So’nggi yangiliklar

18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  2 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   3 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

ECHL: Madriddagi qiziqarli va Londondagi muhim o'yin Yangiliklar

ECHL: Madriddagi qiziqarli va Londondagi muhim o'yin

Bugun ECHL 1/8 final javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"Real" o'z maydonida "SHalke"ni qabul qilsa, "CHelsi" Londonda "Galatasaroy" bilan bellashadi. Madriddagi bahs taqdiri deyarli hal etilgan va bu o'yin rasmiyatchilik uchun o'tkazilishi hech kimga sir emas. Futboldagi "syurpriz" va "sensaciya"lar ko'p uchraydi, to'g'ri. Lekin Madridda "Real"ni "SHalke" jamoasi o'ta yirik hisobda mag'lub etishi aqlga sig'maydigan holat. "SHalke"da imkoniyat yo'q deb kim aytdi? Bor imkoniyat. Ular hali ECHLdagi parvozini yakunlashgani yo'q. Davom ettirishi uchun esa bitta imkon bor va faqat bitta. "SHalke" futbolchilari Kasilyas darvozasiga oltita to'p kiritishlari talab etiladi va kamida o'z darvozalaridan to'p olib chiqmasliklari kerak. Uddalasa bo'ladigan ish. Faqat buni "PES" yoki "FIFA"  o'yinlarida shovvozlar uddalay olishlariga ishonaman. Karlo Anchelotti bugun ko'proq yoshlarga imkon yaratib berishi va o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarni boshlang'ich tarkibga kiritsa kerak. Karlo Anchelottining hamkasbi Keller ham ushbu rejani tuzib chiqayotganini yashirmadi. Demak bu o'yin zerikarli bo'lmaydi. Oddiy va sodda, asosiysi, chiroyli bahs bo'lishi mumkin.


Londondagi uchrashuv esa muhimligi va to'qnashuv tadqiri nomalumligi bilan Madriddagisi bilan katta farq qiladi. Bu erda keskin kurash va ayovsiz jang bo'lishi shubhasiz. Joze Robertoga qarshi. Sneyder Azarga va Drogba Eto`Oga qarshi. Bu bellashuv o'zining nozikligi bilan boshqa javob o'yinlaridan ajralib turadi. Mourino takidlaganidek, bu bahsda so'nggi soniyalargacha g'olib nomi aniqlanmasa kerak. "Galatasaroy" tarkibi kuchsiz emas. Tajriba va ishtiyoq birlashtirilgan. Turk jamoasi tarkibida CHLda zafar kuchgan futbolchilar bor va ularni tajribasi aynan shunday o'yinlarda as qotadi. "CHelsi" vakillari esa adashishga haqlari yo'q. Jamoa o'tgan hafta so'nggida kutilmaganda "Aston Villa"ga imkoniyat boy berib qo'ydi va muxlislar oldidagi qarzini keyingi bosqich chiptasi bilan yuvish uchun ajoyib imkoniyat. Joze Mourino bunday muhim o'yinlarda jamoani qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Joze aynan shunday katta o'yinlardagi murabbiylar ichida katta mutaxassis desak mubolag'a bo'lmaydi. Roberto Manchinida bu borada biroz tajriba kamroq. Lekin Manchinining asosiy quroli bu Sneyder va Drogba. Bu futbolchilar jamoasining o'yini chiqmay turgan paytda ham o'zlari-o'zlariga imkoniyat yaratib gol urib ketadigan futbolchilar toifasidan sanalishadi. Bunday futbolchilar kam. "CHelsi" tarkibida ham bor, lekin ularda Drogba va Sneyder kabi tajriba yo'qroq. Bir so'z bilan aytganda, Evropa CHempionlar ligasi o'yinlarida oddiy uchrashuvlar bo'lmaydi. Ko'ring va zavqlaning! Zerikib qolmaysiz.


ECHL, 1/8 final javob o'yinlari.

"Real" - "SHalke" (00:45 "NTV-PLYUS Futbol2", "Sport")

"CHelsi" - "Galatasaroy" (00:45 "NTV-PLYUS Futbol")

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика