So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

ECHL. Portugaliyada "jang" bo'ladi, Gollandiyada esa Evropa ligasi uchun "chipta" yoxud yuzerlarimiz uchun "DIZAYN"ga chipta... Yangiliklar

ECHL. Portugaliyada "jang" bo'ladi, Gollandiyada esa Evropa ligasi uchun "chipta" yoxud yuzerlarimiz uchun "DIZAYN"ga chipta...

Bugun Evropa chempionlar ligasining to'rtta guruhida oxirgi tur o'yinlari o'tkaziladi.


Yani "A" guruhida "Bazel" jamoasi "Arsenal"ni qabul qiladi va ikkinchi to'qnashuv Parijda mahalliy PSJ hamda "Ludogorec" o'rtasida kechadi.
Bu guruhda keyingi bosqichga chiqqan jamoalar nomi allaqachon malum bo'lgandi. Faqatgina guruh peshqadami kim bo'ladi, degan savol ochiqligicha qolmoqda. SHuningdek, guruhdan qaysi jamoa Evropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishi borasidagi intriga ham hali mavjud.
Qizig'i, "Ludogorec"da ham, "Bazel"da ham bir xil ravishda 2 ochkodan mavjud. Demak bu guruhdagi har ikkala bahs ham o'z qiziqarliligini yo'qotgani yo'q. Jamoalar hali o'z maqsadlari yo'lida ter to'kishlariga to'g'ri keladi.


"B" guruhida ham bugun 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Ushbu "kvartet"dan hali hech bir jamoa keyingi bosqich masalasini hal etganicha yo'q. Faqatgina "Dinamo Kiev" Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinni qo'lga kiritish imkoniyatidan ham maxrum bo'lgan. Qolgan uchala jamoa "Napoli", "Benfika" va "Beshiktosh" o'rtasida esa qizg'in kurash bugun o'zining hal qiluvchi pallasida.
Bu uch jamoadan istalgan jamoa pley-offsiz qolishi ham mumkin, yoki aksincha.
Asosiy kurash esa Portugaliyada bo'lib o'tadi. Bu erda "Benfika" hamda "Napoli" jamoalari nimchorak final uchun "jang" qilishadi. Aynan shu bahsda g'alaba qozongan jamoa guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritadi. Ukrainada esa katta ehtimol bilan "Beshiktosh" o'zi uchun kerakli natijani qayd etishi kutilmoqda.

Uchinchi guruh, yani "C" guruhida barcha masala oydinlashgan. Birinchi o'rin "Barselona"ga, ikkinchi yo'llanma bilan "Manchester Siti" pley-off masalasini o'tgan turda hal etgandi. Myonxengladbaxning "Borussiya"si hisobida esa 5 ochko mavjud va ular 3-pog'onada. Guruh autsayderi esa SHotlandiyaning "Seltik" jamoasi. Ular beshta o'yindan atiga ikkitasida raqiblari bilan murosa ko'chasini tanlashgan va ikki ochkoga ega.
Bugun Kataloniyada mehmon bo'ladigan "Borussiya" "Barselona"ga qarshilik qilishga urinib ko'radi. Manchesterda esa "Siti" "Seltik"dan birinchi davra uchun alamini olishga hozirlanmoqda.

"D" guruhida hozircha bitta masala ochiqligicha qolmoqda. Yani Evropa ligasi uchun beriladigan yo'llanmaga kim egalik qiladi? PSVmi yoki "Rostov"mi? Aynan shu savolga Gollandiyada bo'lib o'tadigan PSV - "Rostov" o'yini orqali javob olamiz. Eyndxovenda chinakamiga kurash va ajoyib taktik futbol guvohiga aylanamiz. Filipp Kokuning o'ylab qo'ygan rejalari ustun keladimi yoki Qurbon Berdievning taktik hiylalari kuchlilik qiladimi? Bu jamoalarning Rossiyada o'tgan uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmay qolgandi. PSV hisobida esa hozircha 1 ochko bor. Koku shogirdlari "Atletiko" va "Bavariya"ga qarshi kechgan bellashuvlarda imkoniyatni boy berishdi. "Rostov" esa ushbu uchrashuvlarning birida "Bavariya"ni sensacion tarzda mag'lub etdi. PSV garchi o'z uyida o'ynaydigan bo'lsada, bugun ularga oson bo'lmasligini barcha sezib turibdi. PSVni faqat g'alaba, "Rostov"ni esa mag'lubiyatdan boshqa har qanday natija qanoatlantiradi.

Guruhdagi ikkinchi bahs Myunxenda kechadi. "Bavariya" birinchi o'rin uchun kurashni o'tgan turda boy berdi. Ammo Karlo Anchelotti shogirdlari o'tgan yilgi va bu yilgi natijalar uchun "Atletiko"dan alamlarini olishga bo'lgan ishtiyoqlari ancha kuchli. Myunxendagi o'yin natija jihatdan hech narsani hal etmaydi. Bu o'yin shunisi bilan ham yanada qiziqarliroq va tomoshabop o'tsa ajab emas. "Bavariya" ham, "Atletiko" ham o'z muxlislari uchun chiroyli futbol namoyish etishlari tabiiy. Bu bahsda nisbatan "Bavariya"ga g'alaba qiymati muhimroq.


Aziz o'quvchilar, bugun bo'ladigan o'yinlarda Sizningcha qaysi jamoalar g'alaba qozonadi? Taxminlaringiz va o'z fikrlaringiz bilan bemalol bo'lishishingiz mumkin. Faqat odob doirasida va haqoratlarsiz fikr qoldirishingizni so'raymiz.

Bugungi o'yinlarda gol uradigan beshta futbolchini nomini to'g'ri topgan birinchi yuzerga "DIZAYN" jamoasining koncertiga chipta taqdim etiladi.

SHarti shuki, siz faqatgina bir marotaba beshta futbolchini nomini yozishingiz mumkin va ularning barchasi bugungi uchrashuvlarda gol urishlari kerak bo'ladi.


Gol uradigan futbolchilar nomini yozayotganda faqatgina bitta variant, yani birinchisi qabul qilinadi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика