So’nggi yangiliklar

15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  1 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  14 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2

Edgar Gess: "Qiyin o'yinlar ortda qoldi, endi g'alabalar boshlanadi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Qiyin o'yinlar ortda qoldi, endi g'alabalar boshlanadi"

“Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvidan keyin dastavval mehmonlar murabbiyi Edgar Gessni suhbatga tortdik.
- Yigitlar, shoshib turibmiz, shu bois meni ko'p ushlab qolmaysizlar degan umiddaman - deya gap boshladi Edgar Yakovlevich. - O'yin juda qiziqarli bo'ldi, mening nazarimda. Ikkinchi taymda biz ustunlik qildik. Hisobni tenglashtirishga ham muvaffaq bo'lgandik. Biroq uni saqlab qolishga kuchimiz etmadi. Yo'ldagi toliqish, biroz asabbuzarliklar ham yigitlarning kayfiyatiga tasir ko'rsatdi shekilli (Izoh: “Buxoro” FK avtobusi tasmasi uzulganligi bois biroz ushlanib qolgan).

- O'zlaringiz shohidi bo'ldingiz, o'yinimiz yomon emas. To'pni nazoratda ushlab turibmiz. Raqib darvozasiga gol urayapmiz. Biroz omad etishmayapti. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligidan nolimayman. Faqat ikkinchi davra boshida to'rtta qiyin o'yin bor edi, shukur, ular ortda qoldi. Endi g'alabalarimiz boshlanishi kerak.autsayderlar safida borayotgan asosiy raqiblarimizdan to'laqonli ochkolarni ola bilsak, marra bizniki. Natijadan tashqari chiroyli o'yin ko'rsatishni ham unutmaymiz - deydi Gess.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика