So’nggi yangiliklar

00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 00:05"Лион" — ПСЖ. Кварацхелия, Дембеле ва Барколя асосий таркибда  1 23:47"Кальяри" — "Ювентус". Йилдиз ва Влахович асосий таркибда  0 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  180 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

ECHL. "Napoli" – "Liverpul", "Inter" – "Bavariya" va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

ECHL. "Napoli" – "Liverpul", "Inter" – "Bavariya" va boshqa bahslar uchun prevyu

UEFA CHempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsumi 1-turidan o'rin olgan bugungi bahslar prevyusi bilan tanishing.

"Napoli" – "Liverpul" (00:00)

So'nggi to'rt mavsumda ko'pchilik jamoalar "Liverpul"dan yaxshiroq natija qayd eta olmadi, ammo "qizillar" ushbu musobaqada hozirda "Diego Armando Maradona" nomi bilan mashhur stadionga shu vaqt mobaynida ikki bor safar qildi va hech narsasiz qaytdi. Mersisaydliklarning "Bornmut" ustidan rekordga teng 9:0 hisobidagi g'alabasi jamoa ishonchini ancha oshirdi. Ular "Napoli"da dastlabki uch urinishdanoq natija chiqarib gol urishga umid qiladi. Biroq Viktor Osimxen etakchiligidagi Luchano Spaletti shogirdlari ham jiddiy xavf tug'dirishga qodir.

Bilasizmi? 

O'tgan mavsumda "Liverpul" Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichining barcha 6 o'yinida raqibini mag'lub etgan yagona ingliz klubiga aylandi.

“Ayaks” – “Reynjers” (21:45)

Erik ten Hag o'rniga “Ayaks” bosh murabbiyiga aylangan Alfred SHrederga jamoani o'zigacha bo'lgan hamkasbi kabi yuqori darajada boshqarish masuliyati tushadi. Jamoadan ko'plab taniqli nomlarning ketishi Amsterdam himoyasini qayta ko'rib chiqishni taqozo etdi. Kelganlar ham bo'ldi: shunchaki Kelvin Bassi emas, balki o'tgan mavsumda “Reynjers”ning Evropa Ligasi final bosqichiga qadar etib borishida muhim o'yinchilardan biri bo'lgan futbolchidir u. Himoyachi boshqalardan ko'ra SHotlandiya libosidagi xavfni yaxshiroq biladi. Ayniqsa, ushbu jamoa pley off bosqichida Erediviziya vakillaridan biri PSVni chiqarib yuborganidan keyin “Reynjers”ning niderlandiyalik bosh murabbiyi Jovanni van Bronkhorst ushbu liganing yana bir jamoasini ortda qoldirishga intiladi. 

Bilasizmi?

O'tgan mavsumda “Ayaks” o'z tarixida birinchi marta musobaqaning guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni o'z foydasiga hal qildi. Natijada ular ECHLda 1995/96 yilgi mavsumdan beri ilk bor guruhni birinsi pog'onada yakunladilar.

“Barselona” – “Viktoriya Plzen” (00:00)

Plzen yarimhimoyachisi Yan Sikora: “Biz orzumizdagi raqiblarga qarshi turamiz”, dedi. Biroq Robert Levandovski boshchiligidagi “Barsa” hujumchilari ularga qarshi o'yinda dahshatli tushga aylanishi mumkinmi? Polshalik hujumchi Ispaniyada maydonga tushganida oyog'idan o't chaqnadi, Xavi uchun “baraka” bo'lib kelgan futbolchi mazkur o'yinda qanotlardan tezlik olgan sheriklaridan madad olib, raqib himoyasi “lanati”ga aylanishi mumkin. Robert avgust oyida 34 yoshga to'ldi, ammo unda hech qanday sekinlashish alomatlari ko'zga tashlangani yo'q. CHempionlar ligasida so'nggi 34 uchrashuvda 41 ta gol urgani buning yorqin isbotidir. 

Bilasizmi? 

O'tgan yili “Barselona” 2000/01 yilgi mavsumdan keyin birinchi bor musobaqaning guruh bosqichidan o'ta olmadi. 

“Inter” – “Bavariya” (00:00)

“Barselona”ning Levandovski borasidagi yutug'i “Bavariya”ning yutqazishiga aylanishi kerak edi. Lekin ushbu mavsumda allaqachon besh, olti va ettitalab gollarni rasmiylashtirgan nemis grandi aslida bu borada hech qanday zarar ko'rmagan ko'rinadi. Aynan “ko'kanorranglilar” bilan bir guruhga tushib qolgani bois Yulian Nagelsmann Italiyaga safari muvaffaqiyatli bo'lishini juda istaydi. Bavariya murabbiyining fikricha, bu guruh nihoyatda qiyinchiliklarga to'la talabchan guruhdir. “Biz boshidan bunga tayyor bo'lishimiz kerak”, deya qo'shimcha qiladi mutaxassis. O'z maydonida to'qqiz o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanini bilmayotgan “Inter” ham tayyor bo'ladi, albatta.

Bilasizmi?

“Bavariya” futbolchilari o'tgan mavsumda guruh bosqichida jami 22 ta gol kiritib, bu borada eng yaxshi natijani qayd etgandi.

“Tottenxem” – “Marsel” (00:00)

So'nggi uch yilda 2019 yilgi CHempionlar Ligasi finali “shporlar” uchun bazida uzoq xotiradek tuyuladi. O'tgan yili UEFA Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichidan chiqa olmaganliklari jamoa uchun jazodek edi. SHunga qaramay, Antonio Konte davrida yaxshilanishlarning belgilari ko'zga tashlana boshladi va Britaniya ommaviy axborot vositalarining yakdil fikricha, jamoa jimgina chuqur o'zgarishlarni amalga oshirgan. Joriy mavsumdagi ajoyib start buning yorqin isboti bo'lsa da, ular bu mavsumda hali umuman mag'lub bo'lmagan “Marsel” sinovidan o'tadi. 

Bilasizmi?

“Marsel” 2011/12 yilgi mavsumdan buyon ushbu turnirning guruh bosqichidan keyingi bosqichga ko'tarila olmagan, avvalgi 12 o'yinning 11 tasi mag'lubiyat bilan yakun topgan.

“Ayntraxt” – “Sporting” (21:45)

Bu mavsumda Frankfurt klubi uchun Germaniya chempionatida ilk uch ochkoni qo'lga kiritish uchun to'rt o'yin kerak bo'ldi. Agar ular o'tgan yili Evropa Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgani kabi o'yin ko'rsatsalar, shikoyatlar kamroq bo'lardi. Jamoadan Filip Kostich ketdi, biroq Mario Gyotze keldi. Daichi Kamada esa ijodiy tayanch sifatida harakat qilmoqda. “Sporting”ning Portugaliyadagi starti ham xuddi raqibiniki kabi bo'ldi, Pedru Gonsalveshning bor kuchi 5 ta o'yinda atigi 7 ochko to'plashga etdi, xolos. 

Bilasizmi? 

“Sporting” o'tgan yili “Beshiktosh”ga qarshi ketma ket ikki o'yinda CHempionlar Ligasidagi eng yirik hisobdagi uy (4:0) va safar (4:1) g'alabalariga erishdi.

“Atletiko” – “Portu” (00:00)

Ikkala jamoa ham mavsum boshidan mos ravishda “Vilyarreal” va “Rio Ave” qarshi o'yinlarda omadsizlikka uchradi. Lekin ular CHempionlar Ligasida qanday o'ynashni juda yaxshi biladi. Ushbu jamoalar o'tgan yili ham ikki bor to'qnash kelishgandi: ispanlar mehmonda 3:1 hisobida g'alaba nashidasini surishgan (89 daqiqada hisob 1:0 bo'lgandi) va uy uchrashuvida nursiz durang qayd etilgandi. Ikkinchi bahsda ikkala o'yinda urilgan gollarga teng qizil kartochkalar ko'rsatilgan edi. Bu safargi o'yindan ham mana shunday jangni kutib qolamiz(ijobiy manoda).

Bilasizmi?

“Portu” bu yilgi mavsumda CHempionlar Ligasi guruh bosqichidagi 26 ishtirokini amalga oshiradi(bu borada “Bavariya” bilan teng ko'rsatkich). Faqatgina “Real Madrid” va “Barselona” ulardan ko'proq 27 bor ishtirok etadi.

“Bryugge” – “Bayer” (00:00)

SHreder “Ayaks” boshqaruviga jo'nab ketgandan so'ng “Bryugge”da uning o'rnida ish boshlagan Karl Xoefkens muvaffaqiyat qozonishga urinib ko'radi. Oldingi chiziqda “Espanol” yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Ferran Jutgla allaqachon Belgiya klubida yaxshi taassurot qoldirdi. 23 yoshli futbolchi 2022/23 mavsumda Leverkuzen himoya chizig'idan o'rin olganlar uchun muammo tug'dirishi mumkin.

Bilasizmi? 

“Bryugge” o'tgan yili CHempionlar Ligasida qatorasiga to'rtta o'yinda to'rt va undan ko'proq gol o'tkazib yuborgan birinchi jamoa bo'ldi(faxrlanishga arziydi).

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика