ECHL. Joau Mariu “Benfika”da Eysebioning tarixiy rekordini takrorladi
08 mar 2023 10:20
Yangiliklar


ECHL. Joau Mariu “Benfika”da Eysebioning tarixiy rekordini takrorladi
CHempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Benfika” 5:1 hisobida “Bryugge”ni taslim etdi.
Lissabonliklar yarim himoyachisi Joau Mariu ECHLda qatorasiga beshinchi o'yinda gol urib, klub rekordini takrorladi. Avvalroq, bunday natijaga 1963/64 yilgi mavsum Eysebio erishgandi.
Mariu PSJ, “Yuventus”, “Makkabi” va “Bryugge” darvozasini ishg'ol etishga erishdi. U joriy musobaqadagi gollarini 6 taga etkazdi. SHuningdek, uning hisobida 2 ta assist ham bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar