Edvin van der Sar: "Kelajakda MYUda ishlashni istayman"
13 okt 2019 12:59
Yangiliklar


Edvin van der Sar: "Kelajakda MYUda ishlashni istayman"
"Manchester Yunayted" va "Ayaks"ning sobiq futbolchisi, ayni damda amsterdamliklarning bosh direktori Edvin van der Sar kelajakda mankunianliklar klubida ishlash niyatida.
"Men, oilam, rafiqam, bolalarimning ikki sevgisi bor - "Ayaks" va "Manchester Yunayted".
"Ayaks" menga o'sish, rivojlanish imkoniyatini berdi, ular mening qobiliyatimni ochib, futbolning yangi olamini ochishda yordamlashishdi. MYU ham men haqimda anchagina qayg'urdi. Albatta, u erda ishlashni istayman.
Biroq hali bu erda o'rganadigan narsalarim ko'p, o'rganishim kerak va o'shanda barchasi ko'rinadi.
"Yunayted" - butun dunyoda ajoyib muxlislarga ega bo'lgan fantastik klub. Barcha futbolchilar u erda o'ynashni va keyinchalik ishlashni istashadi", - dedi van der Sar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar