So’nggi yangiliklar

13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  0 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   12 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  13 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  8 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  6 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  11 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  8 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  17 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  4

ECHL. "Bavariya" mehmonda PSJni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" mehmonda PSJni kichik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  ECHLPSJBavariya
Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ – "Bavariya" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. PSJ – "Bavariya" 0:1 

Gollar: Kingsli Koman (Alfonso Devis) 53'

PSJ: 99. Janluiji Donnarumma, 2. Ashraf Xakimi (3. Presnel Kimpembe 46'), 4. Serxio Ramos, 5. Markinos, 25. Nunu Mendesh, 33. Varren Zayre-Emeri (8. Fabian Ruis 57'), 15. Danilu Pereyra (17. Vitinya 75'), 6. Marko Verratti, 28. Karlos Soler (7. Kilian Mbappe 57'), 30. Lionel Messi, 10. Neymar.

Zaxira: 16. Serxio Riko, 90. Aleksandr Letelle, 14. Xuan Bernat, 29. Timote Pembele, 31. El CHaday Bitshiabu, 35. Ismael Garbi, 44. Ugo Ekitike.

"Bavariya": 27. Yann Zommer, 5. Benjamen Pavar, 2. Dayo Upamekano, 4. Matteys de Ligt, 10. Leroy Sane (44. Yosip Stanishich 90'), 22. Juan Kanselu (19. Alfonso Devis 46'), 6. Yozua Kimmix, 8. Leon Gorecka, 42. Jamal Musiala (38. Rayan Gravenberx 87'), 11. Kingsli Koman (7. Serj Gnabri 76'), 13. Erik SHupo-Moting (25. Tomas Myuller 76').

Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 35. Yohannes SHenk, 20. Buna Sarr, 23. Deyli Blind, 39. Matis Tel, 46. Arijon Ibragimovich.

Ogohlantirishlar: Benjamen Pavar 26', Presnel Kimpembe 70', Neymar 87', Benjamen Pavar 90+2'

Qizil kartochka: Benjamen Pavar (ikkinchi sariq kartochka) 90+2'

Paris Saint-Germain

Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/02/2023, 01:00

1
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Kingsley Coman - 53'

Stadion: Parc des Princes, 46435 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
46'  Achraf Hakimi (Presnel Kimpembe)
57'  Carlos Soler (Kylian Mbappe)
57'  Warren Zaire-Emery (Fabian Ruiz)
70'  Presnel Kimpembe
75'  Danilo Pereira (Vitinha)
82'  Kylian Mbappe
86'  Neymar
26'  Benjamin Pavard
46'  Joao Cancelo (Alphonso Davies)
53'  Kingsley Coman
53'  Alphonso Davies
75'  Eric Maxim Choupo-Moting (Thomas Mueller)
75'  Kingsley Coman (Serge Gnabry)
87'  Jamal Musiala (Ryan Gravenberch)
90'  Leroy Sane (Josip Stanisic)
90'  Benjamin Pavard


90+4. O'yin yakunlandi!

90+3. Ramosning bosh bilan bergan zarbasi xavfli tus olmadi.

90+2. Benjamin Pavar Messini yiqitdi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi, bu uning o'yindagi ikkinchi sariq kartochkasi. Natijada bu qizil kartochkaga aylandi va "Bavariya" bir kishi kam bo'lib qoldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Endigi zarba Markinosdan! Braziliyalik futbolchining kuchli zarbasini Zommer ushlab oldi!

84. Messidan zarba! Leoning tepgan to'pi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi. 

82. NO GOAL! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mbappe darvozaga kiritgan edi. Biroq ayni shu so'nggi pasni bergan Mendesh avvalroq o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

82. Myullerning ilk zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.

77. Burchakdan uzatilgan to'pga Markinos boshi bilan zarba berdi, Zommer o'z o'rnida. 

73. Xavfli vaziyat! Mbappe darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib darvozaga zarba berdi, Zommer qaytardi, qaytgan to'pni Neymar ikki bor darvozaga yo'lladi, ikkinchisini ham Zommer qaytardi, qaytgan to'pni olgan Killian darvozani ishg'ol qildi, biroq Neymar tepayotgan holatda Mbappe o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 

64. Burchakdan uzatilgan to'pni Pavar darvozaga yo'lladi, Donnarummadan yana bir seyv!

63. Musiala o'ng qanotdan shturm qilib yurish qildi, SHupo-Moting o'ziga uzatilgan pasni darvozaga yo'lladi, to'p rekoshet bo'lib darvoza ustuniga tegdi va maydonni tark etdi.

62. SHupo-Moting o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, zarba xavfli chiqdi, Donnarumma ham faol harakat qilib, to'pni ushlab oldi.

57. Mbappe maydonga tushdi!

55. Gol o'tkazib yuborgach Parij jonlandi.

Devisning chap qanotdan uzatgan to'pini Kingsli Koman erlatib zarba berib, darvozani ishg'ol qildi. 

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Koman uchrashuvda hisobni ochdi!

50. Varren Zayre-Emeri Devisni aldab o'tib o'ng qanotdan oldinga yurish qildi, to'pni markazroqqa uzatdi, Neymardan oldin to'pga myunxenlik himoyachi etib kelib, tzpni maydon tashqarasiga chiqarib yubordi.

49. SHupo-Moting o'ziga uzatib berilgan to'p bilan katta tezlikda oldinga o'tdi, ikki futbolchini aldadi, biroq uchinchi futbolchi undan to'pni qaytib oldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Messi jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi. 

43. Kimmixning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi xavfli tus oldi va uni Donnarumma ushlab oldi.

34. Komandan yana bir zarba! Erlatib tepilgan to'p noaniq ketdi.

30. Havolatib uzatilgan to'pni SHupo-Moting boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p biroz noaniq ketdi.

28. Kingsli Komanning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi osmon-u-falakka uchdi.

25. Koman o'ziga uzatib berilgan to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga uzatdi, biroq bu vaziyatda darvozabon to'pni ushlab oldi.

21. Maydonda Neymar yotibdi. Avvalroq, Pavar tirsagi bilan braziliyalik futbolchining yuziga zarba berib yuborgani takroriy lavhalar orqali malum bo'ldi.

18. O'yin tempi yuqori emas, har ikki jamoa ham asosan maydon markazida o'ynamoqda. Muxlislar futbolchilardan faolroq bo'lishlarini so'rab, hushtakbozlik uyushtirishdi.

10. "Bavariya" dastlabki 10 daqiqalikda, mehmonda o'ynayotgan bo'lsa ham, juda faol harakat qilmoqda. 

4. O'tgan 4 daqiqa ichida to'p nazorati asosan myunxenliklarda bo'ldi.

1. Ilk daqiqadanoq SHupo-Moting PSJ darvozasini nishonga oldi. Uning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi!

O'yin boshlanishidan avval Turkiya va Suriyada sodir bo'lgan zilzilalar oqibatida halok bo'lgan insonlar xotirasiga 1 daqiqalik sukut saqlandi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

Reyting: +10   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика