So’nggi yangiliklar

20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  5 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  0 19:30"Бунёдкор" - "Бухоро" (онлайн ҳисоб)  9 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   12 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  9 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  10 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0

ECHL. Xayr "Barselona", "Atletiko" yarim finalda! Yangiliklar

ECHL. Xayr "Barselona", "Atletiko" yarim finalda!

ECHL chorak finali doirasidagi "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi shu erda matnli translyaciya qilindi.
Atletiko Ispaniya – Barselona Ispaniya 1:0 
9 aprel, 23.45, Visente Kalderon
Gol:
1:0 – 5 Koke.
Atletiko – Kurtua, Xuanfran, Miranda, Godin, Filipe Luis, Tiagu, Gabi, Koke, Adrian (Diego, 62), R. Garsiya, Vilya (K. Rodriges, 79).
Barselona – Xose Pinto, Dani Alves, Bartra, Maskerano, Alba, Xavi, Buskets, Inesta (Pedro, 72), Fabregas (Sanches, 61), Messi, Neymar.
Ogohlantirishlar: Buskets (18), Koke (90), Maskerano (90), Dani Alves (90).
Birinchi o'yin: 1:1

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH

"ATLETIKO" O'Z TARIXIDA BIRIN BOR YARIM FINALDA! QOYIL! Diego Simeone ajoyib jamoa tuza oldi! Barcha muxlislarni tabriklaymiz. Siz bilan bu bahsni Narzulla Saydullaev kuzatib bordi. Futbol shunchaki o'yin ekanligini unutmang. O'zingizni asrang.

90+3. So'nggi soniyalar Dani Alves ham bu musobaqani ogohlantirish bilan tark etadi, "Barselona" bilan birga

90+2. "Atletiko" to'pni burchak yonida ushlab turibdi. Vaqt hozir juda muhim!

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi. Maskerano sariq oldi

90.
Koke ogohlantirildi, lekin buni nima farqi bor xozir?

89. Kristian Rodrigesning zarbasidan so'ng Pinto to'pni qaytardi!

89.
Bugungi o'yin bilan "Barselona" yarim finalga chiqishga loyiq emas. Faqat Pinto loyiq edi. 

86. "Barsa" shoshinqiramoqda... Xatolar ko'p. "Atletiko" ajoyib tarzda himoyalanmoqda.

85.
Koke to'pni sherigiga oshirdi, zarba noaniq chiqdi! Simeone stadionni yanada jonlanishini so'ramoqda. Stadion anchadan buyon tinayotgani yo'q.

84.
Bartra Godinni qoidaga xilof tarzda to'xtatdi.

83. Bugun Messi maydonda deyarli ko'rinmadi! U yo'q.

81.
Xavi-Sanches-Neymar kombinaciyasi oxiriga etmadi. Bunga Kurtua sababchi bo'ldi

79.
Pedro to'pni Kurtuaga tepish uchun o'rnatib bermoqda. Ha "Barsa" shunday holatga tushib qoldi.

77. O'zgarish. "Atletiko". David Vilya o'rniga Kristian Rodriges tushdi

76. Xavfli vaziyat! Neymar! Sanchesch to'pni xavolatib oshirdi, Neymar boshi bilan darvozaga zara berdi, to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

75.
"Barselona" golini bosh bilan urmoqchi shekilli. To'p faqat havolatib uzatilmoqda.

74. Mezbonlar muxlislari qo'shiq aytishmoqda. Bayram yaqin!

73. O'zgarish. "Barselona". Iniesta o'rniga Pedro tudi

70.
Maskerano Vilyani yiqitdi. Bunga Uebb qo'shilmadi. Penalti yo'q. Keyingi vaziyatda Raul Garsiya darvozaga zarba bera olmadi.

69. Xavfli vaziyat!!! GABII! PINTO! Qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Gabi to'pni sherigiga oshirmasdan darvozaga yo'lladi, Pinto oyoqlari bilan to'pni qaytardi!

67.
To'pni Messining o'zi tepdi, jonli devor o'z ishini qildi. "Atletiko"ning qarshi hujumini chaqqon Xordi Alba to'xtatdi.

66.
Messini yiqitishdi. Buni Uebb aytdi. CHamasi 20 metrlardan jarima to'pi. Kurtua jonli devorga qarab baqirmoqda...

64.
Diego! Uni Pinto juda yaxshi eslaydi.  Diegoning zarbasidan so'ng sochi uzuuun darvozabon to'pni qaytardi.

61. O'zgarish. "Atletiko". Adrian o'rniga Diego maydonga tushdi

60. O'garish. "Barselona". Fabregas o'rniga Aleksis Sanches tushdi

58.
Dani Alves qanotdan havolatib to'pni jarima maydoniga oshirdi, Xavi boshi bilan noaniq bo'lsa ham zarba berdi

56.
Vilya darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishim mumkin edi, ammo to'pni sherigiga uzatdi, noaniq.

53.
"Atletiko" javob berishga urindi, ammo jarima maydoni ichida hujumchilar bir birlarini tushunishmadi.

51. "Barselona" juda va juda katta kuch bilan hujumda, bu tomonda faqat Pinto va uning sochig'i bor xolos.

50. Yana bir vaziyat!
Alba jarima maydoni markazida paydo bo'ldi, to'pni qo'l bilan o'ynash mumkin emas

48. Xavfliya vaziyat! "Barsa" gol urishni unutib qo'ydimi? Neymar dastlab zarba bera olmadi, Messiga himoyachilar imkon berishmadi. Alvesning pasidan so'ng yana Xavi darvozaga noaniq zarba berdi! 

47.
Adrian va Koke hujum tashkil qilishdi. Biroq Adrianning pasi noaniq chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus vaqtida fikrlarni o'qib chiqdim. Bu sharhni kim yozayotganiga qiziqqanlar bo'libdi. Uchrashuv oxiriga qadar taxmin qilish mumkin. Bahs tugagach o'zimni tanishtiraman.

"Bavariya" - MYU uchrashuvining birinchi bo'limida bironta gol urilmapti. Demak kechaning barcha gollari bizning o'yinda urilibdi.)

45+1. "Barselona"ning burchak to'pidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi. Uebb hushtagini uch bor pufladi. Tanaffus. Uxlab qolish yo'g'a...

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45.
Kurtua, iya u ham bormi maydonda? Ko'k formada ekan hozir ko'rdim.

42.
Endi Fabrges maydonga yiqildi. Yigitlar bosh hakam angliyalik, ular bunday vaziyatlar uchun penalti berishmaydi. 

40.
Adrian! Raqib jarima maydoni ichida yiqildi, Angliyalik hakam bunday vaziyat uchun penalti bermaydi. Bermadi

39.
Xavfli vaziyat sodir etilmayapti. Bu orada Pintoning to'pnin tepishiga etibor qaratdik. Bu borada muammo bordek ko'rinmoqda. Bazo'r maydon yarmiga etib bormoqda to'p

36.
"Atletiko"ning chiroyli muxlisalarini ko'rsatishdi. Hayotdan xursand ular.

34.
Mehmonlar uzoq vaqt to'pni o'zlarida saqlab turib hujumga o'tishmoqda, ammo zarb yo'q. Demak hujum samarasiz.

31.
"Barselona" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. To'p asosan qanotdan jarima maydoniga oshirilmoqda. Tarkibda Ibragimovich yoki boshqa bo'yi uzun hujumchi yo'qku...

29.
Ispan operatorlariga Neymarning ajoyib finti yoqib qoldi shekilli. Ajoyib harakat edi.

28.
Ana bo'masam. Iniesta hayajondanmi boshqami to'pni to'xtata olmadi. Ha bu CHempionlar ligasi!

26.
Iniesta to'pni qanotda raqibdan olib qo'yib jarima maydoni chizig'idan darvozaga yo'lladi, Kurtua bunday to'plarni o'tkazib yuboradigan posbon emas

24.
Neymar ajoyib! Mana birinchi xavfli hujum. Adrianni aldab o'tdi, Tiagoning oyog'lari orasidan to'pni o'tkazib jarima maydoniga oshirdi. Ammo bunday aldaganlarga gol beilmaydi.

22.
Galstuk taqqan Martino shogirlarining o'yinidan norozi. Jahl bilan birnima-birnma deb tashladi

20.
Raul Garsiya erda yotibdi, uni oyog'ini Neymar bosib oldi. Simeone raqiba kartochka berish kerakligini ko'rsatmoqda.

18. "Ateltiko" futbolchilari kim ko'proq darovza ustuni va to'sinlarini nishonga olishdan garov o'ynashganmi nima balo. Vilya hozir to'sinni poyladi!

17.
Adrian to'pni Dani Alvesdan olib qo'yshib oldinga bordi, bu erda Buskets uni yiqitdi va ogohlantirildi.

15.
"Barselona" to'pni olib qo'yib ancha vaqt uni o'zida saqlab turdi, ammo hujum qila olmadi. Stadion to'p mehmonlarda bo'lganida hakamga o'xshab hushtak chalishmoqda.

12. Xavfli vaziyat! Dani Alves o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, bu erda esa Messi boshi bilan darvozaga to'pni yo'lladi. Ha, ha Messi boshi bilan! Noaniq

11. VILYA! To'sinni poyladi! "Atletiko"ning duhi ancha baland. Juda osonlik bilan o'ynamoqda.

8.
"Barsa" hozir shokda. Faqat "Atletiko" hujum qilmoqda.

7.
Staditonga yig'ilgan minglab muxlislar bir zum ham tiniayotganlari yo'q...

6.
Yana bir vaziyat! "Atletiko" raqib himoyachilarining xatolaridan so'ng yana gol urishi mumkin edi. Pinto himoyachilarni urshib berdi, lekin o'zi ham sal qolsa "qovun tushirishi" mumkin edi, Adrian to'pni olib qo'ysa gol edida...

5. Vilyaning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, Adrian to'pni havolatib jarima maydoniga oshirdi. Bu vaziyatda Koke to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. KOKE 1:0

4.
Raul zarba berdi, bu Raul Garsiya. Xavfli chiqdi, biroq noaniq.

3.
Xavining pasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi. Qaytgan to'pni Messi darvozaga yo'lladi, to'p darvoza yuborisidan o'tib ketdi. Regbi bo'lganida gol bo'lardi

2.
Xordi Alba yiqildi. Uebb jarima to'pini belgiladi.

1.
"Atletiko" o'zining annaviy qizil oq yo'l-yo'l formada o'ynaydi. "Barselona" futbolchilari esa qop-qora...

- O'YIN BOSHLANDI,


- Mezbonlar safida Gabi va Xuanfran, mehmonlardan Fabregas va Iniesta hisobida bittadan sariq kartochka bor. Ular bugun ogohlantirish olishsa keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.  

- O'yinni Xovard Uebb boshchiligidagi ingliz hakamlari boshqarib borishadi.

- ECHL madhiyasi sadolari ostida jamoalar saf tortishdi. Martinov va Simeone bir birlariga omad tilashdi.

- SPORT Telekanali barcha mazza qilib basketbol ko'rayotganda futbolni boshlab yubordi...

- Uchrashuv boshlanmoqda. Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- "Barselona" safiida Viktor Valdes va Pike jamoasiga yordam bera olmaydi.

- Diego Kosta hamda Arda Turan bugun qaydnomadan o'rin olmagan. Bu "Atletiko"ni kuchsizlantiradimi?

- Iniesta bugun klub safidagi o'zining 500-uchrashuvini o'tkazadi. Qoyilmaqom natija desak hech narsa demagan bo'lamiz...

- Tarkiblar ham elon qilindi. Kimda qanday taxminlar bor? Natija qanday bo'ladi?

- Javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

- "Nou Kamp"dagi dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика