So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  4 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Edita Mirobidova 8ta, Abdurashid Xudoyberganov va Asker Najafaliev 4tadan, Rahimbek Karimov 1ta o'yinga chetlatildi Yangiliklar

Edita Mirobidova 8ta, Abdurashid Xudoyberganov va Asker Najafaliev 4tadan, Rahimbek Karimov 1ta o'yinga chetlatildi

O'zbekiston futbol associaciyasi hakamlar qo'mitasining qarori.

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko'rib chiqildi.

NAVBAHOR – QIZILQUM (Coca Cola Superliga 19-tur)

2022 yil 16 sentyabr kuni O'zbekiston Coca Cola Superliga 19-tur doirasida “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvining bosh hakami Abdurashid Xudoyberganov uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Abdurashid Xudoyberganovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan Coca Cola Superliga uchrashuvlaridan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilsin;


METALLURG – SO'G'DIYONA (Coca Cola Superliga 19-tur)


2022-yil 18-sentyabr kuni O'zbekiston Coca Cola Superliga 19-tur doirasida “Metallurg” – “So'g'diyona” uchrashuvning hakami Asker Najafaliev uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz, yordamchi hakam Timur Gaynullin esa qoniqarli bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Asker Najafalievga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan Coca Cola Superliga uchrashuvlaridan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi;

Timur Gaynullinga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan Coca Cola Superliga uchrashuvlaridan 1 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilsin.


QIZILQUM – METALLURG (O'zbekiston Coca Cola Superligasining 20-turi)

2022-yil 29-sentyabr kuni Superliganing 20-turi doirasidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Metallurg” uchrashuvining bosh hakami Rahimbek Karimov uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Rahimbek Karimovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan Coca Cola Superliga uchrashuvlaridan 1 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilsin;

CHIG'ATOY – LOKOMOTIV-BFK (Birinchi liga 21-turi)

U-21. PAXTAKOR – NASAF (Zaxira hakami sifatida)

2022 yil 2 oktyabr kuni Birinchi liganing 21-turi doirasidan o'rin olgan “CHig'atoy” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvining bosh hakami Farux Yansupov qoniqarsiz va yordamchi hakam Daler Tillaev uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko'rilgan.

SHuningdek, 2022 yilning 3 oktyabr kuni U-21 “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvida zaxira hakami bo'lib ishlagan F.Yansupov nazoratchi tomonidan qoniqarli bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Farux Yansupovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 2-bandiga asosan Birinchi liga uchrashuvlaridan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi;

SHuningdek, F.Yansupovga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan U-21 birinchiligi uchrashuvlaridan 1 ta o'yinga chetlashtirish va (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi;

Daler Tillaevga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo'llanilsin.



U-21. DINAMO – OLIMPIK (Bosh hakam sifatida)


2022 yilning 3 oktyabr kuni U-21 “Dinamo” – “Olimpik” uchrashuvi bosh hakami Nikita Mustafin nazoratchi tomonidan takroriy qoniqarli bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Nikita Mustafinga nisbatan nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan U-21 uchrashuvlaridan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilsin;



QIZILQUM W – SO'G'DIYONA W (Ayollar oliy ligasi, 17-tur)

2022 yilning 28 sentyabr kuni Ayollar oliy ligasi 17-tur doirasida “Qizilqum W” – “So'g'diyona W” uchrashuvining bosh hakami Edita Mirobidova va yordamchi hakam Manzura Mangetbaeva uchrashuvida xato va kamchiliklar kuzatilgan bo'lsada, nazoratchi Abdurahmon Qo'ldoshev tomonidan bosh hakam va yordamchi hakam baholari ko'tarib ko'rsatilgan.

Unga ko'ra:

Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi;

Manzura Mangetbaevaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan birinchi marotaba past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi;

Abdurahmon Qo'ldoshevga nisbatan bosh hakam va yordamchi hakam baholarini ko'tarib ko'rsatgani uchun nazoratchilar intizom kodeksining 4-bo'limning 1-bandiga asosan 6 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilsin.

SHuningdek, quyidagi ismlari keltiriladigan hakamlar birinchi marotaba qoniqarli baho olganliklari uchun ularga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo'llanilsin:

O.Kallaxo'jaev, D.Jumaniyazov, S.Saidaxmatov, SH.Qayumov, S.Mirodilov, D.Rahmonov, SH.Rajabov, X.Muzaffarov, A.Tuxtasinov.

Xasan Abdusamatovga nisbatan intizom kodeksining 2.4-bo'limning 4-bandiga asosan diskvalifikaciya qilinsin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика