ECHL. Irqchilikka duch kelgan “Istanbul” murabbiyi o'yin boshidan hakamlarni haqoratlagani malum bo'ldi
09 dek 2020 20:00
Yangiliklar


ECHL. Irqchilikka duch kelgan “Istanbul” murabbiyi o'yin boshidan hakamlarni haqoratlagani malum bo'ldi
Bahs 1-bo'limida zaxira hakami Sebastian Kolceskunning mehmon jamoaning yordamchi murabbiyi Per Veboga nisbatan “negru” (rumin tilidan tarjima qilinganda qora manosini beradi) so'zini ishlatgani sabab katta mojaro kelib chiqqan. Bosh hakam Ovidiu Xacegan zaxira hakamidan “Istanbul” murabbiylar shtabidan kimni chetlatish haqida so'raganida u “negru” deb javob bergan. SHundan so'ng, o'yin to'xtagan. Oradan 10 daqiqa o'tib “Istanbul” futbolchilari kiyim almashtirish xonasiga yo'l olgan va keyin PSJ azolari ham shu yo'lni tanlagan.
Jurnalist Emanuel Roshaning manbasiga ko'ra, Vebo uchrashuvning 2-daqiqasida boshlab hakamlarni “lo'lilar” deb haqorat qilgan. Qayd etish joiz, UEFA Veboga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, PSJ – “Istanbul” o'rtasidagi o'yin bugun 22:55 da to'xtatilgan vaqtidan, aniqrog'i, 14-daqiqadan boshlab davom ettiriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar