ECHL. Ispaniyada 74, Italiyada 71, San-Marino va Rossiyada 1...
29 may 2021 12:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639680_original.jpg)
![](/upload/storage/639680_220.jpg)
ECHL. Ispaniyada 74, Italiyada 71, San-Marino va Rossiyada 1...
Unda "Manchester Siti" va "CHelsi" klublari to'qnash kelishadi. UEFA bugungi finaldan oldin qaysi mamlakat futbolchilari ushbu sovrinni ilk bor qo'lga kiritishi mumkinligini hisoblab chiqdi.
Unga ko'ra bugungacha AQSH futbolchisi hech qachon ECHL finalida o'ynab g'alaba qozona olmagan ekan. "CHelsi" safida Kristian Pulishich bor, "Siti"da zaxira posboni Zak Steffen. Bundan tashqari "CHelsi" vakili Hakim Ziesh ECHL finalida g'olib bo'lgan ilk marokashlik futbolchiga aylanishi mumkin.
Finalda eng ko'p (74 nafar) ispaniyalik futbolchilar g'olib bo'lishgan. Rodri va Ferran Torres (ikkisi "Siti") yoki Kepa Arrisabalaga, Markos Alonso va Sezar Aspilikueta (uchalasi "CHelsi") bu borada o'z davlatlari hisobni yanada oshirishlari kutilmoqda.
Greciyalik 12 nafar futbolchi finallarda o'ynagan, biroq hech biri chempion bo'la olmagan. Bular 1971 yil "Panatinaikos"dan 11 futbolchi va 2004 yil "Monako"da o'ynagan Akis Zikos.
UEFA reytingida 11-o'rinda turgan Turkiya mamlakatidan hech qaysi futbolchi ECHL finalida g'olibi bo'lmagan. Uchala turkiyalik futbolchi ham Yildiray Boshturk ("Bayer", 2002), Hamit Oltinto'p ("Bavariya", 2010) va Nuri SHaxin ("Borussiya D", 2013) finallarda yutqazishgan.
San-Marinodan ECHL finalida g'olib chiqqan bir nafar futbolchi borligi etiborga molik. 1985 yilda "Yuventus" vakili Massimo Bonini finalda g'olib bo'lgan.
Evropa chempionlar ligasi (Evropa chempionlar kubogi) finali maydonga tushib, g'olib bo'lgan futbolchilar soni. Mamlakat bo'yicha:
74 : Ispaniya
71 : Italiya
62 : Angliya
60 : Germaniya
51 : Niderlandiya
40 : Portugaliya
37 : Braziliya
30 : Franciya
26 : SHotlandiya
12 : Argentina
12 : Ruminiya
9 : Serbiya
8 : Xorvatiya
8 : Irlandiya
7 : Daniya
7 : SHveciya
4 : CHexiya
4 : Polsha
4 : Uels
3 : Gana
3 : Kot-d'Ivuar
3 : SHimoliy Makedoniya
3 : Nigeriya
3 : Norvegiya
2 : Avstraliya
2 : Avstriya
2 : Belgiya
2 : Bosniya va Gercegovina
2 : Kamerun
2 : Finlyandiya
2 : Mali
2 : CHernogoriya
2 : SHimoliy Irlandiya
2 : Urugvay
1 : Jazoir (Rabax Madjer, Portu 1987)
1 : Bolgariya (Xristo Stoichkov, Barselona 1992)
1 : Kanada (Alfonso Devis, Bavariya 2020)
1 : Kosta-Rika (Keylor Navas, Real Madrid 2016, 2017 va 2018)
1 : Misr (Muhammad Saloh, Liverpul 2019)
1 : Gruziya (Kaxa Kaladze, Milan 2003 va 2007)
1 : Vengriya (Ferenc Pushkash, Real Madrid 1959, 1960 va 1966)
1 : Meksika (Rafael Markes, Barselona 2006)
1 : Peru (Viktor Benites, Milana 1963)
1 : JAR (Benni Makkarti, Portu 2004)
1 : Rossiya (Dmitriy Alenichev, Portu 2004)
1 : San-Marino (Massimo Bonini, Yuventus 1985)
1 : Senegal (Sadio Mane, Liverpul 2019)
1 : SHveycariya (Stefan SHapyuiza, Dortmund 1997)
1 : Trinidad va Tobago (Duayt York, Manchester Yunayted 1999)
1 : Ukraina (Andrey SHevchenko, Milan 2003)
1 : Zimbabve (Bryus Grobbelaar, Liverpul 1984)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar