Edgar Gess: “Buxoro” bilan bir yillik shartnoma tuzdim”
11 noy 2013 11:25
Yangiliklar


Edgar Gess: “Buxoro” bilan bir yillik shartnoma tuzdim”
Yurtimizdagi taniqli murabbiylardan biri Edgar Gess 10 noyabr kuni “Buxoro” futbol klubi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdi.
Bu haqda murabbiyning o'zi shunday dedi: “Ha, chindan ham men “Buxoro” jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladim. O'ylaymanki, yangi yildan boshlab ishga kirishaman. Klub o'z oldiga kelasi yil katta maqsadlarni qo'ymoqchi, shu bois qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman”.
Bu xabarni klub sport direktori Gennadiy Kochnev ham tasdiqladi. Eslatib o'tamiz, Edgar Yakovlevich shu yilning dastlabki qismini G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida o'tkazgan, biroq rahbariyat uning ishidan qoniqmay, istefoga chiqargandi. Mana endi Edgar Gess “Buxoro”da ishlaydigan bo'ldi.

Fikrlar