So’nggi yangiliklar

20:51Англия терма жамоасига АПЛда ишлаган мураббийлар номзоди кўриб чиқилмоқда  2 20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  5 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 19:45Родриго Мбаппенинг "Реал"га ўтиши ҳақида: "Дунёнинг энг буюк клубига хуш келибсан!"  2 19:22Меньян, Уокер, Салиба, Мусиала ва 6 испан — Евро-2024 рамзий терма жамоаси   3 19:00Магуайр Саутгейтнинг Англия термасидан кетиши ҳақида: "Раҳмат, босс. Сиз яна ўз кучимизга ишонишимизга мажбур қила олдингиз. Хотиралар мангу қолади"  3 18:41Килиан Мбаппе: "Реал"дек буюк тарихга эга клубга муносиб бўлишга ҳаракат қиламан. Бу клуб ва эмблема учун жонимни беришга тайёрман"  23 18:13Эмерсоннинг "Тоттенхэм"дан "Милан"га трансфери барбод бўлиши мумкин  0 17:55"Олдимда Эрон, БАА ва Кувайт клубларидан таклифлар мавжуд" — Ризо Яздандўст  2 17:40"Тоттенхэм" Галлахерни ўз сафида кўрмоқчи  1 17:14Эшитдик-да! "Бунёдкор" икки нафар футболчи билан хайрлашади. Улардан бири "Локомотив"га ўтмоқда  5 16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  2 16:04"Атлетико" Альварес трансфери устида ишламоқда  3 15:39Месси терма жамоадаги шерикларига қулоқчинлар совға қилди  10 15:08Хайр, Саутгейт! Англия терма жамоаси устози ишдан бўшатилди  16

ECHL. "Real Madrid" va "CHelsi" o'rtasidagi taktik kurashda durang qayd etildi Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" va "CHelsi" o'rtasidagi taktik kurashda durang qayd etildi

ECHLning dastlabki yarim finali bo'lib o'tdi.

ECHL birinchi yarim finalida durang qayd etildi.  


"Real Madrid" – "CHelsi" 1:1
"Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gollar: 0:1 – 14 Pulishich, 1:1 – 29 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 77), Militao, Nacho, Marselo (Asensio, 77), Kazemiro, Kroos, Vinisius Junior (Azar, 66), Modrich, Varan, Benzema (Rodrigo, 90).

"CHelsi" – Mendi, Aspilikueta (Djeyms, 67), Ryudiger, Tiago Silva, CHiluell, Maunt, Kante, Pulishich (Ziesh, 66), Jorjino, Kristensen, Verner (Xavertc, 66).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (27), Pulishich (38), Kroos (60), Marselo (65), Varan (78), Odriosola (89).


Real Madrid

Karim Benzema - 29'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

28/04/2021, 00:00

1
:
1
Tugadi

Chelsea

Christian Pulisic - 14'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
27'  Vinicius Junior
29'  Karim Benzema
29'  Eder Militao
60'  Toni Kroos
65'  Marcelo
66'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
77'  Daniel Carvajal (Alvaro Odriozola)
77'  Marcelo (Marco Asensio)
78'  Raphael Varane
89'  Alvaro Odriozola
90'  Karim Benzema (Rodrygo)
14'  Christian Pulisic
14'  Antonio Ruediger
38'  Christian Pulisic
66'  Christian Pulisic (Hakim Ziyech)
66'  Timo Werner (Kai Havertz)
66'  Cesar Azpilicueta (Reece James)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


O'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Nasib qilsa, javob uchrashuvida "Championat.asia"da uchrashamiz. 

Bo'ldi, final yo'llanmasi taqdiri javob uchrashuviga qoldi. Hamkasblarimdan biri aytganidek, barchasi ikkinchi o'yinda hal bo'lsa, birinchi o'yinning nima keragi bor"... Albatta xazil, sababi, nazarimizda bugun faqatgina 2 ta gol bo'lgan bo'lsada, juda kuchli taktik kurash guvohi bo'ldik. Futbol nafaqat gollar bilan, balki shu kabi qiyin vaziyatlardagi murosasiz kurashlar bilan ham zavqli.   

90+3-daqiqa. "Real" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin oldinga o'tolmagach, hakam final hushtagini chaldi. 

90+2-daqiqa. O'zgarish! Karim Benzema o'rniga Rodrigo maydonga tushdi. 

90+1-daqiqa. Antonio Ryudiger Modrichni juda qo'pol tarzda kutib oldi, jarima zarbasi.  

Uning uchdan bir qismi Ryudigerga shifokorlar yordam ko'rsatishi bilan o'tdi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Ogohlantirish! Odriosola Ryudigerga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

Varanning zarbasidan keyin to'p Ben CHilvellga tegib maydondan chiqib ketdi.

88-daqiqa. Kroosning zarbasi rikoshetdan keyin sal qolsa darvozadan joy olardi, lekin unday bo'lmadi. Burchak zarbasi.

86-daqiqa. "Real" raqib himoyasiga bosimni kuchaytirdi.

84-daqiqa Tobora kam vaqt qolmoqda, lekin o'yin borishini kuzata turib, hali kimdir gol urib ketadigandek tuyulmoqda...

82-daqiqa. "Real" futbolchilari burchak zarbasi ishladik deb turganda, hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qildi. 

81-daqiqa. Kazemiro avvaliga Kanteni, keyin Zieshni ayab o'tirmadi. 

79-daqiqa. Xakim Ziesh jonli devor ustidan oshirib tashlab qo'ymoqchi edi, ammo Kurtuaga bu u qadar muammo tug'dirmadi. 

78-daqiqa. Ogohlantirish! Jarima maydoniga yaqin nuqtada Kay Xavercga nisbatan qo'pollik uchun Varan sariq kartochka ishlab oldi. 

77-daqiqa. O'zgarishlar! Karvaxal va Marseloning o'rniga Asensio va Odriosola maydonga tushirildi.  

75-daqiqa. Raqib jarima maydonchasida texnikasini namoyish qilgan Varan jamoasiga burchak to'pi ishlab berdi.

73-daqiqa. "CHelsi" burchak zarbasi ishlab oldi. Zieshning uzatmaga o'xshash zarbasidan keyin Kurtua to'pni egallab oldi.

70-daqiqa. Azar tanish-bilish qilib o'tib ketmoqchi edi, lekin "CHelsi" safida Azar bilan birga o'ynamagan futbolchilar yo'ldan chiqib qoldi va to'pni olib qo'yishdi. 

68-daqiqa. "CHelsi" to'pni raqib jarima maydoniga yaqin hududda nazorat qilmoqda, biroq ish xavfli vaziyatgacha etib bormayapti. 

66-daqiqa. O'zgarishlar! Verner, Aspilikueta va Pulishich ketdi. Ularning o'rniga Xaverc, Ziesh Ris Jeyms o'yinga qo'shildi.  

65-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rniga Azar o'yinga qo'shildi.  

65-daqiqa. Ogohlantirish! Marselo ogohlantirildi.  

64-daqiqa. "Real" pressing evaziga to'pni olib qo'ydi, Militao yana faollik ko'rsatdi.

Har ikki jamoada o'zgarishlar tayyorlanmoqda. Mezbonlarda Azar, mehmonlarda esa Ris Jeyms va Xakim Ziesh tayyorlanmoqda. 

61-daqiqa. Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketgan deb topildi. 

60-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos bir amallab Kantedan to'pni olib qo'ygandi, ammo hakam bu harakat o'yin qoidalariga to'g'ri kelmaydi dedi va cho'ntagidan sariq kartochkani oldi.  

55-daqiqa. Ancha uzoq davom etgan kombinaciyaning so'nggida Modrich juda aqlli va raqib uchun kutilmagan uzatma bilan Vinisiusni qulay vaziyatga chiqarib yuborayotgandi, ammo so'nggi pallada Tiago Silva faollik ko'rsatdi.   

50-daqiqa. Benzema tezkor qarshi hujumda bu safar to'pni oshirmay, o'zi tepib ko'rdi, ammo zarbasi qovushmadi.  

"Aristokratlar" standartdan bu safar ham naf chiqara olishmadi. 

48-daqiqa. Marseloning xatosidan keyin Kante to'pni darhol Vernerga oshirdi, Timo uzoq o'ylab o'tirmay, zarba berdi va Militao to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak to'pi.  

"CHelsi" birinchi bo'limda bo'lgani kabi taymni ancha faol boshladi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Har ikki jamoa vaqti-vaqti to'pni nazorat qilishda, umuman o'yinni boshqarishda ustunlikka ega bo'lishdi va hozircha nazarimizda, adolatli bo'lgan durang hisobi tabloda ham aks etmoqda. Bir oz dam olib, yana qaytamiz!

45-daqiqa. Bo'ldi, hakam ancha qiziq o'tgan birinchi bo'limga vaqt qo'shib berishni istamadi va jamoalarni tanaffusga chorladi.   

43-daqiqa. Kroosga imkon qadar bo'sh hudud va boshini ko'tarish uchun imkon qoldirishmayapti raqib futbolchilari.  

Madrid uzra yomg'ir bearmon yog'moqda. 

41-daqiqa. Kantening aqlli uzatmasidan keyin "CHelsi" qarshi hujumga qochib ketdi, lekin Timo Vernerning zarbasi noaniq bo'ldi. 

40-daqiqa. To'p uchun kurashib, uni maydondan chiqarib yuborgan Karvaxal oyog'ini ushlab qoldi va o'yin to'xtatildi.  

38-daqiqa. Ogohlantirish! Oldinga o'tib ketayotgan Marseloni keskin harakat bilan to'xtatgan Pulishichga bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi.

Uzatmadan keyin Kazemiro to'pni qaytarib yubordi. 

37-daqiqa. Tiago Silva uzoqdan zarba berdi, himoyachilardan biriga tekkan to'p maydonni tark etdi. 

35-daqiqa. Pulishichning qanotdan uzatmasidan keyin Timo Verner qanchalik harakat qilmasin to'pga eta olmadi.

32-daqiqa. "CHelsi" burchakdan uzatmani amalga oshirdi, uzatmadan keyin to'pni Kurtua egallab tezkor qarshi hujumni boshlab berdi. Vinisius bir raqibini ortda qoldirib, to'pni sheriklariga oshirdi hamda hujumni Kroos zarba bilan yakunladi, biroz noaniq. 

Burchak to'pi to'g'ridan-to'g'ri jarima maydoniga uzatilmadi va boshqacha yo'l tutgan "qaymoqrangglilar" oxiri niyatiga etdi. Militaodan golli uzatma, Benzema esa birinchi harakatda to'pni o'ziga bo'ysundirib, keyingisida Eduar Mendini "o'qqa tutdi".  

29-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni tenglashtirdi!

28-daqiqa. Vinisius va Kroos birgalikda burchak to'pi ishlab olishdi. 

27-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisius qo'pol harakati uchun ogohlantirildi. 

26-daqiqa. Ben CHillvel o'z jamoasining hujumini boshlamoqchi bo'lgandi, ammo to'p hakamga tegib ketdi.

24-daqiqa. Qanotda chaqqonroq harakat qilib, to'pni raqibdan ilib ketishga uringandi, niyatiga eta olmadi. Keyin esa Kante ochiq qolgan qanotdan oldinga o'tib, to'pni qarama-qarshi qanotdagi CHillvelga etkazdi, ammo himoyachining zarbasi qovushmadi.  

23-daqiqa. Xavfli vaziyat!  Benzema yo'q joydan to'pni jamoasiga olib berdi va Kroos bilan devor uslubida o'ynab, kuchli zarba bergandi - to'p darvoza ustuniga tegib chiqib ketdi.  

19-daqiqa. Bugun Kante Toni Kroosga personal harakat qilayotgandek, franciyalik futbolchi sal kam raqib jarima maydonigacha germaniyalikni quylab boryapti. 

18-daqiqa. Kroos jarima maydoni ichida emas, orqaroqda qolib to'p so'ragan Benzemani ko'rgandi, lekin himoyachiga tegib to'p Mendining qo'liga borib tushdi. 

16-daqiqa. Navbatdagi burchak to'pini "CHelsi" amalga oshirdi, ammo yana samarasiz.

14-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Markaziy himoyachilarning uxlab qolishi oqibatida Pulishich hisobni ochdi!

13-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak to'pini mehmonlar amalga oshirdi, ammo "Qirollik klubi" himoyachilari to'pni osonlik bilan qaytarib yuborishdi.  

11-daqiqa. Modrichning uzatmasidan keyin Vinisius qarshi hujumga qochishiga raqib himoyachilari yo'l qo'ymadi.  

10-daqiqa. Xavfli vaziyat! Markazda to'pni olib qo'yib chap qanotdan oldinga o'tgan "CHelsi" hujumchisi Timo Vernerda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi, lekin Tibo Kurtua mahorat ko'rsatib, sobiq jamoasi hisobda oldinga chiqishiga yo'l qo'ymadi.  

6-daqiqa. Endi esa "CHelsi" ustunlikni o'z tomoniga og'dirgandek bo'lyapti. 

4-daqiqa. Kazemiro va Kante to'qnashuvining birinchisida "Real" futbolchisi ustun keldi. 

3-daqiqa. "Real" raqibni to'psiz qoldirishga urinib ko'rmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Karim Benzema boshlab berdi. 

Stadion uzra CHempionlar Ligasi madhiyasi yangradi.  

"Real Madrid" - "CHelsi"

"Estadio Alfred Di Stefano"

"Real Madrid" - Kurtua - Karvaxal, Militao, Varan, Nacho, Marselo - Kazemiro, Kroos, Modrich - Vinisius, Benzema.

"CHelsi" - Mendi - Kristensen, Tiago Silva, Ryudiger, Aspilikueta - Kante, Jorjino, CHilluell - Maunt, Verner, Pulishich.

Real Madrid

Karim Benzema - 29'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

28/04/2021, 00:00

1
:
1
Tugadi

Chelsea

Christian Pulisic - 14'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
27'  Vinicius Junior
29'  Karim Benzema
29'  Eder Militao
60'  Toni Kroos
65'  Marcelo
66'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
77'  Daniel Carvajal (Alvaro Odriozola)
77'  Marcelo (Marco Asensio)
78'  Raphael Varane
89'  Alvaro Odriozola
90'  Karim Benzema (Rodrygo)
14'  Christian Pulisic
14'  Antonio Ruediger
38'  Christian Pulisic
66'  Christian Pulisic (Hakim Ziyech)
66'  Timo Werner (Kai Havertz)
66'  Cesar Azpilicueta (Reece James)

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика