Uning 17 ball to'plagan paytlari ham bo'ldi. Yagona muammo shundaki, francuz hech qachon o'z mamlakatidan tashqarida o'ynamagan. Adaptaciya uchun esa vaqt ketishi mumkin.



Sergey Milinkovich-Savich ("Lacio")

Ko'plab klublar Milinkovich-Savichni o'z saflarida ko'rishni xohlashadi. Bu ko'p yillar davomida "Lacio"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib turgan to'liq shakllangan futbolchi. O'tgan mavsum serb uchun samaradorlik nuqtai nazaridan eng yaxshisi bo'ldi. 27 yoshli xavbek faqatgina A Seriyada 11ta gol va 11ta assist qayd etdi. Milinkovich-Savich formasining cho'qqisida, uning "byankochelesti" bilan shartnomasi esa 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Qizillar" tomonidan to'liq ularga mos keladigan o'yinchini o'z safiga qo'shib olishga urinmaslik g'alati bo'ladi. Serb uchun esa bunday klubga o'tish faoliyatida yangi va ehtimol muvaffaqiyatli bosqich bo'lishi mumkin.



Petr Zelinski ("Napoli")

Zelinski "Napoli"ning ehtimoliy chempionligida o'z hissasini qo'shayotgan o'yinchilardan biri. Ammo, neapolliklar o'yinchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti va unga boshqa klublar, jumladan "Liverpul qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, "qizillar" 28 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda, ammo hali aniq qadamlar tashlanmagan. Polyak butun faoliyatini Italiyada o'tkazmoqda, ammo yaxshi darajani saqlab turibdi. Samaradorlik bo'yicha ham unda hammasi joyida – A Seriyadagi so'nggi ikki mavsum gol+pas tizimi bo'yicha 18 va 11 ochko. Bunday o'yinchi mersisaydliklarga halaqit bermagan bo'lardi.



Aleksis Makallister ("Brayton")

Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g'alabasidan so'ng "albiseleste" o'yinchilariga etibor kuchaytirdi. Makallister ham ulardan biridir. Aleksis muntazam ravishda Angliyaning top-klublari, jumladan "Liverpul"ga muammolar tug'diradigan "Brayton" safida o'ynamoqda. 24 yoshli xavbek joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi. Bu markaziy yarim himoyachi uchun yaxshi natija. Makallisterda "qizillar" uchun kerakli sifatlar bor: yaxshi zarba, hujumdagi o'yinchilar bilan bir-birini yaxshi tushunish va yuqori darajada o'ynashga intilish. Albatta, "Brayton" o'z tarkibida jahon chempionini yuqori baholaydi, ammo doim kelishish mumkin.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика