So’nggi yangiliklar

01:30Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  62 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  50 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

ECHL. Benzema jarohat olgan o'yinda "Real" "Seltik"ni yirik hisobda engdi Yangiliklar

ECHL. Benzema jarohat olgan o'yinda "Real" "Seltik"ni yirik hisobda engdi

Bugun uzoq kutilgan ECHL guruh bosqichi o'yinlari start oldi.

"Seltik" (SHotlandiya) – "Real Madrid" (Ispaniya) 0:3

Gollar: 0:1 – 56 Vinisius Junior, 0:2 – 60 Modrich, 0:3 – 77 Azar.

Seltik – Xart, Yuranovich, Karter-Vikers, Yenc, Teylor, Makgregor, O`Rayli (Muy, 72), Xatate (Ternbull, 72), Yakumakis (Furuxasi, 72), Jota (Xakshabanovich, 82), Abada (Maeda, 46).

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Ryudiger, 46), Mendi, Modrich (Asensio, 80), Kroos, Tchuameni (Kamavinga, 71), Valverde, Benzema (Azar, 30), Vinisius Junior (Rodrigo, 80).

Ogohlantirishlar: Mendi (10), Maeda (64).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Real" turnirning yangi mavsumini g'alaba bilan boshladi.

90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Asension Jo Xartning quchog'i to'pni sovg'a qildi.

86. Kurtua ham g'alabaga hissasini qo'shadigan harakat amalga oshirdi.

82. Jota "Liverpul"dagi familiyadoshi kabi harakat qila olmadi, natijada zaxiraga olindi.

80. O'zgarishlar: Vinisius o'rniga Rodrigo, Modrich o'rniga Asensio maydonga tushirildi.

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Ikkita 7 si bor daqiqada 7-raqamli Azar raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.


75. "Real"da standart vaziyat yuzaga keldi.

Zerikarli futbol o'rtasida Samarqand manzaralarini ko'rish yoqimli...

70. CHuameni o'rniga uning jo'rasi Kamavinga maydonga tushmoqda.

69. Toni Kroos raqiblariga to'pni olib qo'yish bo'yicha o'quv markazida dars o'ta olishini ko'rsatdi.

64. Dayzen biroz avval gol urgan Modrichga xizmatlari uchun "rahmat" aytdi, oqibatda hakam ham uning "minnatdorchiligi"ni "taqdirladi".

60. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Modrich Azarning pasidan so'ng chap oyoqda tepsa bo'ladigan nuqtadan o'ng oyoqda to'pni darvozaga joylab qo'ydi.


56. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! O'tgan yilgi finalni ko'rganmisiz? SHunga o'xshash gol urildi. Valverdi avtomobillarga jarima solsa bo'ladigan tezlikda oldinga bordi va ichkariga uzatma berdi, Vini esa ushbu vaziyatni uvol qilishni istamadi.


54. O'yin tempi kun davomida foydalanilgan mobil qurilmamning quvvati kabi ko'rinish olmoqda.

49. Azar hozirgi pasi orqali hamon asosiy tarkib futbolchisi emasligini isbotladi.

47. "Seltik" ikkinchi bo'limni xavfli hujum bilan boshladi. 

46. "Real"da ikkinchi majburiy o'zgarish: Ryudiger Militao o'rniga maydonga tushirildi.

Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Vinisius raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

41. Azar raqib darvozasiga ozor etkazishni istamadi.

39. Kroosning krossidan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

35. Karvaxal to'p uchun kurashayotgan Jota bilan birga o'z sherigining ham to'pni egallashiga yo'l qo'ymadi.

31. Azar maydonga tushganiga bir daqiqa bo'lmasdan engil jarohat oldi.

30. Benzema jarohat oldi, uning o'rniga jarohatlar qiroli — Azar maydonga tushirildi.

"Real"dan kimdir maydonga tushadi, jarohat olgan Benzema maydonni tark etsa kerak.

27. Kroosning zarbasiga birooz aniqlik etishmadi.

26. Militao gol urib, raqibni hisobda oldinga olib chiqishiga ozgina qoldi.

24. Benzemadan nafaqat yaxshi hujumchi, balki yaxshi himoyachi chiqishi mumkinligini isbotladi.

21. Makgregor Kurtua qo'riqlayotgan darvoza to'sinini to'p bilan "kaltakladi".

19. Benzemaning imkoniyatlari "Oltin to'p"ni olishi uchun yuqori, ammo uning bo'yi Alaba uzatgan to'pga etkazadigan darajada yuqori emas.

16. "Seltik" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, biroq qanday yiqilgan bo'lsa, shundoq o'rnidan ko'tarildi.

13. Bo'rondek oldinga yugurgan Abadaning zarbasi shabada kabi ohista yo'naltirildi.

11. Benzema va Modrich hozirgi vaziyatda chapaqay bo'lmaganiga afsuslangan bo'lsa kerak.

10. Mendi sariq kartochka olganidan xursand qiyofada ko'rindi.

8. "Real" futbolchilari maydon bo'ylab olaparning ruscha talqinidagi mashg'ulot-o'yinini ijro etmoqda. 

3. Fedya Valverdi o'tgan mavsum finalidagi pasini ko'rolmaganlarga qayta ijro etib bermoqchi edi, mezbon himoyachilari esa o'sha lavhani ko'rganliklari ayon bo'ldi, oqibatda, hujum bartaraf etildi.

2. Ikkinchi daqiqa mezbonlar ikkinchi burchak zarbasini ishlab oldi.

1. Mezbonlar 25 soniya ichida hisobni ochishiga bir bahya qoldi, madridliklar uyqusiramasligi lozim.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Seltik" ananaviy oq-yashil libosda harakat qilsa, "Real Madrid" qora rangli futbolkada o'ynaydi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 


Bugun shotlandiyaliklar ham jiddiy qarshidik ko'rsatishini kutyapman, sababi "Seltik" chempionat boshida 9:0 hisobida g'alaba qozondi, qolaversa, yaqin taqibchisi "Glazgo"ga ham imkoniyat qoldirmadi.

Mana bu insondan barchaga salom.

Bu uchrashuv ko'pchilikning diqqat-markazida bo'lmasligi tabiiy, sababi, bugun PSJ va "Yuventus" o'rtasidagi dahshatli qarama-qarshilik kutib turibdi. Biz doim shu kabi derbilarga oshno bo'lamiz, lekin baribir "Real" chempion bo'laveradi.

Assalomu alaykum, uxlamasam, ertaga boshliqdan yoki sinf rahbaridan gapning buvasini eshitaman deb, baribir muzqaymoqdan shirin uyqusidan voz kechayotgan futbol ishqibozlari! Bugun uyqudan-da chiroyliroq futbol guvohiga aylanishingizga tilakdoshman. Umid qilamanki, ko'zlaringiz yumilib, o'yn yarmida bizni tashlab ketmaysiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика