Eduar Mendi: "Men eng yaxshi darvozabon bo'lishga loyiqman"
29 noy 2021 21:26
Yangiliklar
Eduar Mendi: "Men eng yaxshi darvozabon bo'lishga loyiqman"
Bugun nafaqat "Oltin to'p" sohibi, balki 2021 yil yakunida Evropaning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasi g'olibi ham malum bo'ladi.
"Yashin sovrini" uchun bir nechta darvozabonlar kurash olib borishmoqda, biroq favorit "CHelsi" posboni Eduar Mendi hisoblanmoqda. Futbolchining o'zi g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Agar men nomzodlar ro'yxatida bo'lsam, demak, hamma narsani to'g'ri bajaryapman. Men bu sovrinni olishga loyiqman, deb o'ylayman. Jamoa bilan birgalikda mashaqqatli mehnat evaziga sezilarli natijalarga erishdim, shu bois shaxsiy kollekciyamni boyitishga umid qilaman", - dedi Mendi.
Fikrlar